O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti


Buyruq-istak maylining II shaxs ko`plik formalari


Download 0.78 Mb.
bet7/9
Sana21.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1367612
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAYL KATEGORYALARI . TURKIY TILARNING MAYL KATEGORYALARI

Buyruq-istak maylining II shaxs ko`plik formalari.
9Eski o`zbek tilida buyruq-istak maylining II shaxs ko`pligi uchun quyidagi formalar qo`llangan:
-ң(undoshdan keyin: -ың/-iң//-uң/-үң). Eski o`zbek tilining barcha davrlarida keng qo`llangan: Ey pari ruxsarlar, bizgә nigah әylәb otың//bir nazar birlә gadanы padshah әylәb otың (Lutfiy).Өzgә qыlmaң bu degәn sөzүmni (SHN).
-ңыz/-ңiz(undoshdan keyin: -ыңыz/-iңiz//-uңыz/-uңiz//-uңuz/-үңүz).Bu forma eski o`zbek tilida nisbatan kam qo`llangan: Ahbab, yigitlikni g`animat tutuңuz//өzni qarыlыq mehnatыdыn qorqutuңuz (Navoiy MQ). Bu kishigә ul chaqlы nimәrsә beriңiz (SH.tar.)
-ңlar/-nlәr(undoshdan keyin: -ыңlar/--iңlәr//-uңlar/-үңlәr) affiksi bilan yasalgan forma eski o`zbek tilida kam qo`llangan: Anda barыb, otav suqub keliңlәr (SH.tar.). Xizmatыmы yaxshы qqыlыңlar bilib (Muqimiy).
-ңыzlar/-ңizlәr (undoshdan keyin: -ыңыzlar/-iңizlәr) affiksi bilan yasalgan forma ham eski o`zbek tilida kam qo`llangan: Atayi haqыn anda istәңizlәr (Atoiy). Faryad qыlыb aytыb turur: meni өtkәziңizlәr teb (SH.tar.).
III shaxs formalari. Buyruq-istak maylining III shaxs birlik formasi eski o`zbek tilida –sun/-sүn affiksi bilan hosil qilingan (barsun, kelsүn), ko`plik formasi esa birlik formasiga –lar/-lәr affiksini qo`shish bilan hosil bo`ladi (barsunlar, kelsүnlәr). Bu affiksning –sыn/-sin formasi o`tmishda o`g`uz va qipchoq gruppasidagi turkiy tillar uchun xarakterli bo`lib, o`zbek tilida asoan XIX asrdan boshlab uchraydi.
Alisher Navoiy asarlarida buyruq-istak maylining III shaxs birlik ma’nosi fe’l negiziga –dik qo`shilishi bilan ham ifodalangan.Bu affiks faqat yumshoq variantda bo`lib, singarmonizm qonuniga bo`ysunmaydi: CHekibtүr sa’y etib bisyar-bisyar/ yүdik bashtыn ayaq zinhār-zinhār. Yug`andыn soң suyub ayvandыn aldik/ haririn suvg`a yāxud otg`a saldik (Farhod va SHirin).
Keltirilgan misollardagi yudik, aldik, saldik fe’llari yuvsin, olsin, solsin ma’nosini ifodalaydi.
Shart mayli. Shart mayli formasining yasalishida eski o`zbek tili bilan hozirgi o`zbek tili o`rtasida deyarli farq yo`q.

Xulosa
Hozirgi o‘zbek adabiy tili janubi-sharqiy (qarluq) guruhi negizida yuzaga keldi. Qipchoq dialektlari eng qadimiy bo‘lib, ularda singar- monizm, 8 fonemali unlilar tizimi saqlanib qolgan.
Turkiy xalqlar ijtimoiy turmush taqozosi tufayli ko‘p hollarda ko‘chmanchilik bilan kun kechirgan. Ko‘chmanchi qabila va o‘troq xalqlarning aralash holda hayot kechirishi aniq lingvistik chegarani aniqlashga monelik qiladi. Turkiy qabilalarning dastlabki maskani Janubiy Sibir va Shimoliy Mo‘g‘uliston (Oltoydan Amurgacha) hududlariga to‘g‘ri kelgan. Eramiz- dan avvalgi 206-yilda turkiy qabila (xun)laming birinchi zafarli yurishi boshlandi. Miloddan avvalgi I asrda xunlar ittifoqi ikkiga boTindi: biri M o'g‘uliston cho’llarida qoldi; ikkinchisi Sharqiy Qozog‘iston tomon siljidi. Shu davrdan turkiy qabilalarning g‘arbga yurishi boshlandi. Eramizning IV asrida turkiy qabilalar alan (skif, ostgot-sharqiy got), daklarni mag‘lubiyatga uchratib, ulami o‘zlariga qo‘shib oldi va Dunayga chiqdi. Ushbu yurishning eng rivojlangan davri V asr o‘rtalaridagi Attila hukmdorligiga to‘g‘ri keladi.
Shaxslarni belgilashda buyruq shakli juda xilma-xildir. Bu shakl umumlashtirilgan shaxsiy ma'no bilan tavsiflanadi, ayniqsa maqol va matallarda: Aylanma, burama(pogov.). Turli xil modallik soyalari mavjud bo'lganda, u ikkala raqamning barcha yuzlari bilan birlashtiriladi: Savatimni yo'qotdim(pogov.); Agar ular erta kelganlarida, hech narsa bo'lmasdi.
Xаbаr (ijro) mаyli fe’l аnglаtgаn hаrаkаt vа holаtni mа’lum zаmondа bаjаrilishi, ijro etilishi hаqidа xаbаr berаdi. Bu mаyl shаkli ish-hаrаkаt uch zаmonning biridа ijro etilgаnligini, uning mаvjudligini yoki hаrаkаt shu zаmonlаrning biridа bаjаrilmаgаnligini, inkor etilgаnligini аnglаtаdi. Аlbаttа, hаrаkаtning bаjаrilishini inkor etish xаbаr mаylining mа’nosini o‘zgаrtirmаydi. CHunki bu shаklidа hаm reаl hodisа – o‘tgаn, hozirgi vа kelаsi zаmonlаrdа hаrаkаtning bаjаrilmаgаnligi ifodаlаnаdi: Men yoshlik qilib, bekordаn-bekorgа erkimni qo‘ldаn berib qo‘ygаnmаn. U Onаxonning yonigа hech kimni yaqin yo‘lаtmаdi.
Xаbаr termini bu mаylning xususiyatigа, mа’nosi vа funksiyasigа ko‘proq mos kelаdi. CHunki bu mаyl shаklidаgi fe’l ish-hаrаkаtning mа’lum zаmondа biror shаxs tomonidаn ijro etilgаnligi yoki ijro etilmаgаnligi hаqidа xаbаr berаdi.
Fe’lning shаrt mаyli boshqа biror hаrаkаt, voqeа-hodisаning bаjаrilishi uchun shаrt, vositа bo‘lаdigаn, istаlgаn, fаrаz, mo‘ljаl qilingаn hаrаkаtni bildirаdi. SHаrt mаyli shаkli fe’l negizigа -sа mаyl yasovchisini qo‘shish vа tuslаsh bilаn hosil qilinаdi: olsаm, olsаng, olsа, olsаk, olsаngiz.
Fe’lning buyruq-istаk mаyli so‘zlovchining hаrаkаtni bаjаrishgа buyurishini, qistаshini, undаshini аnglаtаdi vа hаr bir mа’no ottenkаsi o‘zigа xos ohаng bilаn xаrаkterlаnаdi: Ishingni bаjаr.
Buyruq-istаk mаylining tuslаnishi shundаy:
Birlik. Ko‘plik.
1-shаxs borаy(-in), ishlаy(-in) borаylik, ishlаylik
2-shаxs bor(gin), ishlа(-gin) boring, ishlаng(iz)
3-shаxs borsin, ishlаsin borsin(lаr), ishlаsin(lаr).
Maqsad mayli biror-bir ish-harakatning bajarilish bajarilmaslik haqidagi maqsadini bildiradi. –moqchi qo’shimchasi yordamida yasaladi



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling