O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va


Download 200.7 Kb.
bet6/14
Sana03.02.2023
Hajmi200.7 Kb.
#1150083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KLT kirish

Kartani yaratish
bosqichlari



Qilinadigan ishlar bosqichi

Har bir
bosqichdagi kilingan ishlar
natijasi

Loyihalash

Kartaga kuyiladigan talablar va
uni tuzish uchun dastlabki dasturlar tuplami, karta loyixasini tuzish
uchun kartografik manbalarni kartografik tomondan baholash va analiz qilish.

Karta dasturi yoki uning loyixasi.

Tuzish

Karta orginalini tayyorlashda manbalarni tayyorlash va ishlab
chiqish (matematik asosini tuzish).

Orginal karta

Nashrga tayyorlash

Mualliflik orginalini tayyorlash, poligrafik jarayonlar (shtrix va ranglarni tayyorlash).

Mualliflik orginali va
yordamchi maketi.

Nashr qilish

Nashr formasini tayyorlash va dastlabki namunasini nashrdan chikarish.

Kartaning nashrga berilishi



4-mavzu. Kartalarni yaratishning asosiy bosqichlari


Topografik va umumgeografik kartalar 2 xil yo‘l bilan yaratiladi.
Dalada bevosita geodezik asboblar yordamida topografik plan olish
(s’yomka) yo‘li bilan (dala4kartografiyasi) yirik masshtabda yaratiladi.
Kameral (labaratoriya holatida) sharoitda statistik ma’lumotlar va kartografik manbalar asosida o‘rta va mayda masshtabda yaratiladi.
Dalada yaratiladigan yirik masshtabli kartlar davlat tomonidan topografik – geodezik tashkilotlar yordamida yaratiladi. Topografik plan olish jarayoni maxsus yo‘riqnoma va qo‘llanmalar asosida bajariladi, aerosuratlarni deshifrovka qilish jarayoni bilan birga bajarilad.
Kameral sharoitda karta yaratishda, dalada yaratilgan plan va kartalarni, aerokosnik suratlarni, statistik ma’lumotlarni tahlil qilib yaratilayotgan kartaning mazmuni va maqsadiga loyiqlaridan foydalaniladi. Kameral sharoitda karta yaratishning birinchi bosqichi kartaning loyhalash, konsepsiyasini ishlab chiqish, dasturini boshqich kartaning loyihasini yaratish bilan tugallanadi.
Loyihada quyidagi jarayonlar o‘z ifodasini topadi:
-kartaning maqsadi va qo‘yiladigan talablar.
-kartaga bo‘lgan talabni aniq belgilab to‘g‘ri tariflash.
-karta yaratish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tanlash va tahlil qilish.
-karta yaratilayotgan hududni o‘rganib, tasvirlanadigan voqea va hodisalarning o‘ziga hos xususiyatlarini o‘rganish.
-karta dasturini tayyorlash.
Navbatdagi bosqich kartani tuzish, ya’ni kartaning dastlabki
nusxasini tayyorlashda bajariladigan kompleks ishlar: kartani tuzish
uchun ishlatiladigan proeksiya, komponovka va masshtab, shartli belgilar tizimi tanlanib, generalizatsiya jarayonlarini aniqlashdan iborat. Bu bosqich quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
-kerakli manbalarni tayyorlab ularni qayta ishlash.
-kartaning matematik asosini ishlab chiqish.
-kartaning mazmuni va legendasini ishlab chiqish.
-dastlabki nusxaning texnik jihatlarini tayyorlash, generalizatsiya qilish.
-kartani jihozlash.
-karta tuzishning hamma bosqichlarida tahrir va tuzatish ishlarini olib borish.
-oxirgi bosqich kartani nashrga tayyorlash va kartani nashr qilish va ko‘paytirishdan (poligrafiya usulida yoki kompyuter yordami bilan) iborat. Kartografiyada nashrga tayyorlash va nashr qilish jarayoni ikki bosqichga bo‘lib o‘rganiladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-nashr qilish nusxasini tayyorlash;
-bosma shaklini tayyorlash va dastlabki nusxani olish;
-kartani bosish (tirajini bajarish);
-kartani nashr qilishning hamma bosqichlarida tahrir va tuzatish ishlarini olib borish.
Yuqorida ko‘rsatilgan ishlar bajarilib, karta loyihasi mutaxassislar va buyurtmachilar tomonidan mulohaza qilinib, tasdiqdan o‘tgandan so‘nggina asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi va ishga kirishiladi.
Atlaslarni loyihalash quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
-atlaslarning maqsadi va mazmunini aniqlash;
-atlas kartalarining ro‘yxatini aniqlash;
-matematik asosni ishlab chiqish;
-maket komponovkasini tayyorlash;
-kartografik va boshqa manbalarni aniqlab ro‘yxatini tuzish;
-karta mazmunini ishlab chiqish va tasvirlanadigan tafsilotlarni (ob’ektlarni), voqea-hodisalarni tavsiflab, aniqlash;
-shartli belgilarni ishlab chiqish, karta va atlaslarni badiiy jihatdan jihozlash yo‘llarini ishlab chiqish, ramka va uning tashqarisidagi bezak, kesma va qo‘shimcha kartalar hamda atlasning ustki
qismlarini, kartalardagi ochiq joylarni surat va rasmlar bilan bezash va h.k.lar.
Kartani yaratish jarayonida (bitta karta yoki atlas bo‘lsa ham) dastlabki karta yaratishni rejalashtirishdan to uni bosib chiqa- rishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda kartografik ishlab chiqarish mutaxassislari bilan kartograflar jamoasi birgalikda ish olib borishi kerak. Bunda kartograflar, geograflar, geoinformatiklar (atlasning mavzusi bo‘yicha geologlar, ekologlar, tuproqshunoslar va boshqalar), injener-texnik xodimlar, musahassislar, matbaachilar, hatto iqtisodchilar bilan birgalikda ish olib borishadi.

Download 200.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling