11- mavzu. O‘rganilgan statistik, yozma va boshqa raqamli ma’lumotlar asosida kartaninng legendasini yaratish
Karta tayyorlashda turli xil izlanishlarning ma’lumotlari va natijalari yotadi, shu jumladan astronomik, geodezik, topografik, aerokosmik, geografik, iqtisodiy – ijtimoiy va boshqalar. Umumiy aytganda ushbu kartografik manbaalar deb ataladigan majmua va xujjat formalari orasida kartografik xamda kartografik bo‘lmagan manbaalar farqlanishi kerak. Har qanday kartaning qiymati kartaning mazmun jixatidan boyligi, aniqligi, zamonaviyligi xamma vaqt manbaalarning sifatiga chambarchas bog‘lik. Shuning uchun xam manbaalar to‘plami va uning sifati, taxlili xamda baxolanishi, karta dasturini tuzishda muxim ishlarning bir kismi xisoblanadi.
Zamonaviy manbaalarning oldindan, yetarlicha o‘zining to‘liqligi, to‘g‘riligi va aniqligining to‘g‘ri qo‘yilishi, ishning yukori darajada samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Oldindan to‘plangan manbaalar dasturni ishlab chiqish jarayonini to‘laligicha tugatilishiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Original kartani tuzish davrida ko‘shimcha manbaalarni kiritish ijobiy yakunlangan bo‘lsada, bu jarayonni yana bir marta tekshirib chiqishni talab etadi, aks xolda to‘la qayta ishlashni. Xar ikkala jarayon xam
Do'stlaringiz bilan baham: |