Xulosa………………………………………………………………………...
|
48
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………...
|
51
|
Kirish
Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Vatanimiz tarixini kelajak avlodga har tomonlama va chuqur oʻrgatishning eng qulay vositasi taʻlim tizimida oʻqitilayotgan “Oʻzbekiston tarixi” fani hisoblanadi. Shu bois ham, Oʻzbekiston tarixining eng qadimgi davrlaridan bugungi kunga qadar boʻlgan davri boʻyicha davlat talablari, oʻquv dasturlari, qoʻllanma va darsliklar yaratilganligi shubhasiz, ahamiyatli holdir. Shu bilan bir qatorda, Shuni alohida qayd etish lozimki, keyingi yillarda xalqimiz bou tarixiy oʻtmishini manbalarga tayangan holda chuqur va har tomonlama oʻrganish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻtmish tariximizning nihoyatda boyligi bu kabi faoliyatimizning yanada kuchayishiga turtki, desak xato boʻlmaydi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator nutq va chiqishlari, jumladan, 2018-yil 15-iyun kuni Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi quriladigan hududga tashrif buyurib, uning poydevoriga tamal toshi qoʻyilganda soʻzlagan nutqida ham “Bizning mamlakatimizdagidek bou tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq, bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak1”ligi alohida taʻkidlangan edi.
XX asr o‘zbek xalqi tarixida ro‘y bergan eng muhim voqelik, shubhasiz, davlat mustaqilligiga erishish bo‘ldi. Istiqlol sharofati bilan xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik tufayli o‘z e’tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari o‘z o‘rniga qaytdi. Respublika taraqqiyotining o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan xususiyat va an’analarini hisobga olgan holda o‘z rivojlanish yo‘lini tanlashi, boy madaniyati va ma’naviyatini e’zozlash, xalq istiqboliga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasini targ‘ib etish, Vatan tarixini xolisona o‘rganish va tadqiq etishni hayotiy zaruriyat darajasiga ko‘tardi. O‘z oldiga huquqiy demokratik davlat qurishni maqsad qilib olgan O‘zbekistonning XXI asrdagi istiqbol siyosati – bu jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Zero mazkur jamiyatni barpo etishda, davlat boshqaruvini to‘g‘ri, izchil yo‘lga qo‘yishda davlatchiligimizni tarixiy nuqtai-nazardan boshqaruvini o‘rganish va boy tarixiy tajribadan foydalanish amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |