O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi


Download 366 Kb.
bet1/5
Sana13.04.2023
Hajmi366 Kb.
#1349482
  1   2   3   4   5
Bog'liq
parij konferensiyasi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

JAHON TARIXI KAFEDRASI
5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi
20.88-guruh talabasi M. Davlatboyevning

JAHON TARIXI


fanidan
« Parij tinchlik konferensiyasi va uning natijalari»
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: E.Mahmudov
Farg‘ona shahri – 2022 – 2023-oʻquv yili
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………….. 3–5


I bob. Birinchi jahon urushi yakunlari…………………………………… 6–13
II bob. Parij tinchlik konferensiyasining tashkil etilishi……………………………………………………………….………. 14–20
III bob. Parij tinchlik konferensiyasining natijalari…………………….. 21–29


Xulosa……………………………………………………………………… 30–31


Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati……………………........... 32-33

Kirish
Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam
irodasi, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni
saqlab qolishga asos bo‘ldi. “Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish, milliy tiklanish, o‘z
davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustahkamlash
jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda - bu
iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo‘ladimi, madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fan
bo‘ladimi — o‘zining beqiyos ichki qobiliyat va salohiyatini ishga solish, uni
ro‘yobga chiqarish hisobidan taraqqiyotga erishganini ko‘ramiz”1. Masalan,
Qadimgi Rim imperiyasini yoki Yunonistonni olaylik.
Ular nimaning evaziga uzoq davr mobaynida bu qadar rivojlanishga erisha oldi? Bu o‘lkalarda mo‘l-ko‘l tabiiy xomashyo manbalari, mineral resurslar deyarli yo‘q. Albatta, bu borada o‘sha paytda dunyoda mavjud bo‘lgan siyosiy omillar, xalqaro vaziyatning ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin qadimgi Rim xalqi asrlar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o‘ziga xos milliy ma’naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas.
Shuning uchun Rim imperiyasi yoki Qadimgi Yunoniston haqida gap ketganda,taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda yunon xarakteri, rimliklar tabiati degan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu o‘rinda avvalo mazkur xalqlarga mansub ma’naviy fazilatlarni nazarda tutadi. Ya’ni, bu xalqlarning ichkidunyosi va irodasi ma’naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan. Bunday xulosaning tasdig‘ini nafaqat mazkur ikki davlat, balki boshqa mamlakatva xalqlar misolida ham ko‘rish qiyin emas. Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomliasarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutganmillatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan2. O‘zbekistan Respublikasi istiqlolga erishishi natijasida jamiyatimizning barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Vatanimiz tarixiga milliy vatanparvarlik nuqtai-nazaridan qiziqish ortmoqda. Sovet mustamlakachiligi yillarida eng qadimgi davrlardan to O‘zbekiston mustaqillika erishguniga qadar bo‘lgan tariximiz soxtalashtirildi. Endilikda, ya’ni mustaqillik yillarida tarixshunosligimizda bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda.Hozirgi kunda mamlakatimiz olimlari tomonidan qadimgi dunyo tarixidan boshlab, to hozirgi kungacha bo‘lgan davr tarixi qaytadan o‘rganib chiqilib, unga xolisan yondashish natijasida ko‘plab yangi tarixiy faktlar yaratilmoqda.Buning zamirida albatta hukumatimiz tomonidan tarixga qaratilayotgan e’tibor ayniqsa yetakchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Nafaqat tarixchi olimlar balki ilm-fan sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan barcha soha hodimlariga hukumatimiz tomonidan kata e’tibor va amaliy hamda iqtisodiy tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda.

Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling