O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


II Bob. Xiva xonligida Inoqlar va qo‘ng‘irotlar hukmronligi. Qo‘ng‘irotlar hukmronligi davrida ichki va tashqi siyosati


Download 447.54 Kb.
bet6/10
Sana07.05.2023
Hajmi447.54 Kb.
#1438994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Kurs ishi Xiva xonligi qongirotlar inoqlar davri 2

II Bob. Xiva xonligida Inoqlar va qo‘ng‘irotlar hukmronligi.
Qo‘ng‘irotlar hukmronligi davrida ichki va tashqi siyosati.

2.1.Xiva xonligining ajralib chiqishi. Inoqlar va qo’ng’irotlar hukmronligi.
Xiva xonligi — oʻzbek davlatchiligi tarixi bosqichlaridagi Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan uchta oʻzbek xonliklaridan biri (1512-1920 yillarda). Poytaxti -Vazir, Koʻhna Urganch, XVI asrning 70-yillaridan boshlab - Xiva shahri.
Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511-yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan. 1512-yilga kelib xonlik hokimiyati koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi (shajarasi) rahbari Ilbarsxon qoʻliga oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda Vazir, Qoʻhna Urganch va Xiva shaharlari boʻlgan14. Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy (Uzboy) va Oʻrta Xuroson hududlari kirgan. Elbarsxon (1511-1516) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrda Xiva xonligini Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516), Soʻfiyonxon (1516-1522), Bujaqaxon (1522-1526), Avaneshxon (1526-1538), Alixon (1538-1547), Akatoyxon (1547-1556), Yunusxon (1556-1557), Doʻstxon (1557-1558), Hoji Muhammadxon (1559-1602) lar boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari oʻrtasidagi oʻzaro qirgʻinlaridan tashqari Buxoro va Xiva xonligi oʻrtasida urushlar azobini ham tortishga majbur boʻlgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida (1537-1538; 1593; 1595-1598) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva xonligini Buxoroga boʻysundirganlar. Bu urushlar va XVI asrning 70-yillarida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Xorazm XV asr oxiri – XVI asr boshida temuriy Sul ton Husayn Boyqaro boshliq davlatning bir qismi edi. 1505-yilda Muhammad Shayboniyxon qo‘shinlari Xorazmni egalladi va qo‘ng‘irot urug‘idan Kepakbiy Xorazmga hokim etib tayinlanadi. Eron shohi Ismoil bilan jangda Muhammad Shayboniyxon halok bo‘lganidan keyin Xorazm Ismoilshoh tomonidan zabt etiladi. Ismoilshoh Xorazmni o‘z davlati tasarrufiga kiritgach, Vazir, Urganch va Xiva shaharlarini boshqarish uchun 3 ta dorug‘a (hokim) tayinlaydi
Xorazmda Ismoilshoh hukmronligi uzoqqa bormadi. Sal o‘tmay, Ismoil shoh hukmronligiga qarshi harakat boshlanadi. Bu harakatga Vazir shahri qozisi Umar qori va Sayid Hisamiddin yetakchilik qi ladi. Ular Shaybon avlodidan bo‘lgan Berka sultonning o‘g‘li Elbarsxonga murojaat qilib, xon bo‘lishni taklif qiladilar. Elbarsxon 1511-yilda qo‘shin bilan kelib Vazir shahrini egallaydi. 1511-1512-yil lardagi janglar natijasida, Urganch, Xiva, Hazorasp Ismoilshoh qo‘shinlari dan tozalanadi, Xorazmning mustaqilligi tiklanadi. Xorazmda Elbars xon hokimiyati o‘rnatiladi. Shunday qilib, 1512-yilda mustaqil Xiva xonligi tashkil topadi, Elbarsxon uning birinchi xoni bo‘ladi. Xivada shayboniylar sulolasi hukmronligi 1770-yilgacha davom etadi. Xiva xonligi poytaxti Urganch edi. XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi muno sabati bilan Urganchning mavqeyi pasayadi, aholisi qulayroq joyga ko‘chib borib joylashadi va bu yerda Yangi Urganch shahri paydo bo‘ ladi. Bu orada Xiva shahrining mavqeyi ko‘tariladi. Arab Muham madxon (1602-1623) davrida Xivaning mavqeyi kuchayib, xon likning rasmiy poytaxtiga aylanadi. Xiva xonligi tasarrufiga Amu daryoning quyi oqimidagi vohalar, Mang‘ishloq, Dahiston (Mashhad) va O‘zboy atrofidagi ko‘chmanchi turkman hududlari kirardi. Biroq, xonlikda tinchlik bo‘lmadi15.
Inoqlar — Xiva xonligini idora qilgan sulola (1790-1873). Koʻngʻirot urugʻiga mansub. Asoschisi - yirik mulkdor Muhammad Amin inoq (? - 1790). U yovmut qabilasidan chiqqan Xiva xonlariga qarshi kurashib, hoki-miyatni egallagan. Soʻng , Abulgʻoziy III (1770-1804)ni nomigagina xon qilib tayinlab, amalda hokimiyatni yakka oʻzi boshqargan. I. Xiva xonligini ruslar bosib olguniga qadar (1873) hokimi-yatni shu tariqa idora qilganlar. Sulola vakillari: Avazbek (1790-1804), Eltuzarxon (1804-1806), Muhammad Rahimxon (1806-1825), Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1842-1845), Muhammad Aminxon (1845-1855), Abdulloxon (1855), Qutlugʻ Murodxon (185556), Said Muhammadxon (1856-1865), Said Muhammad Rahimxon (1865-1873).
Uzoq yillar davomida xonlik tepasida turgan o‘zbek qabilalari bilan turkman qabilalari, shuning dek, shah zoda lar o‘rtasida tinimsiz urushlar bo‘lib turdi. Xiva va Bu xoro hukmdorlari o‘rtasida Murg‘ob daryosi bo‘ylari uchun, Marv uchun qirg‘in-barot urushlar bo‘lib turar, bu hududlar qo‘ldan qo‘lga o‘ta rdi. Xonlikka shimoldan qalmoqlar, qozoqlar, Ural kazaklari tez-tez hujum qilib falokatlar keltirardi.
XVIII asr o‘rtalarida Eron shohi Nodirshoh, uning o‘g‘li Nasrullo Xiva xonligini bosib olib, o‘z boshqaruvini o‘rnatdi, turkman qabi lalarini Xorazmdan Xurosonga ko‘chirdi. Biroq Xiva xonligida tinchlik uzoqqa bormadi. Eron hukmdorlariga qarshi tez-tez g‘alayonlar bo‘lar, aholi boshi oqqan tomonga ketardi. Shunday vaziyatda xonlikdagi o‘zbek qabilalaridan qo‘ng‘irot urug‘ining boshlig‘i Muhammad Amin Inoq 1770-yilda hokimiyatni qo‘lga oldi va Xiva xonligida yangi sulola – qo‘ng‘irotlar sulola siga asos soldi (bu sulola 1920-yilgacha hukm surdi). Muhammad Amin Inoq turkmanlar qo‘zg‘olonini bostirdi, Buxoro hukmdorining hujumini daf etdi va Xiva xonligidagi viloyat hokimlarini markaziy hokimiyatga bo‘ysundirdi.


Download 447.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling