O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va
Download 200.7 Kb.
|
KLT kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- «KARTALARNI LOYIHALASH VA TUZISH» fanidan KURS ISHI Guruh: 401
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI “TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI «Geodeziya va geoinformatika» kafedrasi «KARTALARNI LOYIHALASH VA TUZISH» fanidan KURS ISHI Guruh: 401 Bajardi:___________________________________________________ Rahbar:___________________________________________________ Toshkent-2023 Kirish Kartalarni loyihalash va tuzish - geodeziya, kartografiya va kadastr soha mutaxassislarini tayyorlashda zarur bo‘lgan asosiy fanlardan biridir. Fanning maqsadi yuqorida keltirilgan soha mutaxassislarida fanga bo‘lgan ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishdir. “Kartalarni loyihalash va tuzish” fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha tayyorlangan uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTV tasdiqlangan dasturi asosida, o‘quv adabiyotlarini yangi avlodini yaratish konsepsiyasi bo‘yicha, qo‘yilgan barcha talablarga javob bergan holda tayyorlangan. Kurs ishi nazariy bilimlarni mustahkamlashda yordam beradi. Kurs ishining ham maqsadi – kartaning dastlabki nusxasini tayyorlash va nashr qilish usullarini o‘rgatadi. Kurs ishining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos loyiha yechimlarini qabul qilish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir. Kurs ishi mavzulari bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda, aniq ob’ektlar uchun belgilanadi. Kurs ishlarining mavzusi bo‘yicha har bir bakalavrga shaxsiy topshiriq beriladi. Kurs ishi ob’ekti sifatida xalk xo‘jalik sohalariga xizmat qiladi. Kurs ishining hisob grafik ishlari zamonaviy kompyuterlar dasturlarida bajariladi. Kurs ishi alohida bajariladigan quyidagi topshiriqlardan tashkil topadi: Mavzuli kartalarni tuzish bo‘yicha hujjatlarni tahlil etish. Mavzuli yoki umumgeografik kartalarni loyihalash va tuzish uchun dastur ishlab chiqish. Mavzuli yoki umumgeografik kartalarni tuzish va nashrga tayyorlash. Mavzuli yoki umumgeografik kartalarni tuzish bo‘yicha xujjatlarni tahlil etish jarayonida talaba bir viloyat, tuman kartasini yoki tanlangan masshtabdagi topografik kartalarni tegishli qoida asosida tahlil etish. GAT oilasiga mansub dasturlarda mavzuli kartalarni loyihalash va tuzish. Mavzuli yoki umumgeografik kartalarni loyihalash va tuzish uchun dastur ishlab chiqish jarayonida talaba tahlil etilgan xujjatlar asosida tegishli xududning mavzuli kartasi loyihalash uchun o‘zining fikr mulohazalarini, loyihalash uslubini, usullarini ko‘rsatib, yoritib beradi. Ushbu xulosa va tahlil natijasida talaba mavzuli yoki umumgeografik kartani loyihalash va tuzish bo‘yicha dastur tayyorlash. Mavzuli yoki umumgeografik kartalarni tuzish va bezash jarayonida talaba tanlagan xududning kartasini tuzadi va tegishli bezash usullarini tanlaydi va ishni rasmiylashtiradi. Download 200.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling