O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va


-mavzu. Kartaning dasturini tuzish


Download 200.7 Kb.
bet10/14
Sana03.02.2023
Hajmi200.7 Kb.
#1150083
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KLT kirish

8-mavzu. Kartaning dasturini tuzish


Kartani loyihalashtirishning asosiy natijasi uning dasturi bo‘lib, u kartaning hujjati hisoblanadi. Mazkur dastur kartaning maqsadi, tipi, matematik asosi, mazmuni, generalizatsiya jarayoni, ishlatiladigan kartografik usullar, manbalar va ulardan foydalanish tartibi hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beruvchi manbadir. Dasturda qo‘shimcha texnikaviy, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va boshqa parametrlar ko‘rsatilib, u kartaning loyihasi ham deb yuritiladi.
Odatda karta dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
-karta kimlar uchun mo‘ljallanganligi (maqsadi);
-kartaning matematik asosi;
-kartaning mazmuni;
-tasvirlash usullari va jihozlash yo‘llari;
-generalizatsiya jarayoni;
-ma’lumot manbai va ulardan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish;
-kartasi tasvirlanayotgan hududning tavsifi;
-kartani tayyorlash texnologiyasi.
Karta dasturida mualliflik maketini (nusxasini) yaratish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi: qaysi geografik manbalardan qanday qilib foydalanish, mualliflik nusxasini tuzish, har bir nusxa uchun maxsus formulyar tutish, unda kartografik manbalarni ko‘rsatish.
Shuningdek, taqrizga berish vaqtlari ko‘rsatiladi.
Dasturda kartani loyihalash, tuzish va tahrir qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechimi ko‘rsatilishi kerak. Masalan, tahrir qilish ko‘rsatmasini yozish va legendalar ishlab chiqish ko‘rsatiladi. Dasturning texnologik qismida karta va atlas yaratishda foydalanish mumkin bo‘lgan yangi texnologik usullar, ya’ni kompyuterlardan va boshqa yangi asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatiladi.
Karta va atlaslar yaratishda legenda tuzish va uni joyida ishlata bilish kerak. Legendalar oddiy shaklda, karta mazmuniga loyiq tuzilishi, shu bilan birga hozirgi zamon texnologiyasiga mos bo‘lishi kerak. Kartografik korxonalarda maxsus shartli belgilarning fotoalbomi mavjud bo‘lib, o‘shandan foydalaniladi.
Karta tuzishda legendaning ahamiyati kattadir, shuning uchun ham legenda kartaning kaliti deb ham yuritiladi. Chunki u karta mazmunini ochib beradi. Kartani o‘qishdan ilgari legendasi bilan tanishiladi. Kartaning legendasi karta dasturi bilan birga ishlab chiqilib karta tuzish nusxasi bilan birga beriladi.
Legenda ishlab chiqishda foydalaniladigan shartli belgilar karta mazmuniga mos bo‘libgina qolmasdan, mantiq jihatdan ham to‘liq, sodda, tushunarli va qisqa bo‘lishi kerak. Odatda kompleks legenda, tipologik hamda sintetik legendalardan foydalaniladi. Masalan, sintetik legendalar landshaft kartalarda, baholash va bashorat qilish kartalarida ko‘proq ishlatilsa tipologik legenda ilmiy tasnif bilan bog‘liq bo‘lgan kartalarda qo‘llaniladi.
Karta tuzish g‘oyasi paydo bo‘lgandan so‘ng uning mazmuni aniqlanib, karta dasturi tuziladi, manbalar o‘rganib chiqiladi. Kartaning dastlabki legendasi ishlab chiqilib, ko‘rsatkichlar aniqlanadi va kartaning dastlabki eskizi (qo‘lbola nusxasi) tayyorlanadi hamda qo‘shimcha kesma kartalar, grafiklar, sxemalar
tayyorlanadi. Kartaning to‘liq legendasi ishlab chiqilib mualliflik nusxasi tuziladi va tushuntirish xati yoziladi.
Kartaning dastlabki dasturini kartograf-muharrir bilan bir- galikda tuzish yaxshi foyda beradi. Mualliflik nusxasi tahririyat tomonidan qabul qilinadi. Kartografik korxonalarda mualliflik nusxasi yuqori saviyada bajarilgan va barcha qonun-qoidalarga to‘liq javob beradi deb topilsa, uni tuzish nusxasisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri nashr qilish jarayoniga o‘tkazsa bo‘ladi. Bunda umumiy ish jarayoni qisqaradi va nashr qilish ishi tezlashadi.

Download 200.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling