O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va
Download 200.7 Kb.
|
KLT kirish
Belgilar usuli. Bu usulda kartalardagi xamma voqea va hodisalar belgilar bilan ko‘rsatiladi. Topografik va obzor topografik kartalarda esa bu belgilar fakat sifatni anglatadi, ammo miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalamaydi. Chunonchi, topografik kartada un zavodining binosigina shartli belgi bilan ifodalangan xolos. Mavzuli kartalarda esa zavodning o‘rnigina emas, uni ishlab chikaradigan maxsulotini salmori (tonna yoki pul xisobida), undagi ishchilar soni, maxsulotini kayerlarga yuborilishi xam ko‘rsatilishi mumkin. Ta’kidlaganimizdek, mayda masshtabli mavzuli kartalarda ishlatiladigan belgilar topografik kartalardagi belgilardan shakli, mazmuni jixatidan fark kiladi.
Belgilar usulida voqea va hodisalarning geografik o‘rni, miqdori va sifati ko‘rsatilib, ular geometrik, badiiy, xarfli va ko‘rgazmali bo‘ladi. Geometrik belgilardan sodda shakllar (aylana, kvadrat, to‘rtburchak, uchburchak, kub, romb, sektor, parallellogram va boshqalar) tanlanadi. Chizish va esda saklash xamda taqqoslash oson bo‘lgani uchun bu usul kartografiyada juda keng ko‘llaniladi. Oddiy geometrik belgilar uncha ko‘p emas, ularni turli ranglarga bo‘yab, shtrixlar bilan va ichiga har xil shakllar tushirib sonini ko‘paytirish mumkin. Harfli belgilar. Kartada tasvirlanmokchi bo‘lgan voqea va hodisalarning nomlarini bosh xarflari yoki kimyoviy belgilari bilan ifodalanadi. Foydali qazilmalardan alyuminiy AI, oltin Au, kaliy K deb yoziladi. Lekin xarfli belgilarni ko‘p ishlatib bo‘lmaydi, chunki xarflar yordamida fakat ob’ektlar orkali ko‘rsatilishining o‘rni aniklansa xam, ularning miqdorini aniklab bo‘lmaydi. Miqdorini aniqlash uchun doiraga tushirib tasvirlash mumkin. Bu usul ko‘proq kazilma boyliklar kartalarida foydalaniladi. Ko‘rgazmali belgilar voqea va hodisalarning shakllaridan iborat bo‘lib, karta o‘kishini ancha osonlashtiradi, lekin bunda geometrik aniklik uncha sezilmaydi. Bu usuldan targ‘ibot va tashviqot kartalarida ko‘proq foydalaniladi. Ob’ektlar belgilarda tasvirlansa, ob’ektni xakikiy o‘rni muayyan shaklning markazi bo‘lishi kerak. Lekin ba’zi kartalarda ob’ekt o‘z o‘rnidan bir oz siljigan xolatda bo‘ladi. Bu usulni geografik kartalarda ko‘llash birmuncha murakkabrok. O‘rta yoki oliy maktab kartalarini yoxud ilmiy ma’lumotnoma tipidagi kartalarni tuzishda belgilarning bir xil variantlarni ishlatish to‘g‘ri emas, chunki ob’ektlarning eng kichik va eng katta ko‘rsatkichlar orasidagi farq katta bo‘lsa belgilardan foydalanish qiyinlashadi. Voqea va disalar absalyut (mutlaq) va nisbiy miqdorda tasvirlanadi. Absalyut ko‘rsatkichlar belgining uzunlik, maydon va xajm o‘lchamlarida berilishi mumkin. Ko‘rsatkichlar uzunlik o‘lchamida berilsa, uni o‘qish va taqqoslash oson, ya’ni o‘lchagich yoki chizg‘ich bilan aniqlab masshtab asosiga ko‘paytirilsa, ko‘rsatkichning miqdori malum bo‘ladi, Bu usul qo‘llanilganda masshtab asosi oldindan belgilanib olinadi, ya’ni 1000 tonna maxsulot 1 mm uzunlikka teng deyilsa, masshtab asosi 1 mm balandlik 1000 tonnaga tugri keladi deb belgilanadi. Agar masshtab asosida olingan belgi juda kattalashib hududga sig‘may qolsa, unda maydon o‘lchami olinadi. Agar bu variant ham «torlik» qilsa, unda ko‘rsatkichlar uch darajali ildizdan chiqarilib, kub o‘lchamida berilib, hajm orqali ko‘rsatiladi. Qaysi variantdaligidan qat’iy nazar tasvirlanayotgai ko‘rsatkich belgilarning kattaligiga mutanosib tushsa, ya’ni aniq ko‘rsatsa u absalyut ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Miqdorlar absalyut va shartli ko‘rsatkichlarda tasvirlanib, uzluksiz shartli va uzluksiz pog‘onali shaklda ko‘rsatilish mumkin. Belgilar usuli uzluksiz shartli shkalada berilganda miqdor ko‘rsatkichlari aniqroq tasvirlanadi. Lekin, belgilar o‘lchamidagi tafovut juda katta bo‘lishi mumkin. Shuning uchun uzluksiz shkaladagi belgilardan, ma’lumotnoma tipdagi va oliy maktablar uchun mo‘ljallangan kartalarni tuzishda foydalaniladi. Pog‘onali shkaladagi belgilarda miqdorlar malum guruhlarga ajratib tasvirlanadi. Bunda belgilar o‘lchami miqdorni aniq ko‘rsatmaydi. Mamlakat shaharlarini kartaga tushirishda pog‘onali shkala qo‘llanilganda deyarli bir xil aholi soniga ega bo‘lgan va soni bir- biridan ancha fark qiladigan shaxarlar xam bir pog‘onaga tushib kolib, ular orasidagi tafovut bilinmay qoladi. Masalan, O‘zbekiston geografik atlasidagi (1999) aholi kartasida, pog‘onada 100 mingdan 500 000 gacha aholi soni olinsa, shu pog‘onalar 382 ming bo‘lgan Namangan shahri xam va aholisi 110 ming bo‘lgan Termiz ham kirib ketadi. Lekin, aholisi 90 ming bo‘lgan Bekobod esa (20 ming farq bo‘lsa ham) boshqa pog‘onaga o‘tib qolib, kartaning aniqligini bir oz pasayadi. Shuning uchun bu usul faqat o‘quv kartalari tuzishda qo‘llanilib, karta legendasida belgilarning aniq qiymatlari beriladi. Belgilar yordamida har xil mazmunga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarni va ularning yillar bo‘yicha o‘sishi (dinamikasi) ni ham ko‘rsatsa bo‘ladi. Bir joyga tegishli diagrammalar usuli. Areallar usuli. Usulning mohiyati. Topografik va mavzuli kartalarda ushbu usulni qo‘llanilishi. Bir joyga tegishli diagrammalar usuli yordamida kartalarda tasvirlangan voqea va hodisalar absalyut va nisbiy miqdorlarda ko‘rsatilishi mumkin. Miqdorlar har xil diagrammalar, shkalalarga bo‘lingan grafiklar shaklida ifodalanadi. Masalan, biror joyining o‘rtacha yillik havo harorati, oylik yog‘in-sochin miqdori, qor qoplami qalinligi, daryolarning yillik suv sarfi, shamolning kuchi, yo‘nalishi va boshqalar shular jumlasidandir. Diagrammalarda miqdor ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini ham berish mumkin. Bir joyga tegishli diagrammalar asosida shu joy to‘g‘risida zarur ma’lumot olish mumkin. Masalan, Toshkent viloyatida joylashgan meteorologik stansiyalarning va gidrologik postlarning ko‘rsatkichlari asosida diagramma tuzilib, shu hududning ob-havosi va suv to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Download 200.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling