O’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 1.37 Mb.
bet4/15
Sana27.03.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1298819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Диплом Иши 2023 Norto\'ra

Bitiruv ishining maqsadi: Yuqorida olib borilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda, o’qitish jarayonini samaradorligini oshirishning axborotlashgan pedagogik texnologiyalar haqida ma‘lum bir aniqliklar kiritish lozim. Avvalambor, yuqorida keltirilgan ta’lim-tarbiya, ob‘ekt, hodisa va jarayonlarni boshqarishning axborotlashgan pedagogik texnologiyasidan boshqalari hozircha aniq ilmiy metodologik va amaliy asoslari ishlab chiqilmagan texnologiyalardir. Ular hozircha eslatib o’tilgan yangi tushuncha va nazariyalar imkoniyatlaridan kam darajada foydalanilgani sababli amaliyotda sezilarli samara bermayotir. Ta‘lim-tarbiya, ob’ekt, hodisa va jarayonlar boshqaruvining axborotlashgan pedagogik texnologiyasi esa ilmiy metodologik asoslangandir. U turli sohalarning ob’ekt, hodisa va jarayonlarini maqsadli boshqarishda sinovdan o’tgan bo’lib, eng arzon, eng unversal va maqsadga muvofiq texnologiya ekanligi xalqaro jamoatchilik tomonidan tan olingan. Chunki bu texnologiyalar yuqorida keltirilgan yangi nazariya talablari asosida ishlab chiqariladi, shu bois boshqarishning bu turdagi texnologiyalari, shubhasiz, qo’yilgan maqsadni albatta ro‘yobga chiqaradi.
AKT rivojlanishi ta’lim sohasida, oliy ta’lim tizimida o‘zining misilsiz samaradorligini berishi hech kimga sir emas. Bunga misol sifati rivojlangan davlatlarda ta‘lim sohasini boshqaruvidan to ta‘lim jarayonigacha axborot texnologiyalarini joriy etilishi, AKTlarning yo’lga qo’yilishi, masofaviy ta’limning tutgan o’rni samaradorligi, interaktiv o‘qitish tizimlari paydo bo’lishi, elektron darslik va qo’llanma kabi resurslarning turlar tobora ko’payib borayotganligini, ta’lim jarayonida elektron texnologiyalarni tadbiq qilinayotganligi, talabalar bilimini baholashda qo’llanilayotgan bir qancha zamonaviy dasturiy vositalarni keltirish mumkin.
Ushbu rivojlanayotgan axborot davrida Respublikamizning ta’limga bo’lgan katta e‘tibori sababli, bizning milliy dasturiy ta’minot va tizmlari paydo bo’lganligi hamda rivojlantirilayotganligi aytib o’tish joiz. Jumladan, axborot-ta’lim portallari (EduPortal), axborot ta’lim tarmog’i (ZiyoNET), TATU axborot makonida tashkil etilgan virtual ta’lim (Moodle), ta’limda interaktiv xizmatlar (Inter-VUZ), elektron kutubxonalar (KARMAT) kabi bir nechta tizimlarni keltirish mumkin.
Bizga ma’lumki ta’lim sohasi barcha davrlarda uzluksiz va faqat rivojlanib boradigan xayot faoliyati muhim soha bo’lganligi sababli, foydalanuvchilarga biror soha yoki fandan bilim berish va uni baholash kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Bitiruv ishning asosiy maqsadi; Mutaxassislik fanlariningkriativpedagogik texnologiyalardan foydalanish uslubiyatini ishlab chiqish, shuningdek ushbu metodikani tadbiq etish.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling