O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 42.49 Kb.
|
2 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Okean tubining geologik tuzilishi va relyefi
2.Dunyo okeanining xususiyatlari
Gidrosferaning bir qismi boʻlgan Okean atmosfera va Yer po‘sti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham Okeanning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va Yer poʻstiga bogʻliq.Okean issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. Okean tufayli Yerda temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. Okean oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. Okean energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energiyasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. Okean va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi Okean yoʻllari orkali amalga oshiriladi (qarang Dengiz transporti).Okeanning insoniyat hayotidagi roli tez oʻsmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli sohalarida Okeandan foydalanish muammolari (kema qatnovi, baliq ovlash, Okean resurslaridan ratsional foydalanish, shelfni oʻzlashtirish, kontinentlararo kabellar yotqizish, suvni chuchuklashtirish, shuningdek, dengizlarni muhofaza qilish va ifloslanishining oldini olish va boshqalar) olamshumul ahamiyatga ega boʻlib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni hal qilish bilan bogʻliq.Keyingi yillarda Okeanda olib borilgan tadqiqotlar shuni kursatdiki, Okean tubining relyefi murakkabligi jihatidan materiklar usti relyefidan qolishmaydi. 3.Okean tubining geologik tuzilishi va relyefi Okean tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan. Okean tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari (eng yirik shaklari) Yer pusti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixiy rivojlanishidagi tafovutlarga qarab ajratiladi. Okean tubini eng yirik relyef shakllariga qarab 4 qismga boʻlish mumkin: 1) materiklarning suv ostida qolgan chekka qismlari; 2) Okean qaʼri; 3) materiklarning suv ostida qolgan chekka kismlari bilan Okean qaʼri oʻrtasidagi oraliq zona; 4) okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari. Okean tubining materiklarga yondosh kismlarining Yer pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib, materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf, materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh Okean qaʼri uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami. Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining Shimoli-sharqida, shuningdek, Karib va Skosha (Skotiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan Okean qaʼri oʻrtasida oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuqurligi 4000– 5000 m gacha), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan), chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; Okeanning eng chuqur joylari ana shu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi. Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari Okean tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang siniklar, shuningdek, yirik vulkan massivlari uchraydi. Okean suvi Yer mantiyasi moddalarining differensiatsiyasi mahsulidir. Okeandagi botiklarning paydo boʻlishi haqida turli gipotezalar bor. Chuqur suv havzalaridan iborat hozirgi Okean kamida yura davridan beri mavjud, chunki Okean tubida bundan qad. jinslar topilganicha yoʻq. Boʻr davri va kaynozoy erasida havzalar yanada chuqurlashdi va abissal choʻkindilar toʻplanib bordi. Yaqin geologik oʻtmishda chekka geosinklinal havzalar hisobiga materik chetlari oʻsib borgan. Geosinklinal dengizlar botiqlaridagi ancha qalin choʻkindilar Okeanning juda qadimiyligidan dalolat beradi. Okean tubi yirik relyef shakllarning vujudga kelishida Yer poʻstining vertikal va gorizontal harakatlari muhim rol oʻynadi. Keyingi yillarda olib borilgan geologik va seysmik tadqiqotlar shuni koʻrsatadi-ki, gʻovak choʻkindilarning qalinligi Okeanning materik yaqinidagi zonalarida 2000–3000 m va undan ham ortiq boʻlsa, okean oʻrtasidagi togʻ tizmalarida, tik togʻ yon bagʻirlarida va materik yon bagʻri jarliklarida bir necha oʻn m va, hatto, nol m ga tengligi aniklandi.Okean tubi choʻkindilari orasida terrigen, biogen (ohakli va kremniyli), vulkanogen va aralash (poligen) choʻkindilar ham boʻladi, chuqur suv osti qizil gillari ana shunday aralash (poligen) choʻkindilardir. Terrigen choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, Okean qaʼrining chetlarida va chuqur suv novlarida uchraydi. Ohakli choʻkindilar Okeanning issiq va moʻʼtadil zonalarida (50° shimoliy kenglikdan 50° janubiy kenglikkacha) koʻproq tarqalgan; Okean qaʼrida ular foramini-fera va kokkolit-foraminifera yotqi-ziqlaridan, sayoz joylarda — chigʻanoq va marjon yotqiziqlaridan iborat boʻladi. 4500–5000 m dan chuqurda SaSO3 erigan holatda boʻlgani uchun ohak choʻkindilar yoʻq. Kremniyli choʻkindilar (radiolyariya va diatom choʻkindilar) yuqori mahsulli fitoplankton zonalariga muvofiq ravishda 3 mintaqa — ikkita qutb yoni va bitta ekvatorial mintaqalar hosil qiladi. Chuqursuv qizil gili 4500–5000 m va undan ham chuqur botiklarda boʻladi. Okeanning faol subaerol vulkanizm zonalariga yondashgan qismlarida vulkan choʻkindilari shakllanadi. Okean tubida karbonatli choʻkin-dilar (150 mln. km²), chuqursuv qizil gillari (PO mln. km² dan koʻproq) va kremniyli gillar (60 mln. km²ga yakin) eng koʻp maydonni egallagan. Okean tubida endogen moddalar suv usti vulkanlari mavjud joylardagina toʻplanmay, Okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari va yirik siniqdar yaqinida ham uchraydi. Tarkibida metallar, baʼzi hollarda rudalar [(20—40% gacha Fe), Mn, Co, Ni, Pb, Zn, Ag, Se, Hg va boshqa elementlar] boʻlgan qatlamlar ana shular jumlasidandir.Okean choʻkindilari dengiz choʻkindilariga nisbatan sekinroq toʻplanadi. Chuqur suv qizil gillari 1000-yil ichida 1 mm, ohakli va diatomli choʻkin-dilar 1000-yilda 1–30 mm gacha yigʻiladi. Materik yon bagʻrining asosida terrigen choʻ kindilar eng tez toʻpla-nadi (1000-yilda 100 mm).Okean choʻkindilarining asosiy qismi zarrachalar shaklida yoki erigan holda materiklardan keladi. Choʻkindilarning miqdori va xili iqlim, vertikal, gorizontal va sirkumkontinental zonallikka, shuningdek, tektonik rejimga bogʻliq.Okean rejimida suv sathining davriy ravishda koʻtarilibpasayib turishi — suv koʻtarilishlari va suv koʻtarilishi oqimlari muhim rol oʻynaydi. Yarim sutkalik suv koʻtarilishlari eng koʻp takrorlanadi. Ochiq Okeanda bu toʻlqinlarning balandligi 1 m dan oshmaydi, lekin, qirgʻoqlarda 3–6 m ga yetadi. Eng katta suv koʻtarilishlari okean qoʻltiqlari va chekka dengizlar uchun xosdir: Fandi qoʻltigʻida (Kanadaning Atlantika oke-ani qirgʻogʻi) 18 m ga yetadi. Baʼzi oʻlkalarda (Meksika qoʻltigʻining gʻarbiy qismi, Yava dengizi va boshqalar) suv koʻtarilishlari sutkalik boʻlib, 5,9 m ga yetadi (Oxota dengizi). Boshqa joylarda aralash (yarim sutkalik yoki sutkalik) suv koʻtarilishlari 13,2 m ga yetadi (Oxota dengizidagi Penjina qoʻltigʻi).Okean suvlarining aralashishi. Okean suvlari vertikal va gorizontal yunalishda aralashib turadi. Natijada gidrologik va gidrokimyoviy xusu-siyatlari bir qatlamdan ikkinchi qatlamga oʻtadi. Aralashish molekulyar va turbulent turlarga ajraladi. Bunda friksion va konvektiv aralashish yuz beradi. Friksion aralashish shamol va suv koʻtarilishi shaklida boʻladi. Shamol taʼsirida suv shamol toʻlqinlari yetib borgan chuqurlikkacha aralashadi, suv koʻtarilishi natijasidagi aralashish Okean tubigacha yetadi.Suv aralashishining Okean hayotidagi roli katta. Aralashish natijasida quyosh nuri yuza qatlamlardan quyi qatlamlargacha oʻtadi, chuqur qatlamlar kislorodga toʻyinadi, yuza qatlamlar toʻyimli (biogen) moddalarga boyiydi. Okeanlarning uncha chuqur boʻlmagan va intensiv aralashib turgan joylarida dengiz hayvonlarini ovlash qulay (Barens, Shimoliy, Azov dengizlari, Nyufaundlend oroli yaqinida va boshqalar).Okean sathi suv koʻtarilishi, shamollar, atmosfera bosimi taʼsirida oʻzgarib turadi. Atmosfera bosimi taʼsirida Okean sathining oʻzgarishi mavsumiy harakterga ega. Shamollar taʼsirida baʼzan, suv sathi juda baland koʻtariladi va Okean sohillarida suv toshqinlariga olib keladi.Okean suvining rangi va shaf-fofligi uning yorugʻlik nurlarini yutish va tarqatish qobiliyatiga, spek-tral tarkibining oʻzgarishiga, yorugʻlik oqimining sekinlashishiga bogʻliq. Ochiq Okeanda suv oʻta shaffof koʻk rangda boʻladi. Suv tarkibida zarrachalar koʻp boʻlsa suv zangori-koʻk yoki yashil rangda boʻladi (qirgʻoq boʻyi, baʼzi yopiq dengizlar). Koʻplab loyqa keltiriladigan katta daryolar quyiladigan joylarda suv rangi sargʻish yoki jigarrang tusda boʻladi. Zonallik. Quyosh energiyasining Okeanda taqsimlanishi bir xil boʻlmay, zonallik qonuniga boʻysunadi. Kenglik zonalligi 150–200 m qalinliqdagi qatlamni oʻz ichiga oladi. Shunga bino-an, Okeanda kuruqlikda boʻlganiday qutbiy, qutb yoni, moʻʼtadil, subtropik, tropik va ekvatorial mintaqalar bor.Vertikal zonallik yuza, yuza tagi, oraliq, chuqur va Okean tubi yaqinidagi suv massalari shaklida ajralib turadi. Yuza suv massalaridan atmosfera bilan aktiv energiya va modda almashinishi roʻy beradi Download 42.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling