O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Iqtisodiyot yo’nalishi 1i-22 guruh talabasi Bozorov


Tashkiliy strukturalarni loyihalashtirish


Download 59.62 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi59.62 Kb.
#1514036
1   2   3
Bog'liq
Bozorov Behruz tashkiliy-boshqaruv texnalogiyalarini rivojlantirish.

Tashkiliy strukturalarni loyihalashtirish.
Menejmentning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning ҳar bir zvenosining ishlab chiqarish-texnik, xo`jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo`yicha hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning echimi boshqaruvni
isloh qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo`yicha bir qator tadbirlarni o`tkazish orqali amalga oshiriladi.
Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalardan biri ҳisoblanadi. Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlanғich, unga erishish esa yakuniy bosqich ҳisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob`ekti va uning
alohida parametrlarining istalgan xolatidir. Aniq bir korxona uchun boshqaruv maqsadi aniq bir maxsulot turini eng kam resurslar xarajatini sarflagan ҳolda kerakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat.
Maqsadli yondashuv boshqaruv organlari ishining kollektiv oldiga qo`ygan maqsadlariga erishishga bo`ysunishni talab qiladi. Boshqaruvning ҳar bir tagtizimi o`zining maqsadlari (tashkiliy, iqtisodiy, marketing, texnik, ijtimoiy)ga ega, shuning uchun maqsadlarning mos kelishi muammosi yuzaga keldi.
. Boshqaruvning ҳar xil darajalari umumiy maqsadga javob berishlari, bir-birini to`ldirib turishi zarur. Maqsadlarni tartiblashni usullaridan biri maqsadlar daraxtini tuzish ҳisoblanadi.
Maqsadlar va ularga erishish vositalari o`rtasidagi aloqalarning grafik tasviri. Umumiy maqsadga erishish uchun asosiy maqsadga erishish kerak, asosiy maqsadga erishish uchun esa, birinchi darajaning maqsadiga erishish kerak va x.k. Davlat masalalarini bajarishning maqsadi aniqlovchi ҳisoblanadi, u ilmiy texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlar bilan uzviy boғliq.
Maqsadli yondashuv boshqaruvning zamonaviy strukturasiga o`tishga imkon beradi. Bu maqsadlar, maqsad osti va rivojlanish masalalari tarkibini va loyixalashtirayotgan boshqaruv ob`ektini faoliyat yurgizishni ishlab chiqsin. Maqsadlar daraxtini qurishda uning sifat va miqdor tavsifini to`ғri aniqlash muҳimdir. Sifat tavsifi boshqaruv funksiyalarining namoyon bo`lishining asosi hisoblanadi, sifat tavsifi esa strukturali bo`linmalar (bo`lim, tsex va x.k.) turining asosi bo`lib xizmat qiladi. loyixalashtirilayotgan tashkiliy struktura sistemasi elementalari oldida turgan maqsad va vazifalar raҳbarlar va mutaxassislar tarkibini asoslashga imkon beradi, vazifalar nomenklaturasi esa strukturali bo`linmalar ҳodimlari o`rtasidagi vazifalar taqsimlanishidir.
Tashkiliy strukturani loyixalashtirishning mustaqil metodi bo`lib tashkiliy-iqtisodiy modellashtirish ҳisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari va ma`suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviri yotadi.
Boshqaruv tashkiliy strukturasini shakllantirishda boshqaruv poғonalari va zvenolari soni, chiziqli va funktsional boshqaruvning markazlashuvi darajasi, boshqaruv bo`limi va funksiyalari tarkibi, bitta raҳbarga to`ғri keladigan bo`ysunuvchilar sonini asoslash zarur. Boshqaruv sistemasida poғonalar qancha ko`p bo`lsa buyruqni yuqoridan pastga va axborotni pastdan yuqoriga uzatish shuncha qiyin bo`ladi. Buyruqni va axborotni uzatish jarayonida buzilishning xavfi shunchalik yuqori bo`ladi. SHuning uchun boshqaruv tashkiliy strukturasini loyixalashtirish va mukammallashtirishda boshqaruv poғonalari soni optimal bo`lishiga intilish zarurdir. Har qanday tashkiliy strukturaning sifati uning shakllantirishda quyidagilarga qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi:
– sistemali yondashuv, ya`ni boshqaruv ob`ekti va organiga ta`sir qiluvchi iloji boricha ҳamma faktorlarni ҳisobga olish;
– boshqaruv markazlashuvi va birlamchi zvenolar mustaqilligining optimal birligi;
– oliy raҳbarlar to`ғridan-to`ғri ijro etuvchiga axborotni borishi va vaqtning maksimal qisqarishi
– loyixalashtirilayotgan strukturada ҳar bir tarkibiy qismning funksiyasi
vazifasi va xuquqini to`ғri aniqlash;
– boshqaruv sistemasidagi o`zgarishlarga javob qaytarishning imkoniyati;
– ҳar bir aniq xolat bo`yicha qaysi bo`linmada axborot ko`p bo`lsa shu savolni echish bo`yicha bo`linmaga vakolat berish.
Boshqaruv apparati strukturasiga asosiy talab uning operativligidadir.
Apparat strukturasi shunchalik darajada egiluvchan va oddiy bo`lishi kerakki boshqaruv sistemasida qaror qabul qilish va uni amalga oshirish kerak. Operativlik bilan faoliyat yurgizishning ishonchliligiga boғliqdir. Bu degani boshqaruv apparati axborot uzatishning to`ғriligiga kafolat berish uzatilayotgan ma`lumotlarning buzilishiga yo`l qo`ymasligi kerak, boshqaruv sistemasida aloqaninguzluksizligini ta`minlash kerak.
Apparat strukturasi boshqaruv iqtisodini ta`minlashi kerak. Buning ma`nosi shundaki, boshqaruvdan keladigan samara boshqaruv apparatiga bo`lgan xarajatlarning minimalligi orqali erishilsin.
Apparat strukturasiga ishlab chiqarish xarakterining o`zi, uning tarmoqli xususiyatlari (ishlab chiqarilayotgan maҳsulot tarkibi, tayyorlash texnologiyasi, ishlab chiqarish masshtabi va tipi, texnik jixozlanganlik va meҳnat jarayoni darajasi va boshqalar), shuningdek boshqaruv ishining mexanizatsiyalanganligi va avtomattlashganligi darajasi ishchilar malakasi, ular meҳnatining samaradorligi bo`ysunuvchilar soni va boshqaruvchi tomonidan ularni nazorat qila olish imkoniyatlari o`rtasidagi boғliqlik ta`sir ko`rsatadi.
Shunday qilib, tashkiliy tarkibga umumiy tavsif berib, uning aҳamiyatini belgilovchi bir necha kiidalarni ajratib ko`rsatish mumkin:
1. Firmaning tashkil tarkibi menejmentning barcha avzifalarini muvofiklashuvini taҳminlaydi.
2. Tashkiliy tarkib boshqaruv saviyasining huquq va javobgarliklarini anik belgilaydi.
3. Tashkiliy tarkibga firmaning samarali faoliyati, uning davomiy rivojlanishi bevosita boshlikning vazifasidir.
4. Firmada kabul uilingan tartib xizmatchilarining tashkiliy axloklarini belgilaydi shu bilan menejmentning uslubi va jamoaning sifatini aniklaydi.
Tashkiliy tarkiblar kup sonli tur va shakllarga ega.
- Gorizontal turkumlanishining yukori darajali boskichi.
- Mustaxkam munosabatlarga ko`ra aloqa.
- CHeklangan majburiyatlar.
- Rasmiyatchilikning yukori darajasi.
- Rasmiylashgan aloqa yo`llarining shakllari. Markazlashgan qaror kabul qilish.
- Tengsiz taksimlanishining kuyi boskichi (vertikal va gorizontal buyicha)hamkorlik.
- Soddalashtirilgan majburiyatlar (zarurati bulgan sari).
- Shakllanishning kuyi boskichi.
- Norasmiy aloqa yo`llari.
- Qaror kabul qilishning nomarkazlashuvi.
Biz ularni keyingi mavzularda batafsil ko`rib chiqamiz. Fakat ikkita umumlashgan tashkiliy tarkibning turkumlashuviga tuxtab utamiz.
Birinchi bulinish: rasmiy va norasmy tashkiliy tarkib. Firmaning rasmiy tashkiliy
tarkibi - bu oliy menejment tomonidan zaruriy tashkily bir qaror va vakolatlari taksimlash yo`li bilan tanlangan va o`rnatilgan asosiy tarkibidir.
Norasmiy tarkib - bu qaror va buyruklarga buysunamaydi. Uning jamoa a`zolari urtasidagi munosabatlari, (dunega keladi) ularning dune qarashlarining qarama-qarshiligi yoki maqsadlarining birligi asosida dunega keladi. Norasmiy tarkib
shaxslar orasidagi munosabatni rasmiy tarkib doirasida aks ettirilishidir. Ushbu kullanmada fakat rasmiy tashkiliy tarkib ukib urganiladi.
Tashkiliy tarkibning rasmiy turida mukammalrok tuxtalib utamiz. Boshqaruvning mexanik va tashkiliy tarkibi mavjud. Xar xil darajadagi aniklangan barcha Ma`lum boshqaruv tarkiblarning keltirilgan nomi biror turga kiritilishi mumkin. Bu kabi taksimlash asosida tashkiliy tarkibning ichki qismlarini inobatga olib ular asosida ko`rilish moxiyatini aniklash mumkin bo`ladi. Bu tomonga tashkiliy tarkib quyidagi uchta qismning birlashuvi kabi aniklanadi: murakkablik, rasmiylik va markazlanish.
Birinchi qism - murakkablik, - xar xil turdagi boshqaruv faoliyatini bir tyokis taksimlamaslik darajasini bildiradi, shu jumladan, uning vazifalarini ҳam.
Notekis taksimlanish qanchalik yukori darajada bulsa, firmaning tashkiliy tarkibi shunchalik murakkab bo`ladi.
Ikkinchi qism - rasmiyatchilik,-boshqaruv qoida va muolajalarining bir turdagi darajasi bilan aniklanadi. Tarkib shunchalik rasmiylashgan bo`ladi, kachonki unda yukori o`rnatilgan kup sonli qoida va muolajalar xukm sursa.
Uchinchi ko`rsatkich -firmaning tashkiliy tarkibi,- bu boshqarishning markazlanish darajasidir. Umenejmentning qaysi saviyasida qarorlar kabul kilinishiga bog’liq.
Amaliyotda ko`rsatilgan qismlarning bir necha birlashish turlari mavjud bulishi mumkin, ular turli-tuman Ma`lum boshqaruv tarkibini yuzaga keltiradi. Masalan, katta korporatsiyada murakkablikni erkin ko`rinishiga ega bulgan tarkib yoki boshqaruvning kattik shakli bulishi mumkin. (Markazlashuvining yukori darajasi). Aksincha o’ta oddiy tashkiliy tarkiblar, ostidagilarining erkin faoliyat shakllari bilan.
Ularning barchasi ko`rsatilgan qismlarning nomoen bulish darajasi asosida ikkita guruxga bulinadi - mexanik va organik tarkibga.
Mexanik tashkiliy tarkib kup sonli bulinmalar (vertikal buyicha) xisobiga murakkablik; (bilan tavsiflanadi) rasmiylikni yukori darajasi cheklangan axborot tarmogi, boshqaruvning barcha xodimlarini qarorlar kabul kilinishda kuyi saviyasi bilan tavsiflanadi.
Organik tarkib - ayniksa, oddiyrok, keng axborot tarmogiga ega va kamrok rasmiylashgan. Bu tarkibda boshqaruv nomarkazlashgan.

Download 59.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling