O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va


-mavzu. Kartografik tasvirlash usullaridan foydalanib, kartada sifat va miqdor ko‘rsatkichlarni tasvirlash


Download 200.7 Kb.
bet13/14
Sana03.02.2023
Hajmi200.7 Kb.
#1150083
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KLT kirish

10-mavzu. Kartografik tasvirlash usullaridan foydalanib, kartada sifat va miqdor ko‘rsatkichlarni tasvirlash


Kartalarda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning sifat ko‘rsatkichlarining, rang yoki shtrix chiziklar bilan tasvirlanishiga sifatli rang usuli deb yuritiladi.
Bu usulni maydonlarni bir xil xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qilishga asoslanadi. Masalan, O‘zbekiston geografik atlasidagi (1999) O‘zbekistonning siyosiy-ma’muriy kartasida ranglar bilan viloyatlarni va Korakalpog‘iston xar xil ranglar bilan bir-birlaridan ajratib ko‘rsatilgan.
Geografik atlaslardagi xamma geografik rayonlashtirish kartalari: tabiy geografik, iqtisodiy geografik, landshaft va boshka rayonlashtirish kartalari xam shu usulda tuzilgan. Ba’zan qishlok xo‘jalik, geobatanik va landshaft kartalarni, genetik, morfologik va xronologik xususiyatlarni tiplarga bo‘lib tasvirlanganda, rangga ko‘shimcha xar xil belgi va shtrixlardan foydalaniladi. Bunday kartaning o‘quvchanligi kiyinlashsada, karta mazmuni yana chukurlashadi, berilayotgan ma’lumot yana xam ko‘payadi. Banday kartalar tipologik kartalar deb yuritiladi. Sifatli rang usulida tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning asosan bir xil xususiyatlari tasvirlanib so‘ng yana tiplarga va guruxlarga bo‘linishi mumkin. Masalan, sug‘oriladigan tuproklar yana kadimgi sug‘oriladigan o‘tlok voxa tuproklari: bo‘z voxa tuproklari, taqir voxa tuproklari va yangi o‘zlashtirilgan voxa tuproqlariga bo‘linishi mumkin. Bu usulda tasvirlanganda asosiy bo‘linish (klassifikatsiya) uchun bir xil rang tanlanadi, lekin uning guruxlarga bo‘linishlari shtrixlar yoki o‘ta yaqin ranglarda berilgani ma’qul.
Demak sifatli rang usulida tasvirlanayotgan voqea va hodisalar maydon bo‘yicha geografik joylashishini ko‘rsatiladi. Bu usulda tarixiy kartalar ham tuziladi. Masalan, Amir Temur saltanati va uning parchalanib ketishini tarixiy kartasi bunga misol bo‘la oladi.
Miqdorli rang usuli. Sifatli rang usulda ko‘rsatgichlar rang bilan tasvirlansa, miqdorli rang usulida uning asosini miqdor tashkil kiladi. Miqdor ko‘rsatgichlari xudud bo‘yicha tarqalgan bo‘lishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston geografik atlasidagi (1999) «Yoqilg‘i- energetika kartasi» da O‘zbekiston daryo havzalari bo‘yicha jami elektr energiyasining quvvati rang bilan ko‘rsatilib, uning asosida miqdor ko‘rsatkich yotadi.

Download 200.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling