O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
KT 141 rusumidagi tokarlik patronli dastgoh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
KT 141 rusumidagi tokarlik patronli dastgoh
Dastgoh ichki va tashqi murakkab shakldagi sirtlarga ega aylanish jism turidagi detallarga ishlov berish hamda ularda rezba ochish uchun mo’ljallangan. Avtomatlashgan ishlov berish chiziqli doiraviy interpolyatorli boshqarish qurilmasiga kiritilgan boshqarish dasturibilan amalga oshiriladi. Murakkab shakldagi ichki va tashqi sirtlarga ishlov berish uchun 12 asbobli kallak xizmat qiladi. Rasm 63 da KT 141 rusumli tokarlik patronli dastgohning KTSi keltirilgan. Detal 1 patron 2 mahkamlanib, shpindel 3 bilan birga aylanadi. SHpindel babkasi stanina bilan birgalikda qo’zg’almas (Np) blokni tashkil etadi. Staninaning yo’naltirgichlari 4 bo’ylab ko’ndalang support 5 harakatlanadi (sxemada X koordinata o’qi ko’rinishida ko’rsatilgan). Ko’ndalang supportning yo’naltirgichlarida ( 6) bo’ylama support (gilza) 9 joylashgan. U rasmda Z koordinata o’qi ko’rinishida berilgan. Gilza 9 ga asbob kallaki 8 joylashtirilgan. Kallakning har bir 12 yoqida turli asboblar mahkamlangan asbob tutgichlari o’rnatilishi mumkin. Kerakli asbobni dastur bo’yicha avtomatik qidiruvi uchun kallak ye strelkasi bo’yicha buriladi. Dastgohning koordinataviy tuzilishi quyidagi formula bilan ifodalanadi: K : = C h Hn X Z Ig , Bu yerda“Ig” asbob kallaki bo’ylama supportida (Zkoordinatasi) joylashganligini bildiradi. Rasm 63. KT 141 rusumidagi tokarlik patronli dastgohning KTSi: 1 - detal; 2 - patron; 3 - shpindel; 4 - stanina; 5 - ko’ndalang supportni surilishi; 6 - podshipniklar; 7, 10 - keskichlar; 8 - asbob kallaki; 9 - bo’ylama supportni surilishi. Ko’rib chiqilgan KTS yuqoridagi koordinataviy tuzilishga mansub tokarlik dastgohlarni o’ziga qamrab oladi. KT 141 rusumli dastgohning strukturaviy texnologik formulasi: STF KT 141 := ∅ ( …. ) Hn X 0,005 . 0,01 t rzb 0,05 – 40 F bx 2400 F bz 4800 F3 – 1 pl x 125 Z 250 Bu yerda t rzb - rezbaning qadami; pl - dastur boshqarish qurilmasiga perfolentada kiritiladi; F bx, F bZ - X va Z o’qlari bo’yicha tez harakat tezligi, mm/min; Ig 12e In.s - 12 asbobli kallak. Dastgohning quvvat formulasi: DQF KT 141 : = ~ + , ( ) + , ( ) + , ~ + , ~ + , ~ + , ~ + , ~ + , ~ Bu yerda: − ; − ℎ ; − ℎ ; − ℎ ; − ℎ ℎ ℎ ℎ Ushbu dastgohning kombinatsiyalashgan KTSi rasm 64 berilgan. Rasm 64. KT 141 rusumli tokarlik dastgohning KKTSi: 1 - tezliklar qutisi; 2 - shpindel babkasi; 3 - fotodatchik; 4 - zagotovka; 5, 8 - kesish asboblari; 6 - shtok; 7 - asbob kallaki; 9 - ko’ndalang support; 10 - gilza; 11, 13 - mufta; 12 - polzun (sirpang’ich); 14 - rolik; 15 - gidrotsilindr; 16 - gidromotor; 17 –gidrokuchaytirgich SHpindeldagi patronga mahkamlangan zagotovka 4 aylanish C h harakatini elektrodvigatel M1, avtomatik tezliklar qutisi (i 1-9 )va shpindel babkasida joylashgan uzatma i 2 i 1-2 orqali oladi. Rezba ochish kinematik zanjiridagi fotodatchik 3 aylanishni shpindeldan oladi. Ko’ndalang support 9 staninaning (Np) yo’naltirgichlari bo’ylab harakat qiladi (X koordinatasi). Bo’ylama support vazifasini bajaruvchi gilza 10 supportga o’rnatilgan bo’lib, Z koordinatasi bo’yicha harakatlanadi. Gilzaning o’ng tomoniga qo’zg’almas tarzda 12 yoqli asbob kallaki o’rnatilgan. Kallak yoqlarida keskich tutgichlari joylashadi. Asboblarni qidirish va almashtirish uchun kallakning burilishi gidromotor 16 yordamida amalga oshiriladi. Supportning bo’ylama va ko’ndalang surilishlarni bajarish uchun qadamli yuritmalar (SHD- 5D1M turidagi qadamli elektrodvigatel va E32G18-22 rusumidagi gidrokuchaytirgich) xizmat qiladi. Konsolsiz vertikal frezalash dastgohlarini asboblarni avtomatik almashuvi magazinlari bilan jihozlash dastgohlarning texnologik imkoniyatlarini kengaytiradi va detalni bir o’natishda turli operatsiyalarni amalga oshirishga imkon yaratadi, buning natijasida dastgohlarning aniqligi va samaradorligi ortadi. O’zaro ko’ndalang stolli va konussimon asbob magazinlivertikal frezalash dastgohining tuzilish sxemasini rasm 70 dan ko’rish mumkin. Stanina yo’naltirgichlari bo’ylab salazkalar (U koordinat o’qi), salazkalar yo’naltirgichlari (X koordinatasi) bo’yicha esa stol harakatlanadi. Stol va salazkalar o’zaro ko’ndalang stolni tashkil etishadi. Vertikal harakatni (Z koordinatasi) frezalash kallagi bajaradi. Frezelash kallakiga “toj (korona)” turidagi konussimon asbob magazini o’rnatilgan. Magazinni sig’imi odatda 8 ̶ 12 asbobni tashkil etadi. Asbobni qidirish uchun magazin aylanish harakatiga ega bo’lishi kerak, asbobni magazindan shpindelga hamda shpindeldan magazinga yuklash uchun vertikal harakatlanishi lozim. “Toj” turidagi konussimon asbob magazini rasm 71 berilgan. Rasmdan ko’rinibdiki, asboblarni to’planishi magazinda amalga oshiriladi, ishlatilishi esa – asbobni magazindan shpindelga yuklatilgandan so’ng. SHpindelli revolver kallaklarda asboblar kallakda to’planib, kallak burilishida u bilan birga ishchi holatga o’tadilar. Ushbu dastgohlar guruxiga mansub dastgohning umumiy ko’rinishi rasm 72 da berilgan. Dastgoh uch koordinata (X, Y, Z)ga ega bo’lib, 8 asbobga mo’ljallangan “toj” turidagi konussimon asbob magazini bilan jihozlangan. Dastgohning tuzilishi – konsolsiz. Unda turli materiallardan tayyorlangan murakkab shakldagi detallarga har xil asboblar (frezalar, parmalar, zenkerlar va va boshqalar) ishlov berish mumkin. Boshqarish dasturi “N33 – 2M” turidagi qurilmaga 8 yo’lli perfolenta bilan kiritiladi. SHpindelning aylanish chastotasi cheklari 20 – 2500 ayl/min tashkil etadi, ishchi surishlar cheklari 5 – 1200 mm/min ga teng, yuritmalar doimiy tok elektrodvigatellardan harakatlanadi. Holat bo’yicha orqa aloqa zanjirlarida VTM – 18 rusumli aylanuvchi transformatorlardan foydalanilgan. Asboblar magazin ini bo’yicha kodlangan. Rasm 70. Konussimon asbob magazini (a) va shpindel revolver kallakni (b) taqqoslanishi Rasm 71. O’zaro ko’ndalang stolli va konussimon asbob magazinli vertikal frezalash dastgohining tuzilish sxemasi Dastgohning strukturaviy texnologik formulasi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling