O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va
Kartalarni loyihalashning asosiy bosqichlari
Download 200.7 Kb.
|
KLT kirish
Kartalarni loyihalashning asosiy bosqichlariKartalarni loyihalash, kartaning umumiy maqsadini va mavzusini aniqlashdan boshlanadi. Tuzilayotgan kartani takdim qilishnig boshlang‘ich talablarini o‘rganishda, iste’molchilarning kelajakdagi davrasi (krug) aniqlanadi. Tuzilayotgan kartadan ma’lumotlar (undan ma’lumotlar olish, kartometrik ishlarni bajarish, joyni orientirlash) olish uchun ishlar va topshiriqlar belgilanadi. Undan tashqari kartadan foydalanish sharoitlari (xonada, sinfda, auditoriyada, maydonda, samolyotda) va uni o‘qilish usullarini (vizual (ko‘z bilan o‘kish) yoki kompyuter yordamida) aniqlab olish kerak. Karta mazmunini loyihalashda kuyidagilarni aniqlash kerak: Elementlar va ob’ektlar kartani mazmuni, mavzusi va masshtabida qanaqa to‘liqlikda bo‘lishi zarur. Ob’ektlarning tasniflanishi, paydo bo‘lishi va darajasining kartadagi kartografik ifodasi; Tasvirlanishga ko‘ra ob’ektlarning xususiyatlari; Kartalarni loyihalash va tuzish laboratoriya sharoitida 2 ta asosiy bosqichda bajariladi. 1. Kartalarni loyihalash – original kartani tayyorlashda barcha ishlarning samarali bajarilishi uchun kerakli xujjatlarni ishlab chiqishdan iborat. 2. Kartalarni tuzish – orginal kartalarni kanday kilib, fazoviy modellarining bir qancha aniqlangan tomonlarini mavjudligining grafik kurilishi. Xar ikkala bosqich xam, uz navbatida vazifalarni aniq bajara oladigan va uz ichida biron narsani yuzaga keltiradigan, bosqich xamda jarayonlarga bo‘linadi. Loyihalashning asosiy natijasi karta dasturida paydo bo‘ladi. Karta dasturi – kartaning turi, ko‘rinishi, matematik asosi, mundarijasi, generalizatsiyasi, prinsiplari, tasvirlash usullari va grafik belgilarning joylashish tartibi, manbaalar va ularning ko‘llanilish tartibi, kartaning iqtisodiy tomondan tayyorlanish texnologiyasini tasdiklab beradigan xujjat. An’anaviy usulda kartani yaratishning dasturini ishlab chiqishda, quyidagi asosiy bosqichlar nazarda tutiladi; karta tayyorlash topshiriqlarini aniq ifoda qilish; dastlabki xomaki dasturini tuzish; manbaalarni taxlil qilish va baholash; kartografik tomondan paydo bo‘ladigan regional xususiyatlarini aniqlash va oxirgi dasturni batafsil ishlab chiqish. Kartalarni tuzish bosqichida dastlab, manbaalar tayyorlanadi va ishlab chiqiladi. Agar karta ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa (masalan, muzeylar ekspozitsiyasi uchun yoki qisqa muddatli ob – havo uchun kartalar), kartalarni loyihalash va tuzish mavjud hamma ishlarni o‘z ichiga oladi. Kartografik tashkilotlarda kartalar kuchli, malakali mutaxassislar bilan xamkorlikda tayyorlanadi, bu kartaning sifatli, iqtisodiy jihatdan kam xarajat va qisqa vaqt ichida tayyorlanishiga kO‘mak beradi. Kartani tayyorlashda olib borilgan izlanish va ishlarning natijasi kuyidagi jadvalda tasvirlangan: Jadval-1
Download 200.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling