O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
-Boshqaruv auditi maqsadi va vazifalari
Download 158.06 Kb.
|
Tursunova Muxlisabonu
2-Boshqaruv auditi maqsadi va vazifalari.Boshqaruv auditi – bu auditorlik faoliyatining metodologiyasi va ishlab chiqilgan ish topshiriqlari asosida boshqaruv jarayoniga zarur tuzatishlarni kiritish hamda boshqaruv texnologiyalarining haqiqiy samaradorligini aniqlash maqsadida ularni tadqiq etishdir. Boshqaruv auditi – bu tashkilotni boshqarishni takomillashtirish jarayonining axborotga bo’lgan ehtiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi diagnostik vosita hisoblanadi. Ushbu jarayonning quyidagi bosqichlari ajratiladi: boshqaruv samaradorligining hozirgi holatini baholash; qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqboldagi (statika) va boshqaruv bo’yicha muayyan faoliyat samaradorligi shaklidagi (dinamika) samaradorlikni baholash; tadqiq etilayotgan funkstiyaning haqiqiy holatini normativ, standart, tasdiqlangan holat bilan taqqoslash orqali samaradorlikning hozirgi holatidan normativ holatiga tomon harakatlanish uchun zarur bo’lgan harakatlar rejasini shakllantirish. Rejani shakllantirish tashkilotni boshqarish amaliyotini kuchaytirish imkonini beruvchi tadbirlar tarkibini aniqlashni nazarda tutadi. So’ngra optimallashtirishning turli yo’nalishlarini o’zida birlashtirgan, tashkilotning uzoq muddatli eng yuqori samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan boshqaruvni takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi; Boshqaruv auditining asosiy maqsadi – korxona va uning xodimlarining bozor sharoitida samarali ishlashga tayyorligi darajasini baholashdan iborat. Ushbu baholash asosida o’zgarishlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqilib, korxonani boshqarish tizimini qayta tashkil etish, yangi qadrlarni jalb qilish yoki mavjudlarini qayta o’qitish uchun zarur bo’lgan xarajatlar hisoblab chiqiladi Auditorni tekshirishga jalb etish tartibi. Xo’jalik subyektiga auditorni tanlash huquqi berilgan. Odatda, u auditorlik tashkilotiga auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun uni jalb etish to’g’risida rasmiy taklif bilan chiqadi. Rozilik bildirilgan taqdirda auditor mijozga majburiyat xatini yuboradi, unda u o’zining audit oldiga qo’yilgan vazifaga, mijoz oldidagi javobgarlik darajasiga va xulosani taqdim etish shakliga roziligini hujjat bilan tasdiqlaydi. Auditorlik tashkiloti va xo’jalik subyekti o’rtasida xatlar almashuvidan so’ng ikki tomonlama shartnoma tuziladi. Shartnomada ko’yidagilar ko’rsatilishi zarur: shartnoma predmeti va tomonlar majburiyatlari; auditorlik nazoratini o’tqazish muddati va joyi; ishlar qiymati va hisob-kitoblar tartibi; ishni topshirish va qabul qilish tartibi; konfidenstiallik; tortishuvlarni xal etish; belgilangan muddatdan oldin shartnomani tugatish; fors-major holatlar; boshqa shartlar; shartnomani amal qilish muddati va tomonlarning yuridik manzillari. Download 158.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling