O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Birinchi va ikkinchi darajadagi manfaatdor tomonlar


Download 199 Kb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi199 Kb.
#1374869
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sayidnazarov Sirojiddin

Birinchi va ikkinchi darajadagi manfaatdor tomonlar
Muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar tadbirkorni shakllantirishda juda muhim. Muvaffaqiyatli tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan uch asosiy qobiliyat mavjud. Ular quyidagicha ta’riflanishi mumkin:

  • kerakli miqdordagi bilimlarga ega bo‘lish;

  • ko‘nikmalar to‘plamini ishlatib bilish;

  • shaxsiy xususiyatlar to‘plamiga ega bo‘lish. Ularni tartib bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.

Bilimlar — kerakli paytda chaqirib olinishi mumkin bo‘lgan, to‘plangan axborot yig‘imlari yoki hajmidan iborat, deb ta’riflangan edi. Biznes kontekstida, bilimlar quyidagi kabi jihatlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish (yoki tanishish)da namoyon bo‘lishi mumkin:

  • biznesda ochilayotgan imkoniyatlar;

  • bozor;

  • iste’molchilar;

  • raqobatchilar;

  • ishlab chiqarish jarayonlari;

  • texnik detallar;

  • biznesni boshqarish;

  • yordam ko‘rsatish manbalari.

Ammo inson faoliyatining biznes yoki tadbirkorlik kabi sohasini bilishning o‘zi, hali o‘z korxonasini tashkil etish va uni boshqarishda muvaffaqiyatga erishish uchun yetarli emas, xuddi shunday, masalan, samolyotni boshqarish, mashinani haydash yoki suzish haqida o‘qish yoki ma’lumotlarni o‘rganishning o‘zi, siz samolyotni, mashinani boshqarishingiz yoki basseynda suzishingiz uchun yetarli bo‘lmaydi.
Ko‘nikmalar — bilimlarni ishlata bilish qobiliyati, deb ta’riflangan edi; ular amaliy faoliyat orqali egallanishi yoki rivojlanishi mumkin, masalan, samolyotni boshqarish, mashinani haydash yoki suzishni amalda bajarish yo‘li bilan. Biznes kontekstida texnik va boshqaruv mazmunidagi ko‘nikmalar o‘rtasida farqni ko‘rish mumkin. Ba’zi misollar quyida keltirilgan:
Texnik Boshqaruv injenering, marketing (jumladan, sotish ham), kompyuterlardan, moliyaviy faoliyatni boshqarish foydalanish, duradgorlik san’ati  jarayonlarni tashkil qilish, mexanika  rejalashtirish, umumiy ovqatlanish  yetakchilik.
Bilim va ko‘nikmalarni ancha oson o‘rganish yoki ularni o‘zida rivojlantirish mumkin. Aksincha, ma’lum shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirish bir qancha vaqt talab qiladi; ular osonlikcha o‘zgarmaydi yoki ularga tez erishilmaydi. Shaxsiy sifatlar (xususiyatlar) — ruhshunoslar tomonidan shaxsning o‘ziga xosligini tashkil etuvchi shaxsiy xususiyatlar jamlanmasi, deb belgilangan. Tadbirkorning bu 14 shaxsiy sifati quyida keltirilgan:
Muvaffaqiyatli tadbirkor:

  • tashabbuskor;

  • imkoniyatlarni ko‘radi va ularni ro‘yobga chiqaradi;

  • tirishqoq;

  • ma’lumotlarni shaxsan o‘zi qidiradi;

  • sifatni oshirish tashvishida bo‘ladi;

  • shartnomalarning to‘liq bajarilishiga erishadi;

  • yuqori samaradorlikka yo‘naltirilgan;

  • o‘z faoliyatini muntazam rejalashtiradi;

  • muammolarni original yo‘llar bilan hal qiladi;

  • o‘ziga ishonch hissini namoyish etadi;

  • hisob-kitob bilan tavakkal qiladi;

  • shiddatli;

  • ishonch uyg‘otadi;

  • boshqalarni o‘z ta’siriga bo‘ysundirish strategiyalaridan foydalanadi.

Quyida bu sifatlar qisqacha bayon etilgan. Ushbu qobiliyatlar-ning uchalasiga ham (bilimlar, ko‘nikmalar, shaxsiy sifatlar) ega bo‘lmagan odam, biznesiga nisbatan qo‘llaganda, o‘z korxonasini muvaffaqiyatli boshqarish yo‘lida, shu qobiliyatlarga ega bo‘lgan odamdan ko‘ra, qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli ancha ko‘proq. Agar odam quyidagiga ega bo‘lsa, nima bo‘lishi mumkin?
Faqat bilim va ko‘nikmalarga. Faqat bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan odam, o‘z ishini umuman boshlashga erishgan holda ham, biznesda uzoq vaqt jon saqlashi juda ham shubhali. Masalan, ma’lum bir shaxsiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, odam biron-bir jiddiyroq muammoga duch kelgach, kam qat’iyatlilikni namoyish etishi mumkin yoki bunday odam ochilayotgan imkoniyatlarni ko‘rmasligi va ularni amalga oshira olmasligi mumkin yoki u mas’uliyatli ishtirokchi sifatida, qulay ishga kirishish tavakkalini (hatto hisoblangan bo‘lsa-da) o‘z zimmasiga olishni umuman rad etishi mumkin. Faqat bilim va tadbirkorlik sifatlariga. Faqat bilim va tadbirkorlik sifatlariga ega bo‘lgan shaxs agar texnik ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, bu qobiliyatlarini qo‘llashga biron- bir yaxshiroq narsa topa olmasligi mumkin. Yoki u begonalarga qattiq bog‘liq bo‘lgani tufayli, ehtimol, juda zaif ekanligini aniqlashi mumkin. Bu muammoning yechimi, kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan hamkorni topish yoki odamlarni jalb etishda bo‘lishi mumkin. Kerakli ko‘nikmalar va tadbirkorlik sifatlariga ega bo‘lgan, ammo bilimlarga ega bo‘lmagan bo‘lajak tadbirkor, o‘z korxonasini tashkil etishi mumkin. Ammo raqobat muhitida, bilimlarning yo‘qligi yoki hech bo‘lmasa, masalan, iste’molchilarni, bozorni (shu jumladan, bozorda rivojlanayotgan an’analarni) bilmaslik, oxir-oqibat inqirozga olib kelishi mumkin. Axborot muvaffaqiyatli rivojlanishga intilayotgan har bir korxona uchun juda muhim.

Xulosa
Hozirgi vaqtda manfaatdor tomonlar nazariyasi ko'proq mafkura sifatida taqdim etiladi, ya'ni qadriyatlar bilan og'ir yuklangan ba'zi bir intellektual tizim, bu erda tavsiflovchi, ko'rsatuvchi komponent nazariy modellardan ustun turadi, bu esa tor empirik, utilitar tavsiyalardan voz kechishga imkon beradi. ularning kelib chiqishi oz sonli (va ba'zan hatto bitta) muvaffaqiyatli boshqaruv qarorlari. Manfaatdor tomonlar nazariyasi kompaniyaning kuzatilgan xatti-harakatlarini tushuntirishi kerak, lekin optimal korporativ xatti-harakatni belgilamasligi kerak. Menejment bo'yicha xorijiy adabiyotlarda so'nggi yillarda manfaatdor tomonlar nazariyasining kontseptual asoslarini muhokama qilish faol muhokama qilinmoqda. Muhokama mualliflari bunday nazariyaning nazariy va uslubiy asoslarini aniqlashga va ularni aniq taqdim etishga harakat qilmoqdalar. Shunday qilib, amerikalik tadqiqotchi K. Gudpasture korporativ manfaatdor tomonlarning boshqaruv tahlilida “paydo bo'ladigan” axloqiy qadriyatlarni nazariyaning asosi bo'lishga chaqiradi. Bunday yondashuv "manfaatdor tomonlarning firma va uning xatti-harakatlariga ta'sirini baholash uchun asosiy mantiqni yaratish" imkonini beradi. Muallifning fikriga ko'ra, agar yangi normativ nazariya paydo bo'lsa, bunday dasturni amalga oshirishga nisbatan ko'proq optimizm paydo bo'ladi, bu retseptiv emas, balki xatti-harakatlar faktlarini bashorat qiladi. Tadbirkor bo‘lmoq uchun tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lish kerak, degan fikr ko‘p vaqtdan beri hukm surib keldi. Ammo endilikda, bozor iqtisodiyoti sharoitida har kim ham tadbirkor bo‘lishi mumkinligini ko‘plar tan olmoqda. Xo‘sh, buning uchun nima qilmoq kerak?
Bu savolga to‘la-to‘kis javob berish qiyin. Ammo, bir qator olimlar, jumladan, Y. Abdullayev va F. Karimovning fikricha, hozirgi zamon tadbirkori quyida keltirilgan 10 fazilatga ega bo‘lishi lozim
Halollik va rostgo‘ylik. Bu tushunchalar tadbirkorlikning asosi bo‘lib, halol foyda olish va ishda yaxshi munosabatlar o‘rnatishning birdan bir shartidir. Tadbirkor birinchi galda ishning ko‘zini biladigan, halol va haromni farqiga boradigan shaxs bo‘lishi kerak. Sababi, tadbirkor qanchalik halol ishlasa, mahsulotlari sifatli bo‘lsa, bozorda uning mavqeyi baland, mahsulotlari shuncha xaridorgir bo‘ladi. Chunki halol tadbirkorlarga hamma ishonadi. Majburiylik, so‘zsiz bajarishlik. Tadbirkor qachon o‘z so‘zining ustidan chiqsa, va’dasida tursa va berilgan topshiriqlarni bajarsagina ishi o‘ngidan keladi. So‘zini ustidan chiqish, kelishilgan shartnomada ko‘rsatilgan murakkab va oddiy og‘zaki vazifalarning (biron yerga aytilgan vaqtda borish) bajarilishini o‘z ichiga oladi. Berilgan va’da har qanday sharoitda bo‘lsa ham bajarilishi shart. Haqiqiy tadbirkor o‘z mijozi (raqibi)ni aldamasligi kerak. Vazifani o‘z vaqtidan kechikib bajarish ham subutsizlikka kiradi. Mas’uliyatli bo‘lish. Haqiqiy tadbirkor qilmishi uchun o‘z puli yoki mablag‘i bilan javob beradi. Agar u aybdor bo‘lsa, yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatishi, ko‘rilgan zararni qoplashi lozim. Boshqalar bilan munosabat chog‘ida ularga nisbatan hurmatda bo‘lish. Tadbirkor boshqalarga shunday munosabatda bo‘lishi kerakki, unga boshqalar ham shunday munosabat bilan javob qaytarishsin. Qonunga itoat qilish. Tadbirkor bo‘lish istagida yurgan har bir kishi qonun va boshqa huquqiy hujjatlarga itoat qilishi, ularni og‘ishmay bajarishi shart. Qonun talablaridan chekinish, qonunchilikni buzish, huquq-tartibotga, pirovardida esa davlat tomonidan qo‘riqlanadigan manfaatlar va o‘zaro munosabatlarga tajovuz qilish demakdir. Buyuk Sohibqiron Amir Temur ham o‘z tuzuklarida «...tegishli tartibga va qonunga amal etish mening taqdirim va yutuqlarimning asosi hamda tayanchi bo‘lib xizmat qiladi», deb yozgan edi. Saxiy va xayr-ehsonli bo‘lish. Xalqqa xayr-ehson qilish eng ulug‘ fazilat. Saxovatli, saxiy tadbirkor shunday kishiki, birov narsa so‘ramay turib, oldindan hadya qilib ulashadi. Insofli bo‘lish. Insof — bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi va qobiliyati, ishda kishilar bilan munosabatda: halollik, to‘g‘rilik, barobarlik, sofdillik, haqiqatgo‘ylikdir. Vazmin va sabrli bo‘lish, ehtiroslarga berilmaslik. Ba’zi shoshma- shoshar tadbirkorlar, shoshqaloqlik yoki shumligidan pushaymonlik chuquriga yiqiladilar, o‘ylamasdan shoshilib ish boshlaganlar esa balolar girdobiga g‘arq bo‘ladilar. Aqlli, tajribali va vazmin tadbirkorlar esa, tadbir hamda sabrni o‘zlariga yo‘ldosh qilib oladilar, fikr oynasini donishmandlarning ishorat va nasihatlari bilan pardozlaydilar, unga sayqal beradilar. Yengiltaklik, shoshma-shosharliklardan hazar qiladilar. Xizmat etikasiga rioya qilish. Eng avvalo, hukumatga hurmat bilan qarang. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy siyosatini o‘zingizning asosiy qurolingiz qilib oling va ularga rioya qiling. Bilingki, hukumatga hurmat va xizmat etikasiga rioya qilish — bu tadbirkorlikni muvaffaqiyatga eltuvchi ikki lokomotivdir. O‘z ishining mutaxassisi bo‘lish. Biz shunday davrda yashayap- mizki, bunda faqat mutaxassisgina, o‘z ishining ustasigina obro‘-e’tibor topadi. Shuning uchun mutaxassis bo‘ling. Qaysi sohada ishlashga to‘g‘ri kelmasin, albatta, birinchi bo‘lishga harakat qiling. Savol tug‘iladi: unga qanday qilib erishiladi? Javob bitta, bu ham bo‘lsa, mehnat va o‘z ustingizda tinimsiz shug‘ullanishingiz lozim. Dahoni mehnat yaratadi. Yetuklikka yo‘l esa — tirishqoqlik. Shunday qilib, tadbirkorlikka ahd qilgan har bir kishi o‘zining imkoniyatlari, qobiliyatlari, shu jumladan, o‘z izlanuvchanlik qobiliyatini, o‘z ishining ustasi hamda yuqorida qayd qilingan sifat- larning o‘zida mavjudligini aniq o‘lchay bilishi kerak.






Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling