O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va
-mavzu. Kartalarni tuzishda kartografik tasvirlash usullarining ahamiyati
Download 200.7 Kb.
|
KLT kirish
9-mavzu. Kartalarni tuzishda kartografik tasvirlash usullarining ahamiyatiKartadan foydalanish uchun, uning mazmunini o‘kib tushunish uchun, ya’ni karta to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish uchun va kartani o‘quvchanligini oshirish uchun kartani tili hisoblangan shartli belgilar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bulmoq kerak. Kartadagi belgilarning asosiy vazifasi tasvirlanayotgan voqea va xodislarning o‘rnini, turini (zavod, suv ombori, gaz quvuri, shaharni o‘rnini va b.), miqdorini (aholi soni, zavodning ishlab chikarayotgan maxsuloti, yetish-tirilgan yalpi paxta xosili), sifatini (shur bosgan joylar, kuduk suvining sifati, ko‘mirning sifati va b.lar), tarkalish xususiyatlarini (aholi zichligi, migratsiyasi, shamollar xarakati, geologik jarayonlar) ko‘rsatishdan iborat. Kartografik belgilar, shartli belgilardan ma’zmunini kengligi, anik shakli, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bilan xamda aniklilik darajasi bilan fark qilib, kartografiyada legenda deb yuritiladi. Dastlabki kartalarda voqea va hodisalar suratlar yoki shakllar bilan tasvirlangan, bu esa kartani o‘kishni osonlashtirgan. Masalan, tog‘lar perspektiv usulda borilib, shakl yordamida tasvirlangan, o‘simliklar xam shakllariga karab ko‘rsatilgan (igna bargli va yaprok bargli), lekin ularning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin bo‘lmagan. Shuning uchun kartalardan to‘liq foydalanish maksadida va mukammal ma’lumot olish uchun yangi belgilar ko‘llanish zaruriyati tug‘ilgan. Tanlangan belgilar, geometrik shakllarda, badiiy va an’anaviy shakllarda bo‘lganidan ma’lum darajada mazmunni anglatadi. Lekin kartada xamma predmetlarning ham aniq o‘rnini kartaning masshtabi asosida tasvirlash mumkin emas, chunki ularning egallagan maydoni juda kichik bo‘lib, masshtab asosida ko‘rsatilsa, o‘kish mumkin bo‘lmay qoladi. Shuning uchun bunday predmetlar (tafsilotlar) masshtabsiz belgilar bilan ko‘rsatiladi. Masalan, temir yo‘llar, elektr, telefon simlari, gaz quvurlari va h.k.lar. Kartografik belgilarda xilma-xil ko‘rsatkichlarni tasvirlashda geometrik shakllar eng ko‘p ishlatiladi. Masalan, to‘rtburchak shaklining balandligi miqdor ko‘rsatkichlarni, to‘rtburchak shaklining yuzasi maydonni, kub xajmni, doira miqdor va sifat ko‘rsatkichlarni ifodalaydi. Kartografik belgilar sistemasini o‘rganuvchi Semiotika fanidan (u uchta qismdan: sintaktika, semantika va pragmatikadan iborat) belgilarni modellashtirishda keng foydalanmokda. Belgilar yordamida kartalarda absalyut ko‘rsatkichlar tasvirlanganda ba’zan bir o‘lcham birligidan ikkinchi o‘lcham birligiga o‘tish xolatlari xam bo‘ladi. Masalan, 2 ta mamlakatda yetishtirilayotgan paxtani kartada tasvirlash kerak bo‘lsin. Agar paxtani miqdori birida ustun shaklida ko‘rsatilsa (5 mm li ustunda), ikkinchisida esa 500 mm li (ustunida), ya’ni 100 marta uzun bo‘lish kerak, Masalan, O‘zbekiston va Qozog‘iston paxta yetishish kartasida bunday xolatda 500 mm ustun shu kartadagi davlat chegarasiga sig‘masligi mumkin. Chiziqli belgilardan xam xar-xil xolatlarda foydalanish mumkin. Masalan, chiziklar ingichka va yugonligi bilan, rangi va chizikning shakli bilan fark kilishi mumkin Maydonli belgilar esa, rangi, maydonning ichidagi shakllar bilan, maydondagi chiziklarning xolati bilan fark kiladi. Shu xususiyatlarni e’tiborga olish zarur. Kartografik belgilardan foydalanishda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning xususiyatlariga qaraladi. Ba’zi voqea va hodisalar bir joyga tegishli bo‘ladi, masalan, zavodning o‘rni va uning ishlab chikarayotgan maxsulotini miqdori tasvirlanadi. Ba’zi belgilarda voqea va hodisalarni xakikiy o‘rni emas hududi bilan bog‘lik bo‘lib, statistik ma’lumotlar asosida tuman, viloyat chegaralariga asoslanib, doirada, aholi soni, yetishtirilgan yalpi maxsuloti va uning strukturasini xam ko‘rsatish mumkin. Kartografik belgilarni o‘z o‘rnida, xususiyatiga qarab, karta mazmuniga moslab tanlash kerak. Hozirgi vaqtda foydalanilayotgan kartografik usullar o‘n bitta: belgilar, chiziqli belgilar, teng chiziklar, sifatli rang va miqdor ko‘rsatkichli rang, bir joyga tegishli diagramma, nuktalar usuli, areallar, xarakatni ifodalaydigan chiziklar, kartogramma va kartodiagrammalar. Ba’zan kartografik belgilar o‘rnini kartadagi yozuvlar ham bosishi mumkin. Download 200.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling