O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti


Turkiy tillar va ular orasida o`zbek tilining tutgan o`rni


Download 0.78 Mb.
bet4/9
Sana21.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1367612
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAYL KATEGORYALARI . TURKIY TILARNING MAYL KATEGORYALARI

1.2. Turkiy tillar va ular orasida o`zbek tilining tutgan o`rni
O`zbek tili turkiy tillarga mansub bo`lib, oltoy nazariyasiga ko`ra mo`g`ul, tung`uz-manjur, koreys va yapon tillari bilan birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil qiladi.
Shunga ko`ra turkiy tillarning, jumladan, o`zbek tilining tarixi, oltoy tillarini qadimgi bir til bo`lgan – oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobo tili dastlab tung`uz-manjur va turk-mo`g`ul tillariga: turk-mo`g`ul tili esa turk va mo`g`ul tilariga ajralgan. hundan so`ng turkiy tillar tarixida xun davri (meloddan avvalgi III asrdan melodiy IV asrgacha) boshlanib, urkiy tillar ikki tarmoqqa – sharqiy xun va g`arbiy xun tillariga bo`linadi. Turkiy tillar tarixda xun davrining alohida ko`rsatilishiga o`sha davrda Markaziy Osiyodan harqiy Evropagacha hududini ishg`ol qilgan xun xonligini vujudga kelib, keyinchalik ikkiga ajralish asos qilib olinadi.
So`ngra milodning V asrdan X asrgacha bo`lgan uzoq vaqtni o`z ichiga olgan turk davri keladi. Umumxalq o`zbek tilining tarixi oltoy davridan boshlansa, o`zbek adabiy tilining tarixi yozma yodgorliklarni mavjud bo`lgan qadimgi turk davridan boshlanadi. Bu davrning obidalari barcha turkiy xalqlar uchun mushtarakdir.
4Hozirgi o`zbek tili qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Turkiy tillar o`rtasidagi qarindoshlik, yaqinlik sintaktik qurilmalarning birligida, so`z o`zgartiruvchi, so`z yasovchi affikslarning o`xshashligida, tovush tuzilishi va lug`at boyligidagi barqaror, zaruriy tushunchalarni bildiradigan so`zlarning umumligida yaqqol ko`rinadi. Ana shu umumiy belgilarga to`g`ri kelmaydigan fonetik, leksik va qisman grammatik farqlar til taraqqiyotining so`ngra davrlarida paydo bo`lgan xususiyatlardir. Hozirgi turkiy tillarning o`ziga xos xususyatlari, ularning mustaqil tillar sifatida taraqqiy etishidan dalolat beradi.
O`zbek tili turkiy guruhga kiruvchi tillardan biri bo`lib, undagi fonetik, morfologik, sintaktik, leksik o`xshashliklar Markaziy Osiyoda istiqomad qiluvchi uyg`ur, qozoq, qoraqalpoq, qirg`iz, turkman xalqlarining tillarida ko`proq uchraydi. Bu o`zbek xalqining til jihatdan yuqoridagi xalqlar bilan uzoq vaqtlardan bo`yon ijtimoiy munosabatda bo`lib kelganligining natijasidir. Shuni ng uchun ham ma`lum o`ziga xoslikni hisoblamaganda, o`zbek, qozoq, qirg`iz, uyg`ur, qoraqalpoqlar bir-birlarini qiynalmasdan tushuna oladi. Ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari va diniy e`tiqodlariga ham mushtaraklik bor. Agar yoqut –tuva, hakas tillarini olsak, ularda o`zbek tili bilan mushtaraklik bo`lsa ham, lekin uzoq vaqtlardan beri ijtimoiy aloqaning bo`lmaganligi (ruslar bilan bo`lgani), yashash sharoitlarining, tirikchiligining har xilligi tufayli til xususiyatlarida farqlar ko`p. Birgina leksikasini olsak, masalan, yoqut tilida chorvachilik buyicha kiyik, los tarmoqlari rivojlangan. Ana shu sohaga oid so`zlar atamalar juda ko`p. Bog`dorchilik, paxtachilik, poliz ekinlariga oid so`z atamalar yo`q. O`zbek tilida esa bu sohaga xos so`zlar juda ko`p.
Bunday o`xshashlik va farqlarni Volgabo`yi, Kavkaz, Sibir va boshqa xududlarda yashaydigan turkiy xalqlarning tillarida ham uchratish mumkin. Turkiy tillar o`rtasida o`xshash va farqli xususiyatlar fonetika, morfologiyadagina emas, balki leksikada ham yaqqol ko`rinadi. Masalan: o`zbek tilida boshoq; uyg`ur tilida bashaq-mashaq; qozoq, qoraqalpoq tillarida masaq; turkman tilida summul (ar, sumbula); yoqut tilida kuolas (rus, kolos) va sh.k.
Turkiy tilli xalqlar miqdor jihatdan dunyoda katta o`rin tutadi.
Ular:
I. Mustaqil davlatlarga ega bo`lgan turkiy xalqlar:
1) turk, 2) o`zbek, 3) qozoq 4) turkman
5) ozarbayjon 6) qirg`iz
II. Muxtor jumhuriyatlardagi turkiy xalqlar:
7) qoraqalpoq, 8) tatar, 9) boshqird
10) tuva 11) chuvash 12) yoqut

III. Muxtor viloyatlardagi turkiy xalqlar:


13) oltoy, 14) xakas

IY. Ko`p millatli jumhuriyatlar va muxtor jumhuriyatlarda yashovchi turkiy xalqlar:


15) gagauz (Moldava),
16) qorachoybolqor (Kabardin-Bolqor muxtor jumhuriyati va Qorachoy-Cherkas muxtor viloyati)
17) qirim-tatar (Qirim, O`zbekiston va Qozog`iston),
18) qirim (Dog`iston muxtor jumhuriyati),
19) nug`oy (Roissiya)

Y. Uyg`ur (harqiy Turkiston, shuni ngdek Qozog`iston va O`zbekistonda ham yashaydi).


Turkiy tilda so`zlashuvchi yana sShunday elatlar mavjudligi, ularning ona tili asosan maishiy hayotda foydalaniladi, ijtimoiy vazifasi juda chegaralangan. Ular o`zlarining rasmiy yozuvlariga emas, zarurat tug`ilganda, eski alifbodan foydalanadilar. Bunda karaim, shor, sulim tillari kiradi. Ushbu tillar bo`yicha ilmiy tadqiqiot ishlari olib borilgan.
Turkiy tilda so`zlashuvchi xalqlar Afg`oniston eron, Xitoy, Yugoslaviya, Greciya va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham yashaydi.
Ulardan birgina o`zbeklarni olsak, O`zbekiston jumhuriyatidan boshqa, Tojikiston, Qozog`iston, Turkmaniston, Qirg`iziston va Qoraqalpog`istonda ham bu tilda so`zlashuvchi millionlab o`zbeklar istiqomat qiladi.
O`zbeklar xorijiy o`lkalardan Afg`onistonda, Xitoyning uyg`urlar yashaydigan viloyatlarida, Turkiya, eron qisman Germaniya Amerika va boshqa joylarda turg`un bo`lib qolganlar.
O`zbek tilining turkshunoslikdagi obro`yi keyingi yillarda ortib bormoqda. Bu til hozir Amerikaning ko`pgina universitetlarida Germaniya, Turkiya, Hindiston va Afg`onistonda alohida o`rganilmoqda. O`zbek tili uning tarixi va mumutoz adabiyotimizga oid kitoblar, ilmiy tadqiqiotlarning xorijda nashr qilinishining o`ziyoq fikrimizni tasdiqlaydi.
XV asr olamida ulug` mutafakkir shoir, madaniyat va davlat arbobi Alisher Navoiyning mashaqqatli mehnati, izlanishlari hamda Husayn Boyqaroning homiyligi tufayli turkiy tillar orasida o`zbek tilining mavqei jahon miqyosiga ko`tarilgan edi. Ana shu vaqtda adabiy til bo`la oladi deb amaliy va nazariy jihatdan isbotlangan eski o`zbek (turkiy) tilimiz bizning davrimizgacha o`zining asosiy fonetik, grammatik va lug`at xususiyatlarni saqlagan holda etib keldi. Hozirgi tilimiz eski o`zbek adabiy tilining davomi – o`zbek xalqining davlat tili sifatida keng xalq ommasiga xizmat qilib kelmoqda.
Turkiy xalqlar bizga ma`lum bo`lgan eng qadimgi yozma yodgorliklari eramiznig V-X asrlariga mansub bo`lib, turkshunoslikda bu davrni qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Yozma yodgorliklar tili adabiy til me`yorini belgilashda asos bo`la oladi. Chunki yozma til, ma`lum darajada tartibga solingan, me`yorlashtirilgan bo`ladi. Shuni ng uchun ham o`zbe adabiy tilining tarixi yozma yodgorliklari ma`lum bo`lgan qadimgi turk davridan boshlanadi.
Shuni ta`kidlash lozimki, eng ko`hna yodgorliklar tili har qanday fikrni ifodalashga qodir, rivojlangan, fonetik, grammatik, uslubiy jihatdan mukammal til bo`lgan. Demak, turkiy til bunga qadar ham ulkan taraqqiyot davrini bosib o`tgan degan xulosaga kelish mumkin. Lekin, u davrlarga oid yozma yodgorliklar saqlanmagan.
Qadimgi turk davriga mansub yodgorliklar turk runiy (urxun enasoy), uyg`ur moniviy, sug`d, braxma, suroniy yozuvlaridadir.
Hozirgi paytda «Turk ruhiy», «O`rxun enasoy» atamasi bilan yurituvchi yozuv turkiy xalqlarning bizga ma`lum bo`lgan eng eski xatidir. Turk ruhiy yodgorliklari XVII asrning II yarimidan ma`lum bo`la boshlaganiga qaramay, ularni to`liq o`rganish ishlari bir muncha kch ushbu yozuvni o`qiy boshlaganlaridan keyin avj oldi.5
Turk ruhiy yodgorliklarini eng yiriklari turk amaldorlari xotirasiga qo`yilgan qabr toshlaridir. Bu xatning toshlardan tashqari oltin, kumish, yog`och, sopol buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Shuningdek, sharqiy Turkistondagi qog`ozga bitilgan yodgorlik ham topilgan.
Jug`rofiya o`rni til yozuv xususiyatlarga ko`ra runiy yodgorliklarni uch guruhga ajratish mumkin:

  1. Enasoy yodgorliklari.

  2. Talas yodgorliklari.

  3. O`rxun yodgorliklari.

Enasoy atroflari Tuva, Oltoy, Xakasiya, Krasnoyarsk o`lkalaridan topilgan bitiklar enasoy yodgorliklari guruhiga kiradi.Ular toshlarga, qoyalarga bitilgan bo`lib, orasida tanga, metall buyumlar, oltin va kumushga yozilganlari ham uchraydi. enasoy yodgorliklari u qadar yirik ikki emas: eng yiriklari o`n-o`n besh yo`lli, kichiklari - bir, ikki, uch, yo`lli matnlardir. enasoy yodgorliklari runiy bitiklarining qadimiylaridan bo`lib, Y-YII yuz yilliklarda to`g`ri keladi. Hozirgi kunda ushbu yodgorliklar Qizil, Minsk, Abakan Krosnoyarsk, Moskva, Xelsinki hamda Sankt-Peterburg muzeylarida saqlanmoqda.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling