O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 158.06 Kb.
|
Tursunova Muxlisabonu
3-Boshqaruv auditi jarayoni.Boshqaruv auditi jarayonini operastiyalarning yopiq izchilligi ko’rinishida namoyon etish mumkin. Boshqaruv auditi to’rtta bosqichda o’tkaziladi. Muammo(lar)ni qo’yish bosqichi: kompaniya to’g’risidagi axborot – moliyaviy ma’lumotlar, nazoratning samaradorligi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’rganish. Dastlabki diagnostikani o’tkazish mumkin. Korxona rahbarlari bilan intervyu asosida biznes (mahsulotlar) chegaralariga; biznes-jarayonlar va asosiy funkstiyalar, joriy va strategik maqsadlar uchun mas’ul shaxslar va bo’linmalarga aniqlik kiritiladi; auditorlik tekshiruvining yo’nalishlari (tashkilot strategiyasi, boshqaruvning texnik jihatlari, liniyali boshqarish), muammolar va oldinda turgan vazifalar doirasi, muhim tekshirish nuqtalari aniqlanadi. Boshqaruv auditi tartib-taomillarining umumiy dasturi tayyorlanadi: tadbirlarni o’tkazish reja-grafigi tuzilib, unga auditning keyingi bosqichlarida aniqliklar kiritiladi. Ma’lumotlarni yig’ish bosqichi: ma’lumotlarni yig’ish tartib-taomillarini rejalashtirish va amalga oshirish. Bu «texnik» bosqich bo’lib, unda hujjatlar tahlil qilinadi, bo’linmalar rahbarlari va mutaxassislar bilan ekspert intervyular o’tkaziladi. Axborot to’plash jarayonida auditorlar qarorlar qabul qilish (baholash) uchun asosni shakllantiradi. Tartib-taomillar mazmuni, ularni amalga oshirish izchilligi, nazorat qilish nuqtalari (tartib-taomillarning oraliq va yakuniy natijalari), bajarish standartlari, sifatni baholash mezonlari, funkstional va axborot hamkorligi aniqlanadi. Natija – biznes-jarayonlar va asosiy funkstiyalar modellari, shuningdek kompaniyaning 1DEF-0 yoki IDEF-IX standartida bajarilgan axborot modelidan iborat bo’ladi. Xulosalar va tavsiyalarni shakllantirish bosqichi. Auditorlik xulosasi boshqaruv tizimi samaradorligining holatini, tashkilotda boshqaruv faoliyatining yo’nalishlarini ta’riflashni; boshqaruvni takomillashtirish ehtimolimy yo’llarini o’z ichiga oladi. Tashkilot rahbariyati audit natijalarini baholaydi. Shu asosda keyingi auditning yo’nalishlari shakllanadi. Boshqaruv auditi tadqiq etilayotgan vaziyat (muammo)ni ta’riflovchi va faktik ma’lumotlar bilan mustahkamlangan tavsiyalarni shakllantirish imkonini beruvchi zarur axborotni olish va o’rganishga asoslangan. Faktlarni yig’ish – auditorlik tadqiqotining eng mashaqqatli bosqichi. Yig’ilayotgan axborotning xususiyati mijoz faoliyatining sohasiga, audit muammolari va maqsadlarining tavsifiga bog’liq. Olingan ma’lumotlar asosida barcha asosiy jarayonlar, munosabatlar, sabablar va o’zaro bog’liqliklar aniqlanishi kerak. Asosiy e’tibor muammoni hal etish imkoniyatlariga va ularni amalga oshirish yo’llariga qaratiladi. Har bir bosqich auditorning keyingi ishini ma’lumotlar bilan ta’minlashi lozim Xulosa Keng ma’noda kadrlar siyosati – shunday bir tizimki, unda inson resurslari bilan tashkilot strategiyasi bir-biriga mos qoida va normalar asosida faoliyat olib boradi. Bunga kadrlar bilan ishlashning barcha tadbirlari – kadrlarni tanlash, shtat jadvalini tuzish, attestastiyadan o’tkazish, o’qitish va malakasini oshirish, xizmat martabasini ko’tarish kabi masalalar tashkilotning umumiy maqsadlari va vazifalari sifatida oldindan rejalashtiriladi va tasdiqlanadi. Tor ma’noda kadrlar siyosati – xodimlar va tashkilotning o’zaro munosabatlarida aniq qoida, xohish-istak va cheklashlarni tanlashni taqozo etishini anglatadi. Auditorlar tashkilotga rasmiy auditorlik xulosasini tuzish bilan bog’liq bo’lishi shart bo’lmagan turli xildagi xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Nazariyada ular ko’pincha mijoz oldiga qo’yilgan maqsadga qarab tizimlarga birlashtiriladi va audit turlari deb nomlanadi. Axborotdan foydalanuvchilarga nisbatan tashqi va ichki audit ajratiladi. Tashqi va ichki auditning farqli tomonlari jadvalda keltirilgan. Tashqi auditning maqsadi – buxgalteriya va boshqa hisobotlar to’g’riligining kafolatini berishdan iborat. Ichki audit (birinchi tomondan audit) tashkilotdagi mavjud menejment tizimining samaradorligini baholashning muhim vositasi hisoblanib, tizim faoliyat ko’rsatishining uning hujjatlardagi ta’rifiga mos kelishini tekshirishni o’zida namoyon etadi. U korxona xodimlari tomonidan yoki uning nomidan o’tkaziladi. Bunda auditni tekshirilayotgan bo’linmaning ishi uchun to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita javobgar bo’lmagan xodimlar amalga oshirishadi. Download 158.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling