O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va


- mavzu. Dalada tahrir qilishda muxarrirlik ishlari


Download 200.7 Kb.
bet7/14
Sana03.02.2023
Hajmi200.7 Kb.
#1150083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
KLT kirish

5- mavzu. Dalada tahrir qilishda muxarrirlik ishlari


Dalada topografik kartaning yaratilishida kartograf- muharrirning ishi juda mas’huliyatlidir.
Mazkur ishlarga quyidagilar kiradi:
-aerosuratlarni bog‘lash;
-aerosuratlari olingan hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish;
-dalada deshifrovka qilinadigan etalon joylarni o‘rganish (ham dala ishlarida, ham kameral sharoitda);
-dalada sifati va miqdori aniqlanadigan tafsilotlarni aniqlash (daraxtlar balandligi, zichligi, jarliklarning chuqurligi, daryolarning kengligi, chuqurligi, suvli oqim tezligi, agar qumli joylar bo‘lsa, ularning shakli va hokazo);
-aholi yashaydigan joylarni ko‘zdan kechirish, ularni o‘rganib yo‘riqnomaga kiritish;
-dala va so‘qmoq yo‘llarni aniqlab, ulardan o‘tish vaqtlarini belgilash (tog‘lar va dovonlarda);

17
-aerosurat olingandan so‘ng paydo bo‘lgan tafsilotlarni aniqlash (zilzila, suv toshqini, surilma va h.k.lar);
-geografik nomlarni aniqlab, geografik jihatdan tasvirlab yozishga kirishish.
Bundagi ba’zi vazifalarni muharrir yordamida topografning o‘zi ham bajarishi mumkin. Dalada bo‘lim boshliqlariga va topograflarga bajariladigan ba’zi ishlar to‘g‘risida yo‘riqnoma beriladi. Bazan dalada nazorat marshrutlarini amalga oshirish ham mumkin.
Dalada bajariladigan ishlar hajmi joyning relefi va boshqa tafsilotlariga bog‘liq. Ba’zan ish bajariladigan hudud geografik jihatdan murakkab bo‘lsa, zarur ishlarni mazkur hudud uzra maxsus vertolyotda uchib yurib ham bajarish mumkin.
Dalada qilinadigan ishlarni sifatli bajarish maqsadida muharrirlik ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha ravishda har xil sxemalar ham beriladi. Masalan, geomorfologik, etalon joydagi shakllar, o‘simliklar shakli, gidrografik sxemalar, hududning mamuriy kartasi, qurilish qilinayotgan joylar, qo‘shma korxonalar, fermalar, landshaftga insonning tasiri bo‘lgan (antropogen) joylar ham ko‘rsatiladi. Bu ishlar s’yomka qilinadigan masshtabdan maydaroq masshtabdagi kartalarda bajarilishi kerak. Masalan, 1:10 000 masshtabli s’yomka uchun 1:100 000 yoki 1:50 000 masshtabli kartalar talab etiladi. S’yomka bajarilib bo‘lgandan so‘ng topograf (kartograf-muharrir bergan ish rejasi asosida) joyni topografik jihatdan tasvirlovchi ocherk yozadi. Ushbu malumotlar asosida muharrir butun hudud bo‘yicha keng mazmunda geografik tavsif yozadi. Yozilgan geografik tavsif kameral sharoitdagi stereosex muharririga beriladi. Dalada kartograf-muharrir bajaradigan ishlar ancha murakkab bo‘lib, ularning nuqsonlarsiz amalga oshirilishi uning tajribasiga, bilimiga, geografik tayyorgarligiga va generalizatsiya qilish tajribasiga bog‘liq.

Download 200.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling