O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Download 199 Kb.
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi199 Kb.
#1374869
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sayidnazarov Sirojiddin


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI FAKULTETI

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” TA’LIM YO’NALISHI


1-KURS SBXA-76 GURUHI TALABLASi

Sayidnazarov Sirojiddinning
BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBI” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Biznesda manfaatdor tomonlar



Kafedra tomonidan ro’yhatga olingan tartib raqami №____

____” _________2023 y. ______


imzo





Talaba: ________________
_____________
imzo





Kurs ishi himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi)
Sana “___” ____________ 2023 y.
Rahbar imzosi:____________



Kurs ishi ball:________ball
Komissiya a’zolari:
______________ ______
______________ ______
______________ ______


Toshkent – 2023




Reja:

bet:




Kirish

3

1.

Manfaatdor tomonlar

6

2.

Ichki va tashqi manfaat tomonlari

9

3

Manfaatdor tomonlarning bog’liqligi

13

4.

Birinchi va ikkinchi darajadagi manfaatdor tomonlar.

18




Xulosa

21




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

24



Kirish

Manfaatdor tomonlar. Iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zamini va iqtisodiy tayanchini tashkil qiluvchi xususiy mulk egalari — tadbirkorlar qatlami shakllanib boradi. Mamlakatimizda hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli qonunchilik bazasi shakllantirildi va tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.


O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan tadbirkorlik faoliyati, bu — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. Xo‘sh tadbirkorlar kimlar? Ular qanday salohiyat va imkoniyatlar egalari bo‘lishi lozim?


Demak, tadbirkor, bu — o‘z tadbirkorlik faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida faoliyatidan foyda olishni maqsad qilgan tashabbuskor shaxsdir.
Tadbirkor o‘z salohiyatini baholay olishi va imkoniyatlarini chamalab ish yuritishi to‘g‘risida ba’zi misollar doirasida fikr yuritishimiz mumkin. Buni o‘quvchiga eng yaqin bo‘lgan o‘quvchilar misolida qarasak. O‘quvchilar har doim darsga kirishlaridan oldin, avvalo, ushbu darsga nisbatan o‘z tayyorgarliklarini chamalab ko‘rishadi. O‘quvchining dunyoqarashi, dars mavzusining talabaga qiziqarliligi va tanishligi hamda auditoriyadagi erkin vaziyat talabalarning imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ular bu imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishadi. Chunki har doim ham tanish va qiziqarli mavzu, yaxshi ustoz va yaxshi tayyorgarlik ko‘rishning imkoni bo‘lmaydi. O‘quvchilar- ning dastlabki uddaburonligi va tadbirkorlik qobiliyatlari shunday holatlarda namoyon bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish niyatida bo‘lgan kishilar, avvalo, o‘z tadbirkorlik salohiyatlarini baholab ko‘rishlari va imko- niyatlari darajasida ish boshlashlari maqsadga muvofiqdir. Tadbirkorlik salohiyatini baholashda, quyidagi bir qator savollarga aniq javob bera olish anchagina imkoniyatlar doirasini belgilab beradi:

Ommaviy axborot vositalari va kitob o‘qishga munosabatingiz qanday?


Tavakkalchilikni u sizning asabingizga tekkani uchungina o‘z zimmangizga olasizmi?


Odamlarni o‘zingizda ishlash uchun jalb etishingiz muvaffaqiyatli bo‘ladimi?


Biznesni tashkil qilish tajribasini tanishlaringizdan biron kim siz bilan muhokama qilganmi?


Biron marta ishingizdan hayratda qolganmisiz?


Doimo yangi g‘oyalarni o‘ylab yurishingizni sezganmisiz?


Maktabni yaxshi ko‘rar edingizmi?


Detallarga kirishishni yoqtirasizmi?


O‘n yoshga kirgunga qadar, tasodifiy ishlarni bajarganmisiz?


Tez zerikib qolasizmi?


Uzoq muddat davomida bir narsaga diqqatingizni jalb qilib tura olasizmi?


Yomon vaziyatdan foydali biron nima chiqarishga o‘rgangan- misiz?


Bankda omonat hisobingiz yoki boshqa shaxsiy jamg‘armangiz bormi?


Tadbikorlar juda katta tavakkal qilishadi, deb hisoblaysizmi?


Muvaffaqiyatli tadbirkorlar, albatta, oliy ma’lumotli bo‘lishi lozim deb hisoblaysizmi?


Ushbu berilgan savollar tadbirkorning umumiy salohiyatini baholashga yo‘naltirilgan. Kishi bu turdagi savollarni tadbirkorlikning qaysi turini boshlashdan oldin, albatta, o‘ziga o‘zi berib ko‘rishi tavsiya etiladi.




Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling