O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va


mavzu. Kartografik shartli belgilar prinsiplari va topografik kartalar


Download 200.7 Kb.
bet2/14
Sana03.02.2023
Hajmi200.7 Kb.
#1150083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KLT kirish

mavzu. Kartografik shartli belgilar prinsiplari va topografik kartalar


Kartadan foydalanish, uning mazmunini o‘qib tushunish, ya’ni karta to‘g‘risida to‘liq malumot olish va kartaning o‘quvchanligini oshirish uchun kartaning tili hisoblangan shartli belgilar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lmoq kerak.
Kartadagi belgilarning asosiy vazifasi tasvirlanayotgan voqea va hodislarning o‘rnini, turini (zavod, suv ombori, gaz quvuri, shaharning o‘rnini va b.), miqdorini (aholi soni, zavodning ishlab chiqarayotgan mahsuloti, yetishtirilgan yalpi paxta hosili), sifatini (sho‘r bosgan joylar, quduq suvining sifati, ko‘mirning sifati va b.lar), tarqalish xususiyatlarini (aholi zichligi, migratsiyasi, shamollar harakati, geologik jarayonlar) ko‘rsatishdan iborat. Kartografik belgilar shartli belgilardan mazmunining kengligi, aniq shakli, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari hamda aniqlilik darajasi bilan farq qilib, kartografiyada legenda deb yuritiladi.
Hamma topografik kartalarda geodezik asos elementlari: balandlik va planli shaxobchalar ko‘rsatilishi shart. Masshtabidan qat’iy nazar triangulyatsiya, nivelirlash va poliganometrik belgilar ko‘rsatilishi kerak. Gidrografik elementlar, oldingi mavzularda qayd qilinganidek, dengizlarning qirg‘oq chiziqlari, daryolar, ko‘llar, sun’iy suv havzalari, kanallar, kollektorlar, latoklar va hokazolardan iborat. Ularning suv yuzasi sathi beriladi, agar priliv va otliv jarayonlari mavjud bo‘lsa, ular ham tasvirlanadi. Maxsus shartli belgilar bilan qumli, toshli qirg‘oqlar qiyaligi bo‘yicha bo‘lib ko‘rsatiladi.
Kartada 1 sm ga to‘g‘ri keladigan barcha suv ob’ektlari ko‘rsatiladi. Daryo va soylar suv oqishi davriga qarab doimiy oqadigan va qurib qoladigan, ya’ni mavsumiy oqadigan xillarga bo‘linadi. Ba’zilari esa quruq o‘zan shartli belgisi bilan ko‘rsatiladi. Topokartalarda ko‘pchilik daryo yoki soylar o‘zining kengligidan 5-6 marotaba keng qilib tasvirlanadi. Masalan, 1:25 000 masshtabda kengligi kamida 15 m, 1:100 000 masshtablida esa kamida 60 m bo‘lgan suv ob’ektlari ko‘rsatilishi mumkin. Qolganlari esa ba’zilari ikki chiziqda, ba’zan bir chiziqda masshtabsiz shartli belgi bilan tasvirlanadi. Asosiy daryo va soylarda suv oqimi, tezligi, kengligi, chuqurligi va suv osti relefi ko‘rsatiladi. Masalan, sharsharalar, qoyali toshlar. Suv tanqis hududlarda daryo, soy, kanal va latok hamda kollektorlardagi injener-texnik qurilmalar va inshootlar ham tasvirlanadi. Bulardan tashqari, quduqlar (chuqurligi, suvining sifati va miqdori), chashma va buloqlar, sardobalar va karizlar (er osti suv o‘tkazgichlari) ham tasvirlanadi. Relef topografik kartalarning eng asosiy elementlaridan biri bo‘lib, gorizontallar bilan ko‘rsatiladi. Har bir 5-gorizontal yo‘g‘onlashtiriladi, nishablik bergshtrix chizig‘i bilan ko‘rsatiladi. Relef gorizontallardan tashqari, shartli belgilar bilan ham ko‘rsatiladi (jarlik, o‘pirilma, surilmalar).
Topokartalarda ba’zi bir o‘ziga xos relef shakllari ham ko‘rsatilishi mumkin. Masalan, muzliklar ko‘k rangdagi gorizontallar bilan beriladi. Qumliklar esa o‘ziga xos rangda, ya’ni jigarrangda ko‘rsatiladi.
O‘simlik va grunt (zamin), boshqacha qilib aytganda Yer yuzasining landshaftlari (botqoqlik, qumlik, sho‘rxok joylar va hokazolar) maxsus ranglarda ko‘rsatiladi.
O‘simliklar ikkiga (tabiiy va madaniy o‘simliklarga) bo‘lib tasvirlanadi. O‘rmonlar esa o‘tib bo‘ladigan va o‘tib bo‘lmaydigan xillarga bo‘lib ko‘rsatiladi. Undan tashqari, o‘rmonlarning zichligi, daraxtlarning yo‘g‘onligi va balandligi beriladi. Madaniy o‘simliklar, bog‘lar, uzumzorlar, issiqxonalar ham alohida shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi.
Topografik kartalarning asosiy elementlaridan biri aholi yashaydigan joylardir. Aholi yashaydigan joylar 3 ta ko‘rsatkich bo‘yicha bo‘lib tasvirlanadi: 1) tipiga qarab; 2) mamuriy ahamiyatiga ko‘ra; 3) aholi soniga qarab.
Aholi yashaydigan joylar tipiga ko‘ra shahar, shahar tipidagi posyolka, posyolkalar va qishloqlarga bo‘linadi. Aholi yashaydigan joylar tipi ular yozilgan shrift bilan belgilanadi. Shahar va shahar tipidagi posyolkalar uchun aholi soni, qishloqlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa aholi yashaydigan joylar uchun esa uylarning soni, ya’ni xonadonlar soni ko‘rsatiladi.
Shaharlardagi aholi soni 7 gradatsiyada (pog‘onada) 2000 dan 1 mln gacha tasniflab ko‘rsatilsa, qishloqlarda esa 5 gradatsiyada 1000 dan to bitta xonadongacha beriladi. Aholining soni aholi yashash joyining nomi yozilgan shriftlarning katta-kichikligiga ham bog‘liq.
Barcha aholi yashash joylarining egallagan maydoni har qanday generalizatsiya jarayonida ham saqlanib, ulardagi ko‘cha va kvartallar generalizatsiya qilinadi. Aholi yashaydigan joylardagi o‘tga chidamli materiallardan qurilgan binolar olov rangda beriladi. Barcha shunday binolar 1:10000 masshtabda berilishi shart. 1:25 000 va 1:50 000 masshtablarda esa generalizatsiya qilinadi. 1:10 000 masshtabda, hattoki, binolarning qavatlari ham ko‘rsatiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlar, zavod, fabrika, shaxtalar, minora, aerodrom, neft quvurlari, gaz quvurlari, benzin quyish shaxobchasi (AYoQSh) ularning hajmiga qarab, maxsus shartli belgilar bilan beriladi. Ular ham masshtabli va masshtabsiz bo‘lishi mumkin. 1:10 000 va 1:25 000 masshtablarda barcha
sanoat korxonalari, 1:50 000—1:100 000 masshtablarda esa asosiy va orientir bo‘ladigan ob’ektlar ko‘rsatiladi.
Aloqa yo‘llari kartada juda aniq tasvirlanadi. Yo‘llar temiryo‘l va avtomobil yo‘llariga bo‘linib, temiryo‘llarning nechta izliligi va elektrlashtirilganligi ham tasvirlanadi. Avtomobil yo‘llari avtostrada, yaxshilangan shosse, shosse, shag‘al to‘kilgan yo‘llar, dala yo‘llari, tog‘lardagi dovonlar, sahro va o‘rmonlarda so‘qmoq yo‘llari ham ko‘rsatiladi. Yozda va qishda foydalaniladigan yo‘llar ham beriladi.



Download 200.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling