O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti
MARKETING TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI
Download 138.4 Kb.
|
kurs 25
1. MARKETING TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI Hozirgi kunda muvaffaqiyatli kompaniyalar va korxonalar iste’mol qiymatini yaratishga alohida ahamiyat berish va marketing faoliyatini yuqori darajada tashkil etish bilan bog’liq masalalarda juda faol bo’lib kelishmoqda. Bunday kompaniyalar xodimlarini iste’molchilar bilan uzoq vaqt davom etadigan munosabatlarni doimiy ravishda yo’lga qo’yib borishlarini talab qilishadi va bunga erishgan har bir xodimini mukofotlab keladilar. Bugungi kunda iste’molchilar bilan ishlash va ular uchun qiymat yaratish juda muhim sanaladi. Hozirda mijozlar texnologik o’zgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy va atrofmuhit muammolariga duch kelishmoqda. Shuning uchun ular ehtiyotkorlik bilan xarj qilishmoqda va brendlar bilan munosabatlarini ham qayta baholashmoqda. Marketing, asosan, iste’molchilar bilan aloqador masalalar bilan shug’ullanishi bilan biznes faoliyatining boshqa funksiyalaridan ajralib turadi. “Marketing” so’zini ingliz tilidan tarjima qilganimizda, “bozorni tadqiq qilish”, “bozordagi faoliyat”, “bozor faoliyati” kabi ma’nolarni beradi. Marketingning qachon paydo bo’lganligi haqidagi ma’lumot aniq keltirilmasa-da, bu haqida ko’pgina tahminlar va fikrlar mavjud.Barchamizga marketingning kelib chiqishini reklama bilan bog’liqligi ma’lum ekanligini hisobga olgan holda, Vavilondagi bir holatni bunga misol keltirsak. Vavilonda miloddan avvalgi 3000 yillikda birinchi marotaba qochib ketgan qulni tutib kelish uchun mukofot ya’ni ikkita xo’kiz va’da qilinganligi e’lon qilingan va xalqqa jar solishgan. Yana shuni aytishimiz mumkin-ki, marketingning asosiy elementlaridan biri hisoblangan reklama odamzod natural xo’jalikning yakkaligidan xalos bo’lgan va savdoning shakllari paydo bo’la boshlagan davrdan boshlab vujudga kelgan. Marketing atamasidan esa dastlab 1902-yilda AQSHda, 20 yildan keyin esa dunyoning ko’pgina mamlakatlarida foydalanila boshlashgan. Fanda marketing evolutsiyasining birinchi bosqichi XX asrning boshidan 30 yillarning o’rtasigacha deb hisoblash qabul qilingan. Unga ko’ra marketing korxonalar, tashkilotlar va iste’molchilar o’rtasidagi tovarlar harakatiningnazariyasi, shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha korxonaning funksiyasi sifatida tushunilgan. Marketingni sodda holda iste’molchilar bilan munosabatlarni samarali boshqarish deya tushunishimiz mumkin. Marketingning maqsadi iste’molchilarni jalb qilish, mavjud iste’molchilarni saqlab qolish hamda ularning sonini muntazam ravishda oshirib borishdan iborat. Hozirgi kunda marketing har qanday faoliyat yurituvchi subyektlar muvaffaqiyati uchun juda muhim va zarur hisoblanadi, Hozirda marketingni biznes kompaniyalaridan tashqari notijorat tashkilotlar faoliyatida ham kuzatishimiz mumkin. Marketingdan ta’lim sohasida ham, sog’liqni saqlash sohasida ham, hatto diniy muassasalar faoliyatida ham foydalanilmoqda. Marketing o’zi nima? Marketingni ko’pchiligimiz faqat reklama qilish va sotishdan iborat deb bilamiz. Har kuni biz ommaviy axborot vositalaridagi reklamalar, elektron pochta jo’natmalari va sotuv qo’ng’iroqlariga duch kelamiz. Lekin marketingni aysberg desak, sotuv va reklama aysbergning suv ustidagi qismigina xalos. Marketing aslida juda serqirra jarayon hisoblanadi. Marketingni ushbu segmentlarga ajratishimiz mumkin: Marketing tadqiqotlari; Media rejalashtirish; Iste’molchilarni qo’llab-quvvatlash; Sotish strategiyasi; Jamoatchilik; Imij; Tarmoqlashuv; Oshkoralik; Reklama. (1.1-rasm) Ko’rib turganingizdek, reklama va sotish marketingning segmentlari xolos. Marketing bir butun bo’lishi uchun barcha segmentlar birgalikda ishlashi lozim. Hozirda marketing iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishni asos qilib olgan qarash sifatida tushunilishi lozim. Tovarlar yaxshi sotilishi uchun marketologlar iste’molchi ehtiyojlarini to’g’ri tushunishi, yuqori darajada iste’mol qiymatini beruvchi mahsulot va xizmatlarni yaratishi, narxlarni to’g’ri belgilashi, 1.1-rasm. Marketing va uning tarkibiy qismlari2 yetkazib berish va taqsimlash funksiyalarini yaxshi amalga oshirishi lozim. Shunday marketing kompaniyalar bor-ki, mijozlar ehtiyoji, xohishi, va talabini o’rganish hamda tushunish uchun uzoq masofalargacha borishadi. Bu vaziyat ularga bozor taklifini loyihalash va mijoz munosabatlarini qurishda katta yordam beradi. Kengroq talqin qiladigan bo’lsak, marketing ijtimoiy va boshqaruv jarayoni bo’lib, tashkilotlar va yakka shaxslar iste’molchilar bilan qiymat yaratish hamda ayirboshlash orqali o’zlari xohlagan va ehtiyojlaridagi narsani qo’lga kiritishadi. Torroq mazmunda esa marketing iste’molchilar bilan foydali va qiymatga asoslangan ayirboshlash munosabatlarini yaratishdir. Shunday qilib, marketing faoliyatining asosiy maqsadi samarali mijoz munosabatlarini qurish va uni boshqarishdi. Download 138.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling