O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “toshkent irrigatsiya va


-mavzu. Karta tuzish jarayonlarida qo‘yilgan shartlar


Download 200.7 Kb.
bet3/14
Sana03.02.2023
Hajmi200.7 Kb.
#1150083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KLT kirish

2-mavzu. Karta tuzish jarayonlarida qo‘yilgan shartlar


Karta tuzish deb kartaning asl nusxasini tuzishdagi hamma ishlar to‘plamiga aytiladi, u o‘z ichiga kartaning to‘liq mazmuni yordamida va aniq kartografik belgilar asosida generalizatsiya qilish yo‘li bilan barpo etiladi.
7
Aslida kartani tuzish tartibi quyidagicha olib boriladi: karta tuzishdagi kartografik manbalarni tayyorlash, kartaning koordinatalar turini qurish, to‘plangan manbalarni tuzilayotgan kartaning asl nusxasiga ko‘chirish, ushbu to‘plangan manbalarni qayta ishlash generalizatsiya qilish va kartaning asl nusxasini grafika qismi (chizish, bo‘yash va h.p.).
Karta tuzishdagi kartografik manbalarni tayyorlash jarayoni karta uchun zarur ma’lumotlarni to‘plab, ularni o‘rganib va qayta ishlab chiqish natijasida saralab olinadi. Bunday jarayoni quyidagi umumiy formada bayon etish mumkin: bir koordinatalar sistemasidan boshqa koordinatalar sistemasiga o‘tish, uning klassifikatsiyasi, ko‘rsatkichlari, tasvir turi, sanasi va boshqalar.
Buni quyidagicha tushunish mumkin:
-manbalarni texnik jihatdan tayyorlash, yagona aerofototasvirni kichraytirishda uning aniq geometrik ko‘rinishini saqlab qolish;

  • karta tuzish uchun qabul qilingan ellipsoid va koordinatalar sistemasiga utish;

  • karta manbalarini (jadval va tekst holidagi) qayta ishlash, ularni tartibga solish hamda ularning asosiylarini saralab olib kartada aks ettirish.

Karta asl nusxasining grafika qurish ishlari meridian va parallellardan tashkil topgan koordinatalar to‘rini, to‘g‘ri burchakli koordinatalar to‘rini yoki ikkala to‘rni birgalikda tuzishdan boshlanadi. Ular kartografik manbalarni o‘z o‘rinlariga geometrik aniq qilib joylashda karkas bo‘lib hizmat qoladi.
Karta tuzish jarayonidagi yuqori aniqlik talab qiladigan ishlardan biri bu koordinatalar to‘rini barpo etish. Koordinatalar to‘rini talab darajasida tuzilishi kartaning aniq, sifatli bo‘lishiga olib keladi. Hozirgi zamon kartografik amaliyotida to‘g‘ri burchakli koordinatalar to‘rini va bundagi nuqtalarni yuqori aniqlikda belgilash hamda chizish uchun maxsus uskuna - koordinatagrafdan foydalanilmoqda (1-rasm). Uning ishlash prinsipi oddiy bo‘lib ikkita bir-biriga perpendikulyar bo‘lgan metal chizg‘ichdan iborat.
Dala sharoitida foydalaniladigan koordinatagrafning sxematik ko‘rinishi quyidagicha:
Ushbu koordinatagrafda aks ettirilgan XX metal lineykasi, UU lineykasi bo‘ylab chap va o‘ng tomonga xarakat qiladi. XX lineykasida joylashgan K aravachaga esa mikroskop (kartada nuqtalar o‘rnini belgilash uchun) va nuqtalar o‘rnini belgilash uchun igna o‘rnatilgan. Aravacha K XX lineyka bo‘ylab yuqori va past tomonga xarakat qiladi.



1-rasm. Koordinatografning ko‘rinishi

Hozirda kartografiya sohasida eng zamonaviy yuqori aniqlikda ishlovchi elektron koordinatorlardan keng foydalanilmoqda. Bunda koordinata nuqtalari perfokartalar, magnit lentalar yordamida hisoblanib, kompyuter tizimiga kiritilib avtomatik usulda tushuriladi va avtomatik usulda chiziladi.


Kartaning asl nusxasini yaratishda karta manbalaridan foydalanib tasvirni ko‘chirishda turli texnik usullardan foydalaniladi: Fotomexanik usul, optik loyihalash usuli, koordinatalar to‘ridan foydalanib ko‘chirish usuli.
Fotomexanik usulda karta-manba zarur bo‘lgan miqyosda kichraytirib suratga olinadi, suratga koordinata to‘ri joylashtirilib unga asoslanib karta generalizatsiya qilinadi. Bu usul kartografiya sanoatida keng qo‘llaniladi.
Optik loyihalash usuli bir necha karta-manbalardan foydalanib kartaning asl nusxasini yaratishda qo‘llaniladi. Bunda episkop deb nomlangan proeksiyalash apparatlpridan foydalanish qulaydir. Eng ko‘p tarqalgan kartografik episkopning sxemasi quyidagicha:
Kartografik episkopning ishlash prinsipi quyidagicha: kartografik manba N episkop kamerasiga joylashtiriladi va u kuchli lampa L bilan yoritiladi, nur oyna 3 dan qaytib oboektiv 0 orqali gorizontal holdagi ekran da kartaning asl nusxasi aks etadi. Tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish kamerani tushurish yoki ko‘tarish orqali amalga oshiriladi.
Koordinatalar to‘g‘risidan foydalanib ko‘chirish usuli esa karta manbalardagi kartografik yoki to‘g‘ri burchakli koordinatalar to‘rini kartaning asl nusxasidagi koordinatalar to‘riga ko‘chirishdan boshlanadi, koordinata to‘ridan foydalanib tasvirlarni sirkullar yordamida ko‘chiriladi. Har qanday kartaning asl nusxasini yaratishda foydalanilayotgan qog‘ozning xavoning o‘zgarishi oqibatida defformatsiyaga uchrashini etiborga olish zarur. Shuning uchun ham grafika ishlarini boshlashdan oldin qog‘ozni maxsus (maxkam) asosga yopishtirib olinish shart, maxsus asos qilib yupqa alyuminiy listni, fanera bo‘lagini olish mumkin.

    1. Download 200.7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling