O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
RDB frezalash va parmalash dastgohlarning strukturaviy texnologik modellari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
RDB frezalash va parmalash dastgohlarning strukturaviy texnologik modellari
FP - 17MN rusumli vertikal frezalash dastgohi Dastgoh turli metallarga avtomatlashgan yassi va konturli ishlov berish uchun mo’ljallangan. Dastgoh quyidagi strukturaviy formula bilan ifodalanadigan dastgohlar guruxiga mansub: K = XHnYZC v Mazkur guruxdagi dastgohlar o’ziga hos komponovkaga ega (rasm. 67). Stol 1 stanina 2 yo’naltirgichlari bo’ylab harakat qiladi. Staninaga qo’zg’almas holda tumba 3 biriktirilgan, tumbaning yuqori qismdagi yo’naltirgichlar polzun (sirpang’ich) 4 koordinata Ybo’yicha harakat qilish uchun xizmat qiladi. Polzunning vertikal yo’naltirgichlari bo’yicha frezalash kallaki 7 harakatlanadi ( Z koordinatasi). SHpindelni aylanishi elektrodvigatel 5 dan tezliklar qutisi orqali amalga oshiriladi. SHpindeldagi asbobni bo’shatilishi gidrotsilindr 6 yordamida bajariladi. Operatorning boshqarish pulti 8 tumbaga sharnir yordamida osib qo’yilgan. Staninaning yo’naltirgichlari teleskopikqopqoqchalar 9 bilan ifloslanishdan ximoyalangan. Rasm 67. Ko’ndalang polzunli vertikal frezalash dastgohi: 1- stol; 2 - stanina; 3 - tumba; 4 - polzun; 5 - elektrodvigatel; 6 - gidrotsilindr; 7 - frezalash kallaki; 8 - boshqarish pulti; 9 - teleskopik qopqoqchalar Ushbu dastgohning umumiy strukturaviy texnologik formulasi: STF:=X ( … ) … … … 3 − 2 Bu yerda: l x … l y … l z - ctol (X koordinatasi), polzun (Y koordinatasi) va frezalash kallagining (Z koordinatasi) eng katta surilishi; F min , F max - pog’onasiz rostladigan surishlar cheklovlari; δ x, y, z - koordinat o’qlari bo’yicha diskretlik miqdori; n 1 …. n n - shpindelning pog’onali rostlanadigan aylanish chastotalari cheklovlari; F bx , F by , F bz - stol, polzun va frezalash kallaklarining tez harakat maksimal tezliklari; n - shpindelni aylanish chastotalar soni; F3- 2 - konturli uch koordinatali kuzatuvchi boshqarish tizimi; pl - perfolentada ifodalangan boshqarish dasturi; xl x , yl y , zl z - mos ravishda stol, polzun va frezalash kallakining programmalashtirilmagan (rostlash) maksimal surilishi; wl w - frezalash kallaki pinolining rostlanuvchi surilishi. Ushbu ko’rinishda STF ko’ndalang polzunli va unda joylashgan vertikal frezelash dastgohlarni o’ziga qamrab oladi. Keltirilgan formulada o’zgaruvchan qiymatlarni konkret, masalan FP- 17MN dastgohga mansub bo’lgan qiymatlar bilan almashtirib, ushbu dastgohning STFni olamiz: STF FP-17MP :=X , , , , , 0,01 1 (185 … 2055)8 2400 2400 2400 3 − 2 33 − −2 1600 600 250 100 Formulani quyidagicha ifodalanadi. Stol, polzun va kallakning eng katta programmalashtiriladigan surilishlari mos ravishda 1600 mm, 600 mm va 250 mm tashkil etadi. Koordinatalar bo’yicha surilish tezligi pog’onasiz rostlanib, quyidagi cheklarda o’zgaradi: X, Y koordinatalari - 0,1 .... 1500 mm/min; Z koordinatasi - 0,1 .... 1200 mm/min. Barcha uch koordinatalar bo’yicha diskretlik 0, 01 mm tashkil etadi. Frezalash shpindeli vertikal joylashgan ( ), shpindellar soni 1; shpindel aylanish chastotasi 185 ayl/min 2055 ayl/min doirasida pog’onali rostlanadi, jami 8 tezlik mavjud. X, Y, Z o’qlari bo’yicha tez harakat tezligi 2400 mm/min tashkil etadi. Dastur bo’yicha boshqariladigan koordinatalar soni uchtaga teng, boshqarish tizimi konturaviy (F3), kuzatuvchi yuritmali (2), raqamli boshqarish qurilmasi - N33 2M turidagi. Stol, polzun va frezalash kallakining sozlanuvchi surilishlari 1600 mm, 600 mm va 250 mm tashkil etadi. Frezalash kallakining pinoli faqat 100 mm ga teng sozlash harakatiga ega. FP - 17MNdastgohining quvvat formulasi quyidagicha bo’ladi: DQF FP - 17MN := , + , + , + ~ + , ~ + , ~ Formuladan ko’rinib turibdiki, barcha surish yuritmalarida doimiy tok elektrodvigatellari ishlatiladi. Gidravlik tizim nasosining elektrodvigatel quvvati 0,6 kVt tashkil etadi. Ko’rib chiqilgan dastgohlar guruxiga mansub koordinataviy texnologik sxemani rasm 68 dan ko’rish mumkin. Rasm 68. Ko’ndalang polzunli vertikal frezalash dastgohining KTSi: 1 - detal; 2 - frezalash kallaki; 3 - shpindel Dastgohda murakkab egri konturlarga ega detallarga ishlov berish ko’zda tutilganini egri chiziqli detal 1 bildiradi. Mazkur dastgohning kombinatsiyalashgan KTSi rasm 69 berilgan. SHpindelning tezliklar qutisi polzun korpusiga (U) o’rnatilgan va 8 ta tezlikni ta’minladi, buni “ i 1 – 8 “belgisi ko’rsatib turibdi. Polzunga qo’zg’almas qilib surish vinti 6 aylanadigan gayka 5 bilan mahkamlangan. Xuddi shunday qilib bo’ylama harakati vinti 9 (X koordinatasi) stolga mahkamlangan. Frezelash kallagining vertikal surilishi masalasi boshqacha qilib yechilgan, bunda surish vinti 7 aylanadi, gayka 8 esa kallak bilan harakat qiladi. SHpindelning aylanish harakati M1 elektrodvigatelidan amalga oshiriladi, barcha koordinatalar bo’yicha surish yuritmalari kuzatuvchi bo’lib, M2, M3, M4 tiristor o’zgartirgichli doimiy tok elektrodvigatellaridan harakatlanadi. Bosh orqa aloqa zanjirlarida o’lchash o’zgartirgichlari sifatida aylanuvchi transformatorlardan (VT) foydalaniladi. Rasm 69. Ko’ndalang polzunli vertikal frezalash dastgohining kombinatsiyalashgan KTSi: 1 - detal; 2 - frezalash kallaki; 3 - shpindel; 4 - tezliklar qutisi; 5, 8, 10 - gaykalar; 6, 7, 9 –vintlar Ma’lumotlari raqam shaklida berilgan boshqaruv dasturi asosida dastgohdagi detalga ishlov berish jarayonini boshqarish raqamli dastur bilan boshqarish(RDB) deyiladi. Boshqarish dasturi– bu detalga ishlov berishda belgilangan ishlash algoritmiga muvofiq bo’lgan va dastgoh uchun maxsus dasturiy tilda ifodalangan komandalar majmuasi. Dastgohning ishchi organlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uslubi bo’yicha RDB (1) pozitsion, (2) konturaviy va (3) adaptiv bo’lishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling