O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona Politеxnika instituti Qo‘lyozma xuquqida Qo‘rg‘onova Zulayxo Rustamjon qizi
Marg`ilon shahri turar joy arxitekturasi
1.3.
|
Farg‘ona vodiysi shaharlarida turar - joylarning me’moriy - fazoviy, konstruktiv yechimlari. |
Biz bilamizku, arxitektura sohasi aslida uch tomonlama - funksiya, konstruksiya, estetik bo‘yicha xarakterlanadi, chunki, arxitektura shaharsozlikning bir bo‘lagi ekan, mazkur soha asarlari - tarixiy shaharlarga ham ta’alluqlidir. Biroq bu sifatlar o‘ziga xos hususiyatlariga ega bo‘lib, arxitekturani yaxshi anglash, shaharsozlikni tushunishga zamin yaratadi. Arxitektura asarida funksiya asosan bir maqsadli bo‘lgan holda shaharning funksiyasi ko‘p maqsadlidir. Shahar - turar uy - joy hududlari, ko‘cha, maydon, suv tarmog‘i kabi unsurlardan tashkil topgan. Bular shaharning moddiyati, ya’ni konstruksiyasidir. Arxitekturaning asosiy badiiy vositalari esa xajm va fazoviy muxit hisoblanadi. Bu ikki vositaning ahamiyatlari har xil bo‘lib, arxitekturada deyarlik teng bo‘lgan holda, shaharsozlikdagi muhitning ahamiyati ustuvordir, xajm esa unga nisbatan kamdir.
Biz O‘zbeklarning qadimiy an’anaviy turar - joylari qadimdan o‘ziga xos bo‘lib, ular yashagan mintaqaning tabiiy - geografik sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan. Turar - joylar barpo etishda qurilish konstruksiyasi va uslubi, rejasi va bezaklari bilan Farg‘ona, Buxoro, Xiva va Shaharisabz me’morlik yo‘nalishlari mashhur bo‘lib kelgan. Uy - joy qurishda o‘zbeklarda qadimiy uylar, odatda, ko‘cha va qo‘shni tomoni devor bilan o‘ralgan hovlilardan iborat bo‘lgan. Barcha turar - joy va xo‘jalik xonalarning derazalari ichkari tomonga qaratilgan.
Hovli 2 qismga bolalar va ayollar uchun ichkari hovli hamda nomahram erkaklar va mehmonlar uchun mehmonxona tarzida hashamatli xonalardan iborat tashqari hovliga bo‘lingan. Hunarmandlarning uylarida do‘kon va shogirdlar yashaydigan xonalar ham tashqarida joylashgan. Hunarmandchilik o‘zbeklar orasida qadimdan keng rivojlanganligi arxeologik tadqiqodlardan ma’lum. Hunarmandchilik rivoji shaharlarning iqtisodiy va ijtimoiy, balki siyosiy va madaniy markazlariga aylana boshlaganligi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbek hunarmandlari ko‘plab teri va jumladan, yog‘och va metalldan, xilma - xil buyumlar yasaganlar. O‘zbek hunarmandchiligining temirchilik, dergezlik, misgarlik, zargarlik, duradgorlik, aravasozlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganchgorlik, marmar o‘ymakorligi, kulolchilik kabi keng tarqalgan tarmoqlari hamda me’morchilik, to‘qimachilik, ipakchiliq, kashtado‘zlik, zardo‘zlik, do‘ppido‘zlik kabi uy - ro‘zg‘or kasbkorliklari taraqqiy etgan.
Viloyatimizda eng qo‘p tarqalgan yo‘nalishlaridan biri 2 xonali uy sifatida dahliz va katta uydan iborat bo‘lgan uylarni ko‘rsatish mumkin. Bunday uy - joylar, odatda, oldi ayvonli va ayvonsiz qilib qurilgan. Aholi o‘rtasida an’anaviy paxsa va sinchli uylar bilan birga g‘ishtli uylar va ularni naqshinkor ganchli bezaklar bilan qurish ham mavjud bo‘lgan.
Vatanimizda doimiy uy - joylar XX asrga qadar, asosan, tosh, paxsa yoki hom g‘ishtdan sinchli qilib qurilgan. Loy asosiy qurilish materiali hisoblangan. Pishgan g‘isht qadimdan qo‘llanilib kelinsada, keng miqyosda undan uy qurish IX asrdan boshlandi. Farg‘ona turar - joylaridan farqli o‘laroq Buxoro va Xivada hovli eshiklariga jez yoki temirdan yasalgan bolg‘a yoki xalqasimon boldoq osilgan.
Bizning yurtimizda tarixiy an’anaviy turar - joylar xonalari va derazalari ayvonga qaragan. Eshiklar ichkariga, darchalar tashqariga ochilgan. Deraza yoki eshiklarning yuqori qismiga yorug‘lik tushadigan tuynuk qo‘yilgan va unga yog‘och yoki ganchdan yasalgan panjara o‘rnatilgan. Uyga kiradigan joyda eshik oldida to‘g‘ri burchakli peshtoq (roygak) bo‘lib, unga poyafzal yechilib qo‘yilgan. Eshik oldidagi burchakda suv quyiladigan (oqizadigan) maxsus joy (obrez, adan, tashnob) joylashgan bo‘lib, unga Buxoro va Samarqandda marmar tosh, Farg‘ona vodiysida va Toshkentda pishiq g‘isht, Xivada maxsus sopol terilgan8.
Asosan, uylarning tarhi oila a’zolarinig soniga qarab bir necha uy (xona), dahliz va ayvondan iborat bo‘lgan. Hovlida esa xo‘jalik uchun omborxona, hojatxona va molxona bo‘lgan. Shaharlarda yoki aholi zich joylashgan qishloqlarda mehmonxona, odatda, 2 - qavatda - bolaxonada joylashgan. Ayniqsa, Farg‘ona, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urgut shaharlarida juda shinam mehmonxonalar qurilgan. Bu kabi mehmonxonalardan to‘y hashamlarda, motam marosimlarda ham keng foydalanilgan. Bundan tashqari, qish paytlarida mehmonxonalarda mahalla erkaklari to‘planib gap gashtaklar o‘tgazganlar. Hozirgi kunga kelib zamonaviy uylarning qurilishi ancha takomillashgan bo‘lib, uylarning qurilishidagi milliy an’analar zamonaviy qurilishlar bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish muhum ahamiyatli vazifalardan hisoblanadi9.
Eramizdan oldingi IV va eramizning I asrlariga oid Jonboz qa’lani olib ko‘rsak (hozirgi Qoraqalpog‘iston hududida joylashgan), bu ko‘xna shahar xarobalari 200 x 170 m kattalikdagi to‘rtburchak shaklda bo‘lib, mustahkam mudofaa sistemasiga ega bo‘lgan. Shahar hududining to‘rida otashparastlar ibodatxonasi joylashgan. Darvozadan to ibodatxonagacha bo‘lgan ko‘cha shaharni ikki qismga bo‘ladi. Bu bo‘laklarning har biri 150 - 200 xonadan tashkil topgan yaxlit qabila uylaridan iborat. Shahar o‘z davrida takomillashgan sug‘orish inshootlariga ega bo‘lgan.
Keyinroq esa, (eramizning I - VI asrlari) bunyod etilgan Tuproq qa’la shaharchasining (umumiy kattaligi 50 - 350 m.) uylari ham ikki qabila qarorgohi tarzida ajratib qurilgan. Lekin har bir qabila xonalari yana alohida urug‘larga (yoki kattaroq oilalarga) ajratib qurilgan. Yuqorida bayon etilgan uy - joy qurilishi tajribasi yana bir qator qadimgi shaharchalar xarobalari misolida ham tasdiqlanadi. Bu imoratlarning ko‘pchiligi devoriy suratlar, naqshlar, o‘ymakorlik asosida ishlov berilgan yog‘och detallar, toshdan ishlangan shakllar va boshqa amaliy san’at namunalari bilan bezatilgan (masalan Tuproq qa’la, Ayritom, Niso shaharchalari va boshqalar).
Qadimgi Shaharixonda bir ajoyib Madrasa borki, uni madrasasozlik, turar - joy qurilishi, qasr me’morchiligi singari bir necha me’moriy san’atning uyg‘unlashgan namunasi deyish mumkin, bu imorat 1872 yilda Abdulhamid Hoji buyurtmasi asosida Quramboy Buvanazar o‘g‘li rahbarligida qurilgan. Bino peshtoqi yuqorisidagi kunguradorlar va peshtoqning yon qirralarining tugallanishi Buxorodagi Sitorai Mohi Xossa qasrini eslatsa, peshtoq dahanasiga ishlangan ravoqsimon shakllar turar - joy imoratlaridagi xona va ayvonga qilinadigan ganchkoriy uslubdan kelib chiqqan. Ko‘cha tomonga chiqarilgan ikkinchi oshyonadagi ikki ayvon ham jamoat binolarida uy - joy elementidan ustalik bilan foydalanish imkoniyatini ko‘rsatib turibdi. Inshootning faqat old qismigina saqlanib qolgan. Aslida u hovli atrofida 2 qavatli xujra, yozgi va qishgi darsxonalar, masjid kabi xonalardan iborat bo‘lgan shaklda qurilganligini payqab olish qinin emas. Saqlanib qolgan qismidagi ganch va yog‘och o‘ymakorligi, g‘ishtterish san’ati uning nihoyatda nafis amaliy san’at namunasi ekanligidan dalolat beradi.
O‘rta Osiyo an’anaviy shaharsozligi Arablar istilosi (eramizning VII - VIII asrlari) arafasida, shu jumladan uy - joy qurilishi san’ati nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Afrosiyob (qadimgi Samarqand), Panjakent, Varaxsha (Buxoro yaqinida), Bolalik tepa (Termiz yaqinida), Farg‘ona vodiysidagi qazishmalar va yana qator arxeologik tadqiqotlar buning isboti bo‘la oladi. Bu davr shaharsozligining avvalgilaridan farqi shuki, endi turar - joy binolari nafaqat ma’muriy va diniy inshootlar bilan birgalikda qurilib qolmay, balki hammomlar va boshqa madaniy hamda maishiy ehtiyoj imoratlari bilan birgalikda qurilgan. Binolar bir va ikki qavali qurilgan. Qurilish materiallari sifatida paxsa, hom g‘isht va yog‘och ishlatilgan, Xonalar kvadrat ya’ni to‘rtburchak va koridor tarzida uzunroq shakllardan tashkil toptan. Ularning ko‘pchiligining cho‘ziqroq bo‘lishiga sabab, hom g‘isht bilan chorsi gumbaz (svod) vositasida yopishning imkoniyati tug‘ilishidadir. Kvadrat shakldagi xonalarniig kichikroqlari (odatda 5 - 7,5 m) gumbaz bilan yopilgan. Kattaroqlari esa xona ichiga quyilgan to‘rt ustunga to‘rtta xari, tashlanib va uning ustiga bir necha marta yana burchagini qisqartirish yo‘li bilan to‘sin tashlash vositasi (bu usul arxitektura tarixchilari ichida “darbazi” nomini olgan) yopilgan. Turar - joy xonalar ichida devorlari bo‘ylab loydan yoki hom g‘ishtdan ishlangan supalar joylashgan.
Marg`ilonning eng kengaygan joyi - G‘oziyog‘liq va Marg‘ilon darvozalari oralig‘i besh chaqirim - 5330 mni tashkil etgan, umumiy maydoni esa 30 kvadrat kilometr atrofida bo‘lgan. Xo‘jand, Isfara, Marg‘ilon va Sarmozor darvozalaridan shaharning ichki tomoniga ketgan to‘rtta eng asosiy yo‘l Chorsu maydonida o‘zaro tutashgan, boshqa darvozalardan boshlanadigan yo‘llar esa. Shahar mahallalari mazkur yo‘llar, soylar va katta ariqlarning har ikki tomoni bo‘ylab cho‘zilgan. Shahar darvozalaridan barcha yo‘llarning oralig‘ida shahar aholisi nufusining kelajakdagi o‘sishi, hamda, qamal holatlarida ekin ekib, chorva boqish nazarda tutulib, kattagina yer maydonlari qoldirilgan. Mazkur yerlardan aholi dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik maqsadlarida foydalanib turganlar. Badavlat kishilar bunday bo‘sh yerlarni uzoq muddatga ijaraga olib, katta - katta mevazor bog‘lar barpo etganlar. Yer - mulk tarixiga oid hujjatlarda yuzlab ana shunday bog‘lar qayd etilgan. Imorat qurilmay, bo‘sh qoldirilgan yerlarning bir qismi hukmdorlar, yirik mansabdorlar, katta eshonlar va davlatmand kishilar tomonidan sotib olinib, masjid, madrasa, qorixona, langar, yetimxona, shifoxona , qabriston va mozorlarga vaqf mulki qilib berilgan.
Bo‘sh yerlardan shahar aholisi chorvasini boqish uchun yaylov sifatida ham foydalanilgan. Shaharga dushman bostirib kelib, qamal qilgan holatlarda shahar aholisi bir qancha vaqtgacha o‘zini oziq - ovqat bilan ta’minlay olgan. Qamal paytida shahar qo‘rg‘oni atrofidagi qishloqlar aholisi chorvasi bilan shaharga kirib, maxsus ajratilgan bo‘sh yerlarda kapa tikib, yerto‘la qazib istiqomat qilib turgan. Qadimda shahar devori - mug‘ullar tomonidan vayron etilib, qayta tiklangach, devor qayta tiklanganligi bizlarga ma’lum emas.
Download 421.5 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling