O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Marketing hal etishi muhim bo’lgan vazifalar quyidagilardan iborat


Download 138.4 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi138.4 Kb.
#1409592
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs 25

Marketing hal etishi muhim bo’lgan vazifalar quyidagilardan iborat:

  • xaridorlar ehtiyojini о’rganish va aniqlash;

  • talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;

  • narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilish;

  • to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarning tovarni sotib olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish

  • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;

  • Tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to’plash va ularni tahlil qilish.

Korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvozanatlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlash marketingning bosh vazifasi hisoblanadi. Marketing jarayonining barcha bosqichlariga mos keluvhi marketing funksiyalari marketing vazifalari natijasida vujudga keladi va doimo tartibga solib boriladi.

3. STRATEGIK MARKETING
Muvaffaqiyatli marketing kompaniyalari mijozlar manfaatini ko’zlagan holda kuchli marketing strategiyasiva dasturlarini ishlab chiqadilar hamda amalda qo’llaydilar. Bu strategiya va dasturlar iste’mol qiymati va mijozlar bilan aloqani yaratib beradi. Biz marketingning ahamiyatini tushunib olishimiz uchun, dastlab tashkilotning umumiy strategik rejalashtirish jarayonini tushunib olishimiz zarur. Chunki marketingdagi strategiya va dasturlar kompaniyaning umumiy keng qamrovli strategik rejalari orqali yo’naltiriladi, shuningdek, bu rejalarda xaridorlarga alohida e’tibor qaratilgan bo’lishi lozim.



Kompaniya
missiyasini
aniqlash

Kompaniya
maqsadlarini
o’rnatish

Biznes
portfoloilarini
loyihalash


Marketing va
boshqa funksional
strategiyalarni
rejalashtirish
Korporativ daraja Biznes bo’limi, mahsulot
va bozor darajasi

Rejasini


3.1-rasm. Strategik rejalastirish bosqichlari.4
Har qaysi tashkilot yoki kompaniya uzoq muddat o’zini oqlaydigan hamda o’sadigan o’yinli rejasini topishi lozim. Ushbu rejalar maqsadlar, manbalar va imkoniyatlarni eng aniq tarzda ochib bera olishi lozim. Bu strategik rejalashtirishning asosiy maqsadi hisoblanadi, ya’ni kompaniya maqsadlari va imkoniyatlari o’rtasidagi muvofiqlikni hamda o’zgaruvchan bozor imkoniyatlarini rivojlantirish hamda saqlab qolishdir. Kompaniya missiyasi realistic, bozorga mo’ljallangan, motivatsiya bera oladigan hamda oziga xos bo’lishi lozim.
Marketing faoliyatining umumiy tarkibi sifatida iste’molchilarni boshqarish, marketing strategiyasini boshqarish va marketing miksini ko’rsatishimiz mumkin (3.2-rasm). Iste’molchilar har doim diqqat markazida bo’lishlari lozim. Chunki bu tizimni yaratishdan ko’zlangan asosiy masqad – iste’molchilar va iste’molchilar o’rtasida foydali munosabatlarni o’rnatish. Marketing strategiyasini boshqarishda korxona aralash marketing omillarini yaratishi bilan yangi mahsulot, narx, joy va ta’minlab berish jarayonlarini boshqarib boradi.


Marketing tahlil Tovar Marketing rejalash



Iste’mol qiymati
mijozlar bilan
munosabatlar

n
munosabatlar


Segmentlash Maqsadlash




Joy Narx




Pozitsiyalash Differensiallash

Marketing nazorat Siljish Marketingni amalga


oshirish
3.2-rasm. Marketing strategiyalari
Marketing strategiyalarini boshqarishda korxona loyihalarni aralash marketing orqali bir nechta omillarini qo’shib, bozor tahlilchilarini jalb qilgan holda rejalar tuzadi, ularni a,alga oshiradi, bu faoliyat orqali kompaniya bozorga moslashib boradi hamda bozor muhitiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Hozirgi kundagi raqobatli bozor sharoitida kompaniyalarning asosiy diqqat markazida iste’molchilar bo’lib kelmoqda. Ular bu raqobat jarayonlarida muvaffaqiyatni qo’lga kiritishi va kompaniyalar mahsuloy yetkazib berishda yuqori samarali tizimni saqlab qolishlari lozim. Kompaniya, birinchi o’rinda, iste’molchilarning xohish-istak va talablarini yaxshi tushunib yetishi kerak.
Marketologlar marketingni boshqarishda marketingni bilish bilan birgalikda kompaniyalar boshqaruv tuzilishiga ham alohida e’tibor qaratishlari lozim bo’ladi. Marketingni boshqarish jarayoni 3.3-rasmda tasvirlangan. Marketing boshqaruviquyidagi 4 ta vazifalarni talab etadi: tahlil qilish, rejalashtirish, ijrosini ta’minlash va nazorat qilish.

TAHLIL










REJALASHTIRISH
Strategik rejalar
ishlab chiqish

Marketing
rejalarini ishlab
chiqish


AMALGA
OSHIRISH

Rejalarni


amalga
oshirish

NAZORAT
O’lchash
natijalari

Baholash
natijalari



To’g’rilash
harakatlari

3.3-rasm. Marketing boshqaruvi


Korxona yoki kompaniyada, birinchi o’rinda, o’z ko’lami doirasidagi rejalar tuziladi va keyin ularni har bir bo’limga tushuntirib beriladi. Nazorat qilish marketing faoliyat turning natijalarini o’lchash, baholash hamda to’g’ri harakat qilishdan iboratdir.
Muhim funksional sohalar, ya’ni moliya, marketing, axborot tizimlari, bug’alteriya hisobi va shu kabilar strategik maqsadlarning bajarilishida strategic reja ostida birga ishlashi lozim. Individual bizneslar birliklar ichida marketing – birlik maqsadlariga erishish uchun strategiyalar loyihalashtiradi.
Marketing menejerlari marketing dollarlarini o’rinli ishlatishni ta’minlab berishlari shart. O’ta jadal tejamkorlikda hozirgi zamon marketologlari o’zlarining xarajatlariga muvofiq mohiyatni ifodalash uchun kundan-kun oshib borayotgan bosimga duch kelishmoqda. Bunga javoban marketologlar marketing investitsiyalari qaytarilishini ta’minlash uchun eng samarali bo’lgan choralarni ishlab chiqishga harakat qilishmoqda.

XULOSA
Xulosa o’rnida aytib o’tishimiz lozim-ki, iste’molchilar uchun qiymat yaratish va ular bilan manfaatli munosatlarni qurish uchun marketologlar, birinchi navbatda, iste’molchilarning nima xohlayotganini hamda nimalarga ehtiyojlari borligini yaxshi tushunib olishlari kerak. Xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil etish va uni muvaffaqiyatli boshqarishda marketing mijozga u xohlaydigan narsani ta’minlash, bunda oqilona narx belgilash, tovarlarni mijozga qulay bo’lgan joyda va kerakli miqdorda xarid qilish imkoniyatini berish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin.
Marketingning bosh vazifasi – kompaniyaning potensial va mavjud imkoniyatlarini to’g’ri baholash, amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvozanatlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlash.
Shubhasiz, marketing har qanday tashkilot, kompaniya yoki korxonaga o’z faoliyatining maqsad va vazifalarini tushunish hamda to’g’ri shakllantirish imkoniyatini yaratib bera oladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlarga xulosa tariqasida, xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil etish va samarali boshqarish bo’yicha quyidagi taklif va tavsiyalarni berishimiz mumkin:

  1. Xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil etish va samarali boshqarish maqsadida yangi innovatsion texnologiyalarni ish jarayonlariga tatbiq etishva unumli foydalanish;

  2. Xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil etish va samarali boshqarish maqsadida xorijiy kompaniyalar marketing tizimini o’rganib chiqish va katta yutuqqa erishgan kompaniyalarning ish tajribalarini o’rganish va amalda qo’llash;

  3. Xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil etish va samarali boshqarish maqsadida reklamaga alohida e’tibor qaratish;

  4. Reklama faoliyatini amalga oshirishda innovatsiyalardan, eng so’nggi fan-texnika yutuqlaridan foydalanish.



Download 138.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling