O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
- mavzu. Operatsion boshqarish tizimini strukturasi, funktsiyasi va unga
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
23- mavzu. Operatsion boshqarish tizimini strukturasi, funktsiyasi va unga qo’yiladigan talablar. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda ishlov berish raqamli dasturni tuzishda raqamli va harfli ishoralar tizimidan foydalaniladi. Ushbu ishoralar kombinatsiyasi kod deyiladi. Odatda kod raqamli, harfli hamda ishora qismlaridan tashkil topadi. Boshqarish dasturi tarkibida uch turdagi axborotlar mavjud: 1) surilish haqidagi axborotlar; 2) texnologik axborotlar; 3) mantiqiy axborotlar. Har bir axborot turi miqdor yoki raqam bilan yozilishi mumkin. Raqamli axborotlarni kodlash uchun sonlarlarni yozishda maxsus raqamli belgilar yoki sanoq tizimlaridan foydalaniladi. Sanoq tizimlari pozitsion va nopozitsion bo’lishlari mumkin. Nopozitsion yoki birlik sanoq tizimi eng oddiy bo’lib, unda sonlarni yozish uchun faqat bitta ishora, ya’ni “1” ishorasidan foydalaniladi. Sonning qiymati ishlatilgan ishoralar soniga teng bo’ladi. Masalan: 5 10 = 11111 1 ; 12 10 = 111111111111 1 Pozitsion sanoq tizimlarida har bir raqamning qiymati uni sondagi joylashuvi, ya’ni pozitsiyasiga bog’liq. Pozitsion sanoq tizimlari o’nlik, ikkilik, uchlik va hokazo bo’lishi mumkin. Masalan, o’nlik tizimidagi 555 10 soni bir xil raqamlardan tuzilgan bo’lsada, ularning asli qiymati raqamlarning sondagi holatiga bog’liq, ya’ni birinchi raqam (“5) beshta yuzlikni bildiradi, ikkinchi “5” raqami beshta o’nlikni bildiradi va so’nggi “5” raqami beshta birlik sonini bildiradi. Pozitsion tizimlarida sonlarning yozilishini quyidagi polinom orqali ifodalash mumkin: = + + … + + + , Bu formulada: a i - tayanch son;p– sanoq tizimi asosi; n– sonning xona nomeri. O’nlik sanoq tizimida a i = 0,1,2,…..8,9; p = 10. Yuqoridagi polinomni ishlatgan holda o’nlik sanoq tizimida sonlarni quyidagicha ifodalash mumkin: 2012 = 2000 + 0 + 10 + 2 = 2*10 3 + 0*10 2 + 1*10 1 + 2*10 0 195 = 1*10 2 + 9*10 1 + 5*10 0 762 = 7*10 2 + 6*10 1 + 2*10 0 Uchlik sanoq tizimida tayanch sonlar 0, 1 va 2dan tashkil topadi, tizim asosi r=3. Ikkilik sanoq tizimida tayanch sonlar ikkita bo’ladi (“0” va “1”), tizim asosi r = 2.Ikkilik tizimida hamma sonlar tayanch sonlarning kombinatsiyasi tarzida hosil qilinadi. Masalan, 5281 soni ikkilik tizimida yuqoridagi polinom asosida quyidagicha ifodalanadi: 5281 10 = 1*2 12 + 0*2 11 + 1*2 10 + 0*2 9 + 0*2 8 + 1*2 7 +0*2 6 + 1*2 5 + 0*2 4 + 0*2 3 + 0*2 2 + 0*2 1 + 1*2 0 , ya’ni 5281 soni ikkilik sanoq tizimida tenglik alomatining o’ng qismida ikki raqamining darajali hadlar ko’paytgichlaridan iborat bo’ladi. U quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: 1010010100001. Natijada to’rt xonali o’nlik son o’n uch xonali ikkilik soniga aylandi. Boshqa misol: 2012 10 = 1*2 10 + 1*2 9 + 1*2 8 + 1*2 7 + 1*2 6 + 0*2 5 + 1*2 4 + 1*2 3 + 1*2 2 + 0*2 1 + 0*2 0 = 11111011100 2 . O’nlik tizimida yozilgan sonlarni ikkilik kodiga aylantirish uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin. Misol uchun yuqoridagi 5281 sonini olamiz. Uni 2ga ketma- ketlikda bo’lib, qoldiqlarni alohida satrga yozamiz (1-jadval). Qoldiqlarni o’ngdan chapga yozgan holda berilgan sonning ikkilik kodi kelib chiqadi: 1010010100001. Jadval 1 281 640 320 60 30 65 2 1 0 0 Shunday qilib, ikkilik tizimida faqat ikki belgi (0 va 1) ishlatiladi va bu xususiyat boshqarish masalalari va zanjirlari uchun juda qulay, chunki aksariyat holatlarda boshqarish vositalari ikkita holatda bo’ladi: “yondi” (0), “o’chdi” (1), “signal bor” (1), “signal yo’q” (0) va hokazo. Demak, perfolentada “1” raqamni teshik borligi bilan ifodalash mumkin, “0” esa perfolentada teshik yo’qligini bildiradi. Natijada perfolentada yozilgan ikkilik kodi vujudga keladi. Ikkilik sanoq tizimining salbiy tomoni – bu katta sonlarda ikkilik kodi ham uzun bo’ladi va perfolentani ortiqcha sarflanishiga olib keladi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun kombinatsiyalashgan ikkilik-o’nlik sanoq tizimi ishlatiladi. Ikkilik-o’nlik tizimi shuning bilan qulayki, unda o’nlik tizimga xos bo’lgan foydalanishning qulayligi bilan hisoblashning ikkilik tizimining tejamligi mujassamlashgan. Kodlashda birlik, o’nlik, yuzlik, minglik hokazo sonlarning kodlanishi ikkilik tizimida alohida-alohida yoziladi. Masalan, 43275 soni ikkilik-o’nlik tizimda quyidagi ko’rinishda bo’ladi: 4 3 2 7 5 01 00 0011 0010 0111 010 1 Misoldan ko’rinib turibdiki, ikkilik-o’nlik tizimida har bir o’nlik had uchun to’rtta ikkilik xona kerak bo’ladi. Amaliyotda ikkilik o’nlik-tizimlardan foydalanish uchun bir necha raqamli kodlar ishlab chiqilgan. Bunga misol qilib “8-4-2-1”, “2-4-2-1”, “5-1-2-1” kodlarni keltirish mumkin. Quyida 5238 sonini mazkur kodlarda yozilishi berilgan. Kod “8-4-2-1” Har bir o’nlik xona uchun alohida satr ajratiladi ○ ● ○ ● Minglar (5) ○ ○ ● ○ Yuzlar (2) ○ ○ ● ● O’nlar (3) ● ○ ○ ○ Birlar (8) Kod “2-4-2-1” ○ ● ○ ● Minglar (5) ○ ○ ● ○ Yuzlar (2) ○ ○ ● ● O’nlar (3) ● ● ● ○ Birlar (8) Kod “5-1-2-1” ● ○ ○ ○ Minglar (5) ○ ○ ● ○ Yuzlar (2) ○ ○ ● ● O’nlar (3) ● ● ● ○ Birlar (8) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling