O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va


-mavzu. Mavzuli kartalarni (tabiiy kartalar) tuzish


Download 200.7 Kb.
bet9/14
Sana03.02.2023
Hajmi200.7 Kb.
#1150083
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KLT kirish

7-mavzu. Mavzuli kartalarni (tabiiy kartalar) tuzish


Hozirgi paytda tabiiy kartalarni loyihalash va tuzish mavzuli kartografiyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Tabiiy kartalar asosida hududning tabiiy sharoiti va resurslarini va ularga bog‘liq holda mazkur hududni ekologiyasini o‘rganish mumkin. Tabiatni kartaga olishning vazifalari xilma-xil, ularni chuqurroq o‘rganish uchun bunday kartaga olishning ikki tomoni farqlanadi ─ mazmunli (geografik) va texnik (yoki muhandisli).
Geografik tomondan kartaga olishda zarur bo‘lgan tabiat qonuniyatlarini o‘rganilib, zamonaviy GIS-texnologiyalarini qo‘llagan holda, kartalarni yaratish metodlari va prinsiplari o‘rganiladi; texnik tomondan esa, hodisalarni va ular elementlarini kartalarda joylashtirishning aniq va ob’ektiv uslublarini ishlab chiqish, grafik to‘g‘ri tasvirlash, kartalarni nashr qilishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullaniladi. Qo‘lingizdagi ushbu o‘quv qo‘llanma tabiatni kartaga olishning faqat geografik tomonlariga bag‘ishlangan.
Hozirgi paytda tabiiy kartalar quyidagi yo‘llar bilan yaratilmoqda:

  1. Dalada ob’ekt va hodisalarni bevosita kuzatish.

  2. Kartografik ko‘rinishda bo‘lmagan manbalarni matematik va boshqa metodlarni qo‘llab, ularni qayta ishlash.

  3. Statistik va dala ma’lumotlaridan foydalanib, avtomatik metodlarni qo‘llagan holda kartalarni tuzish.

  4. Turli mavzuli kartalardan foydalanib generalizatsiya metod- lari yordamida kartalarni tuzish, ya’ni bir kartadan ikkinchi, yangi mazmunga ega bo‘lgan kartalarni ishlab chiqish.

Tabiatni kartaga olishda hududning tabiati to‘liq yoki uning ma’lum bir tabiiy komponent yoki hodisasi tavsiflanishi mumkin. Shunga qarab kartaga olish majmuali va sohaviy turlarga bo‘linadi. Kartaga olish qamrab olgan hudud masshtabi va kartalarning seriyasiga qarab ham farqlanadi. U turli bosqichli va hududli (kichik hudud- larning yirik masshtabli kartalaridan tortib, to butun dunyo miqyosidagi mayda masshtabli), kartalar mazmunini ishlab chiqish va ularni yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Kartaga olishning masshtabi, uning maqsadidan kelib chiqib beligilanadi:

  1. Lokal - yirik masshtabli kartalar (1:100 000 gacha);

  2. Regional - o‘rta masshtabli (1:200 000 – 1:500 000);

  3. Subglobal - mayda masshtabli (1:1 000 000 – 10 000 000);

  4. Global - 1:10 000 000 va undan mayda masshtabli.

Hozirgi paytda tabiiy sharoit va resurslarni majmuali o‘rganish asosida turli kartalar tuzilmoqda:

  1. Qisqa mazmunli, aniq maqsadli faktologik kartalar.

  2. Analitik-tipologik kartalar - bu kartalarda muayyan bilim sohalariga oid hodisalar tasvirlanadi.

  3. Majmuali analitik kartalar – turli bilimlar sohasini yoki tanlab olingan alohida elementlarni bir-biri bilan bog‘lab tasvir- lovchi kartalar.

  4. Sintetik kartalar – bir nechta hodisa va ko‘rsatkichlar nazariy bilimlar asosida umumlashtirilgan, hodisalarning joylashishi va tarqalishi qonuniyatlari hisobga olingan aniq, amaliy yo‘nalishli kartalar. Bu guruhga baholash va bashoratlash kartalari ham kiradi.

Ishining maqsadi va mazmuni – kurs ishiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, ishning maqsadi bo‘lib berilgan ob’ektning mavzuli kartalarini loyihalash va tuzish hisoblanadi. Bunda biz mualliflik ishlarini bajaramiz. Tayyorgarlik ishlari bosqichida kartaning maqsadi va mazmuniga qarab, soha mutaxassislari yig‘iladi va ular karta tuzish metodikasini ishlab chiqishadi. Mualliflik ishlari kartaning mazmuniga mos keladigan maxsus tashkilotlarda mutaxassislar va kartograflar tomonidan olib boriladi. Ba’zan kartaning mualliflik originalini tuzish ishlari kartografik korxonaning o‘zida ham olib borilishi mumkin. Majmuali mazmundagi kartaning mualliflik originali tuzilayotganda ishni mutaxassislar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Tabiatni kartaga olishda “mualliflik ishlari” bosqichi mav- judligi tufayli ular umumgeografik kartalarni tuzishdan tubdan farq qiladi. Bunday bosqich ishni taqsimlashga, kartaga olish jaryoni- ning ketma-ketligiga sezilarli ta’sir etadi. Ishni taqsimlash shakli kartaning mazmuni, murakkabligi, manbalari turlari, bilim. Ma’lumot va axborotlar hajmi, mutaxassislar salohiyati va boshqa ko‘plab holatlarga bog‘liq. Bugungi kunda tuzilayotgan kartalarning mazmuni juda murakkabligi sababli, karta tuzishga maxsus jamoalar tuziladi.
Ko‘pchilik hollarda kartaning maxsus mazmuni bo‘yicha mutaxassis uning muallifi, kartograf esa uning muharriri, yoki tuzuvchisi vazifasini bajaradi. Kartograf va muallifning birgalikdagi olib bora-digan ishi turli shakllarda kechishi mumkin. Masalan, kartograf mual-lifga kartaning masshtabini belgilab beradi, unga proeksiya tanlaydi, umumgeografik asosni ishlab chiqadi, manbalarni tahlil qiladi va baholaydi. Bundan tashqari, yuqori malakali kartograflar kartaning legendasini ishlab chiqishda, tasvirlash usullarini tanlashda, generalizatsiya va kartani jihozlash ishlarini olib borishda mualliflarga katta yordam beradi. Kartograflar manbalarni bir-biri bilan bog‘lash, kartaning maketini hamda originalini ishlab chiqish, nihoyat, karta tuzish uchun metod tanlash kabi ishlarni ham olib boradi. Boshqa barcha karta tuzish bosqichlarida kartograflar faqat karta tuzuvchi, mutaxassislik, mas’ul va texnik muharrirlik vazifalarini bajaradilar.

Download 200.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling