O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va
-mavzu. Topografik kartalar yaratishning asosiy usullari
Download 200.7 Kb.
|
KLT kirish
6-mavzu. Topografik kartalar yaratishning asosiy usullariTopografik kartalar aerofototopografik usulda, menzula bilan va fototeodolit usulida hamda kameral sharoitda, ya’ni yirik masshtabli kartalardan mayda masshtabli kartalar yaratib tuziladi. Bular ichida aerofototopografik usuldan ko‘proq foydalaniladi. Ushbu usul o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 1) stereofototo-pografik usul; 2) kombinatsiyalashtirilgan usul. Stereofototopo-grafik usul ko‘proq 1:10 000 va 1:25 000 masshtabli kartalar yaratishda foydalaniladi. Bu usulni hamma joylarda: ochiq joylarda ham, shaharlarda ham, o‘rmonzorlarda ham qo‘llash mumkin. Lekin Relef jihatidan katta aniqlik talab qilinadigan joylarda (Relef 1 metrli gorizontallar bilan tasvirlangan joylarda) kombinatsiyalashtirilgan usuldan, ya’ni fotoplan bilan menzula yordamida s’yomka qilishdan foydalaniladi. Fotoplansiz, menzula bilan plan olishdan ba’zi joylaming planiga aniqlik kiritishda ayrim tashkilotlar uchun kichik maydonlarni s’yomka qilishda foydalanish mumkin. Baland tog‘li hududlarda, fotogrammetrik usul bilan balandliklarni aniqlash qiyin bo‘lgan joylarni s’yomka qilishda fototeodolit usulidan foydalaniladi. Fototeodolit usulida s’yomka bajarilganda ba’zi joylar s’yomka qilinmay qoladi, bunday joylar qo‘shimcha ravishda dalada teodolit bilan s’yomka qilinadi. Aerofotos’yomka yo‘li bilan bajariladigan ishlar bir qancha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, geodezik, aeros’yomka, fotogrammetrik, kartografik va boshqalar. Biz bu yerda faqat kartograf ishtirok etadigan ishlargagina to‘xtalamiz. Qolganlari bilan faqat tanishib chiqamiz. Kartograf- muharrir bajarishi kerak bo‘lgan ishlar karta tuzish va tahrir qilish jarayoni deb ataladi. Bu ishlar quyidagi tartibda bajariladi. Dastlab topografik kartasi olinadigan joy o‘rganilib, qilinadigan ishlarning ilmiy-texnik loyihasi tuziladi. Dala ishlari esa s’yomka qilinadigan joyni aniqlashdan va joyda belgilashdan boshlanadi, so‘ng aerofotos’yomka qilinadigan joyni (maydonni) suratga olish to‘g‘risida aeroflot korxonasi bilan shartnoma tuziladi. Shu bilan birga mazkur hudud to‘g‘risida geografik va kartografik manbalar o‘rganiladi. Aerofotos’yomka materiallari olingandan so‘ng ularni bog‘lash va bir xil masshtabga keltirish uchun joyda plan-balandlik o‘lchash ishlari bajariladi. Ya’ni kerakli (asosiy) nuqtalarning koordinatalari va ularning absalyut balandliklari aniqlanadi. Aerofotosuratlarni o‘qish uchun etalon maydonlar tanlanadi. Qish mavsumida kameral sharoitda fotogrammetrik ishlar bajariladi, so‘ng aerofotosuratlar deshifrovka qilinib, kerakli malumotlar yig‘iladi, geografik nomlar aniqlanib, fotoplan tuziladi va relef tasvirlanib, undan tuzish originali tayyorlanadi. Ushbu originaldan maxsus chizma yo‘li bilan nashr qilish nusxasi tayyorlanib, kartografik korxonalarga nashr qilish uchun yuboriladi. Topografik karta tayyorlash uchun, umuman olganda, 1-2 yil kerak bo‘ladi. Aerofotos’yomka, odatda, yoz mavsumida bajariladi. Lekin ba’zi bir hollarda kuzda ham bajarilishi mumkin. Yuqoridagi ishlar shuni ko‘rsatadiki, aerofotos’yomka qilinib aerosuratlar olingandan so‘ng kameral sharoitda stereosexda, so‘ng dalada va kartasexlarda yuqorida qayd etilgan jarayonlar bajariladi. Asosiy ishlar ekspeditsiyalarda bajarilib, bu ishlarni ekspeditsiya rahbari va muharrir bajaradi. Kartograf-muharrir ishning boshidan oxirigacha karta mazmuni uchun javobgardir. Muharrir relefning to‘g‘ri tasvirlanishini, generalizatsiya, deshifrovka jarayonining to‘g‘ri bajarilishini, geografik nomlarning to‘g‘ri yozilishini tahminlashi lozim. Ba’zan muharrir 2 ta bo‘lishi ham mumkin, ya’ni ekspeditsiyadagi muharrir va kartografik korxonadagi muharrir. Bu ishni injener- kartograf yoki geograf-kartograf malakasiga ega bo‘lgan muharrirlargina bajarishi mumkin. Asosiy ish dalada bajarilgani uchun mazkur ishga muharrir masul hisoblanadi. Muharrir tomonidan bajariladigan ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tayyorgarlik davri. -topografik-geodezik, ilmiy texnik loyihani tuzishda qatnashish; -hududni o‘rganish uchun kartografik va boshqa manbalarni yig‘ish, tahlil qilish va o‘rganish; -muharrirlik ko‘rsatmalarini ishlab chiqish. Ular quyidagilardan tashkil topgan: aerofotos’yomka manbalarini tahrir qilish talablarini ishlab chiqish; karta tuzishda ishlatiladigan manbalarni o‘rganib undan foydalanishni ko‘rsatish; aerosuratlarni deshifrovka qilish, Relefni tasvirlashda ishlatiladigan shartli beligilarni aniqlash va yo‘riqnomalardan to‘liq foydalanishni tavsiya qilish; dalada deshifrovka qilish yo‘llarini o‘rgatish. Dalada bajariladigan muharrirlik ishlari quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: -hududni joyda o‘rganish va ko‘rsatmalarni joyda amalga oshirish. Deshifrovkani etalonlar asosida bajarishni (misol tariqasida o‘rganiladigan joylar) tushuntirish; -deshifrovka bo‘yicha barcha ishlarga rahbarlik qilish, geografik nomlarni aniqlab yozish va ularni manbalar bilan taqqoslab tekshirish. Deshifrovkaning sifatini stereorisovka usulida tekshirish. Relefni balandlik otmetkalari bo‘yicha bog‘lash (kombinatsiyalashgan s’yomkada) dalada bajariladi. Kartaga qo‘shimcha qilib, s’yomka qilingan hududni geografik jihatdan tavsiflab ocherk yozish va uni tahrir qilish ham muharrirning vazifasidir. Muharrirning vazifasi hamma ishlarning bajarilishini tahminlashgina emas, balki ish jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olishdir. Muharrir kartaning sifati, aniqligi, mazmuni, jihozlanishi hamda zamonaviyligi uchun javob beruvchi asosiy shaxs hisoblanadi. Download 200.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling