O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona Politеxnika instituti Qo‘lyozma xuquqida Qo‘rg‘onova Zulayxo Rustamjon qizi
Download 421.5 Kb.
|
Marg`ilon shahri turar joy arxitekturasi
Marg‘ilon Farg‘ona vodiysidagi eng qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Uning tarixi haqidagi Marg‘ilon to‘g‘risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar X asrga taalluqli. O‘sha davrlarda shahar "Marg‘inon" deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. Marg‘ilon nomining kelib chiqishi haqida aniq bir ma’lumot yo‘q. Ayrim toponimistlar "marg‘" — "maysazor", "o‘tzor"dan deb taxmin qiladilar. Marg‘ilon "murg‘" va "yunon" so‘zlaridan olingan degan mahalliy to‘qima rivoyat ham bor. Ibratning "Tarixi Farg‘ona" qo‘lyozma asarida yozilishicha, shaharga 883 yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar Marg‘ilon o‘rnida mil.boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, X asrda u katta qishloq bo‘lganligini, XI-XII asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V.V.Bartold "Mo‘g‘ullar istilosi davrida Turkiston" asarida Qoraxoniylar davrida ham Marg‘ilon viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. "Boburnoma"da Marg‘ilon Farg‘onadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida so‘z yuritilib, uning "donai kalon" deb ataluvchi anori va "subhoniy" navli o‘rigi maqtaladi. Shaharning qadimiy qismida o‘tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida Marg‘ilonga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Qadimiy Xitoy yozma manbalarida Dovonda Largi shahri keltirilgan, Xitoy olimlari ilmiy ishlarida bu shahar hozirgi Marg‘ilon shahriga tog‘ri keladi va bu shahar 2700 yil tarixga ega ekanligini isbotlaydi. Tarixga nazar solsak Qadimgi Turon (O‘rta Osiyo) shaharsozligida to‘rt yirik davrga ajraladi: ilk davr (mil.av. 4 mingyillik - VI asr o‘rta o‘rtasi); ahamoniylar (mil. av. 558 - 330 yil), ilk antik (mil.av. 330 y. - mil. Av. I asr) va so‘nggi antik (I - VI asr) 3davrlar. O‘rta Osiyoda joylashgan Janubiy Turkmaniston - dastlabki me’morchilik kurtaklari paydo bo‘lgan yerlaridir. Neolit yangi tosh davrida (mal.av. 3 - 4 mingyilliklar) bu joylardi dehqonchilik - chorvachilik jamoalari shakllanadi. Jaytun madaniyati miloddan avvalgi VII - V mingyillikka oiddir. Jaytunda 30 ta turar - joylar bo‘lsada, ko‘cha va maydon yo‘q. Tuzilishida bir muncha o‘zaro bog‘liqlik bo‘lgan Qoratepa (millodan avvalgi 3 - mingyillik) mavjud. Qadimgi O‘rta Osiyoda bronza davrinig boshlanishi millodan avvalgi 4 - 3 mingyilliklarga to‘g‘ri kelib, bu davrda insonning ochiq qarorgohlari paydo bo‘ldi. Sun’iy ravishda sug‘orish inshootlari ariqlar qazila boshlandi. Ilk shaharlar to‘g‘risidagi ma’lumot zardushtiylar kitobi “Avesto” da mavjud. Unda “Bara” to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ibora sug‘d tilida “Qo‘rg‘on” ma’nosini bildiradi. Shu davrlarda paydo bo‘lgan istehkomlar nomlariga “Dalvazin”, “Varaxsha” kabi ham o‘tgan. Bronza davriga mansub yodgorliklardan Oltintepa va Sopollitepani alohida ta’kidlash joyizdir. Qadimgi davrlarda Bronzaning so‘nggi va temir davrida (janubiy hududlarda boshlanishi millodan avvalgi IX asrdan, mil. avv. IV asrdan esa barcha hududlarda) O‘rta Osiyo arxitekturasida, xususan, shaharsozligi umumiyligi nuqtai nazaridan ikki mintaqani ajratish mumkin: 1. Shimoliy Baqtriya, Saraxs vohasi, Marg‘iyona, Shimoliy Parfiya; 2. Farg‘ona, Toshkent vohalari, Ustrushana. Xorazm va So‘g‘dni biror mintaqaga kiritish qiyin deb hisoblanadi. Qayd etilgan hududlarning har biri bir qancha maydaroq vohalardan tashkil topgan edi. Masalan, Marv vohasi 5 mayda vohalardan iborat bo‘lgan. Go`zal vodiyda miloddan avvalgi 2 - va 1 - ming yilliklar chegarasidan miloddan avvalgi VI asrgacha Chust nomi bilan ataladigan ilk temir madaniyati shakllanib, unga mansub bo‘lgan 80 ga yaqin yodgorlik mavjud. Manzilgohlar katta ariq va ularning tarmoqlari atrofida, vodiylarda joylashgan. Vohalar orasi 20 - 30 km. ni tashkil qilgan. Ular O‘zgan (9 manzilgoh), Qorasuv (24 manzilgoh), Tova - Kosonsoy (8 manzilgoh), Qoradaryo va Xo‘jaobod vohalaridir. Ba’zi vohalarda markaziy manzilgohlar mavjud edi. Uch xil kattalikda manzilgohlar uchraydi: 1 - yirik (12 - 25 ga, Ashqoltepa va Dalvazin); 2 - o‘rtachalari (4 - 5 ga Chust, Dehqon); 3 - maydalari (0,02 - 0,9 ga, ko‘pchilik manzilgohlar). Maydoni jihatdan Dalvarzin 25 gektarga teng. Uch qismdan iborat bo‘lgan. Har biri o‘z qo‘rg‘on devoriga ega bo‘lgan. Qa’laning maydoni 2 ga bo‘lib, ko‘p joylarida hech narsa qurilmay qolgan. Bir necha turar - joy majmualari esa ichki devor bo‘ylab qurilgan edi. Turar - joylar - mahallalar maydoni - 8 ga; orasidagi sayxonlik 5 ga dir. Chamasi o‘rtasi hayvonlar uchun qo‘ra vazifasini o‘tagan. Betakror Chust - kattagina manzilgohdir. Ikki bo‘lakdan iborat. Kattaroq bo‘lgan qo‘rg‘onsiz, faqat kichikroq bo‘lagi (1,5 ga.) qo‘rg‘on devorga ega bo‘lgan. Qo‘rg‘onli bo‘lak qa’la sifatida yoki urush vaqtida qo‘ra sifatida foydalaniladigan joy bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinadi4. Yurtimizning tengi yo`q shahri Farg‘ona vodiysining go‘zal tabiati, yer osti boyliklari, xushhavo iqlimi tufayli Markaziy Osiyoning gavhari deb ataydilar. Atroflari Tyan - Shan va Hisor - Oloy tog‘lari bilan o‘ralgan vodiy g‘arb tomondagina Sirdaryoga o‘z darvozasini ochgan. Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida hamisha muhim rol tutgan. Ayniqsa, Farg‘ona davlat - Davan to‘g‘risidagi ma’lumotlar qadimgi Xitoy solnomalarida eramizning II asr oxiridan boshlab keltiriladi, O‘rta asrlarda u esa Movarounnahrning yetakchi o‘lkalaridan biri hisoblangan. Marg`ilon uzoq vaqt Farg‘ona vodiysining asosiy shahari, deb hisoblanib kelingan. X - XIX asrlarda shahar hozirgi O‘zbekiston hududining kattagina qismi hisoblanib kelgan. Ayni paytda Marg`ilon yirik din markazi ham hisoblanadi. Shahar gullab - yashnagan davrda, uning hududida o‘ttiz beshta madrasa, yuzta masjid va turar - joylar mavjud bo‘lgan. Afsuski, ularning ko‘pchiligi vaqt o‘tishi bilan, zilzilalar va sovet hokimiyati tomonidan barbod qilingan. Viloyatimiz hududida tosh davri manzilgohlari va qoyatoshlariga solingan suratlar vodiyda odamlar eng qadimgi davrlardan beri yashab kelganliklaridan darak beradi. Farg‘ona viloyatining tosh davri yodgorliklarini 1954 - yil A. P. Okladnikov arxeologiya otryadi o‘rgangan. Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xo‘jag‘or va Uchqo‘rg‘on makonlaridan muste davriga oid tosh qurollar topilgan. Farg`onaning g‘arbiy qismidagi qadimgi tosh davri madaniyatiga oid manzilgohlar muste davridagi Qa’lacha, Jarqo‘ton va Qapchig‘ay tosh qurollar ishlash ustaxonalari topilib o‘rganiladi. 1958 - yil birinchi marta Markaziy Farg‘onadan mezalit davriga oid mikrolit tosh qurollari topildi. Shuningdek, Markaziy Farg‘onadagi Uzunko‘l va To‘yloqko‘l atroflaridan mezalit va neolit davrlariga oid 24 ta turar - joy manzilgoh borligi aniqlandi (1965). So‘x vohasidagi 28 g‘or va ungurlar (Selung‘or, Eshma, Obishir, Sur, Bel, Zim, Ovikambar, Bog‘ishim va boshqalar) ro’yxatga olindi. Obishir g‘orlaridagi madaniy qatlam yaxshi saqlangan. G‘orlarni qazish jarayonida mezolit davriga oid tosh qurollar, hayvon suyaklari topilgan. Bular o‘sha davr turmushini o‘rganish imkonini beradi. XIX asrning 1967 va 1969 - 70 yillarida Sankt - Peterburgdagi Ermitaj muzeyi xodimlari mezolit va neolit davriga oid 35 ta manzilgoh topdilar. Farg‘ona viloyatining arxeologik yodgorliklarini o‘rganishda katta Farg‘ona kanalining qazilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Kanalni qazish jarayonida jez davri, quldorlik va zamindorlik jamiyatlariga oid yodgorliklar topildi va tekshirildi. Quva va Toshloq tumanlari o‘rtasidagi Akbarobod qishlog‘ida jez davriga oid manzilgoh, Marg‘ilonsoyning chap soxilida Oqtom qabristoni bo‘lganligi aniqlandi. Farg‘ona viloyatinig Quva tumanida quldorlik davriga oid Taxyontepa, Farg‘ona shaharida Simtepa (Chimtepa) kabi yodgorliklar topib o‘rganilgan. Ayniqsa, Quva shaharidagi miloddan avvalgi V asr va o‘rta asr boshlariga oid topilmalar yaxshi tekshirilgan. X - XI asrlarga oid tarixiy manbalarda bu shahar obodligi va kattaligi jihatdan vodiyda Axsikatdan so‘ng eng yirik shahar deb qayd etilgan. Arxeologik materiallar Marg‘ilon shahari X asrda katta qishloq bo‘lib, XI - XII asrlarda shaharga aylanganligini, Rishton esa X asrda katta shahar bo‘lsa ham, XI - XII asrlarga kelib qishloq qiyofasiga kirib qolganligini isbotladi5. Biz bilamizki, O‘rta Osiyo azaldan sayyohlaru tarixchilari tavsifida minglab shaharlar yurti tarzida talqin etib kelingan. Bu bejiz emas albatta. Tarix sahifalaridan moziyga bir nazar soladigan bo‘lsak, Amudaryoning quyi oqimi, Sirdaryoning o‘rta oqimi va ikki daryo oralig‘ida joylashgan Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari, Farg‘ona vodiysining azal o‘tmishdan yuksak madaniyaga ega bo‘lgan davlatlar va shaharlarga makon bo‘lganligiga ishonch hosil qilamiz. O‘rta Osiyo ham eng qadimgi odamlar turar - joy qarorgohini o‘zida saqlab qolganligini fan e’tirof etib ulgurgan. Eramizdan oldingi ikkinchi va birinchi ming yilliklarda bu yerda markazlashgan davlatlar mavjud bo‘lganligi to‘g‘risida bir qator ma’lumot bor. Bundan tashqari qadimda Farg‘ona (yunon tarixchilari sharhida Parakan - Parkanus) va qadimgi Xorazm mamlakatlari haqida ham ma’lumotlar bor. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning xabariga ko‘ra Qadimgi Xorazm markazlashgan davlat bo‘lib, u o‘z davlat tiliga, hamda yil hisobiga ega bo‘lgan, Iskandar Zulqarnayn (yoki Maqduniy va yana Aleksandr Makedonskiy miloddan oldingi IV asr) boshchiligidagi grek - Makedoniya askarlari bostirib kelishganda mahalliy taqvim hisobi bilan X asr bo‘lgan6. Osiyoning Janubiy Turkmanistonida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida ochilgan va eramizdan oldingi II ming yillikka oid bo‘lgan Namozgohtepa xarobalari o‘sha davr madaniyati o‘ziga xos tarzda taraqqiy etganligini ko‘rsatib turibdi. Bu yerda ochilgan binolar bir necha o‘nlab turar - joy xonalari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xonalar majmuasidan iborat bo‘lib, yaxlit bir inshootni tashkil qiladi. Bunday uylarni tarixchilar “urug‘ - aymog‘” (yoki jamoa) uylari deb atashadi. Namozgohtepadagi uylarning uzunligi 42 - 47 sm. Va qalinligi 10 - 12 sm. Bo‘lgan hom g‘ishtlardan barpo etilgan. Devorlari esa loyshuvoq qilingan. Eng oxirgi ilmiy izlanishlar O‘rta Osiyoda dehqonchilikning vujudga kelishi eramizdan oldingi VI minginchi yillarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Ko‘pgina olimlar bir qancha katta bo‘lmagan (50 - 300 kishi yashagan) qarorgohlar eramizdan oldingi V - IV minginchi yillarda 100 - 200 kishi yashagan Qoratepa, Ko‘ksur kabi markazlar vujudga kelganligini qayd etadilar. Eramizdan oldingi III minginchi yillarda Oltintepa va Namozgohtepa qarorgohlarida 500 - 10000 aholi yashagan, ohakgarlik va sopolsozlik markazlari vujudga kelgan. Bu davrga kelib ikki qatorli xumdonlar va sopolsozlik charxi paydo bo‘ladi. O‘rta Osiyoda Qadimgi sharqning o‘ziga xos ilk jamiyatlari tashkil topa boshlaydi. Bu esa davlat shakllanishidan dalolat beradi. Asta - sekin diniy dunyoqarash shakllana boshlaydi. Masalan Oltintepada balandligi 12 m. va uzunligi 28 m. bo‘lgan to‘rt bosqichli (oshyonalik) minora bir qarashda Mesopotamiya bosqichli minoralari - zikkuratlarini eslatadi. Umuman olib qaralganda Oltintepa madaniyati juda katta badiiy xususiyatga ega. Aynan shu davrda hozirgi Afg‘oniston yerlaridan O‘rta Osiyoga qalay olib kelinadi va bronza (brinchi - jez) qotishmasini hosil qilish yo‘llari izlab topiladi hamda uning misdan ko‘ra mustahkamroqligi aniqlaniladi. Bronzaning kashf etilishi, dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi - bularning barchasi F. Engels ta’biri bilan aytganda ilk ijtimoiy mehnatning taqsimlanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida quldorlik munosabatlari shakllanishiga va sinfiy jamiyatning barpo bo‘lishiga olib keladi. Tarixiy yunon manbalarida Baqtriya hokimi “ming shahar egasi” deb nomlangan va Farg‘onada 70 tacha katta va kichik shahar bo‘lgan deyiladi. Haqiqatan ham O‘rta Osiyodagi ko‘pgina daryolar vohalarida ko‘plab shahar xarobalari endilikda jonsiz pastroq tepaliklar sifatida yastanib yotganligini ko‘ramiz. Qo`shimcha qilib shuni ham aytib o‘tish joizki, eng qadimgi shaharlarga tegishli deb hisoblangan xarobalar orasida qiziqarli bir turi aniqlangan. U ham bo‘lsa atrofi ko‘pincha to‘g‘ri burchakli va ba’zan to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lmagan o‘ziga xos turar - joylar bo‘lib, ular atrofi devorlar bilan o‘rab olingan shaharlardir. Bular jumlasiga Qa’lali qir, Ko‘zali qir kabi shahar xarobalari kiradi. Bunday shaharchalarni o‘sha vaqtda 40 x 40 x 10 sm. O‘lchamli hom g‘ishtdan ikki yoki uch qator qilib yonma - yon tiklangan, usti ellips shaklidagi ravoq bilan yopilgan bir necha qator yo‘laklardan iborat hudud tashkil etib, shahar maydoni maxsus devor bilan o‘rab olinganligi aniqlangan. Ma’lum masofada shaharni mudofaa qilish minoralari joylashgan. Bir so`z bilan aytganda, eradan oldingi birinchi ming yilliklarning O‘rtalarida O‘rta Osiyoda G‘irqoniya (Go‘rgon), Parfiya, Marg‘iyona, Baqtiriya, So‘g‘d kabi mamlakatlar mavjud bo‘lganligi ma’lum. Og‘zaki va yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda Zardushtiy (otashparast) larning muqaddas kitobi “Avesto”ning asosiy qismlari o‘sha davrlarda va shu hududlarda bitilgan. Eramizdan oldingi VI asrda Ahmoniylar hukmdori O‘rta Osiyoni zabt etgunlarigacha bu yerda ko‘plab obod shaharlar mavjud bo‘lganligi barchamizga ma’lum. Eng qizig‘i, bu davrda paydo bo‘lgan inshootlarning ichida boshqa yerlarda uchramaydigan “Bara” tipini tashkil etuvchi o‘ziga xos qo‘rg‘on - qarorgohlar topilgan. Afsonalarda aytilishicha Shod Jamshid xalq va mol - mulkni muhofaza qilish uchun mudofaa qurgani bunyod etishning omillarini birma - bir ko‘rsatib o‘tadi. Uning o‘gitlari bo‘yicha mustahkam qo‘rg‘on bunyod etmoqchi bo‘lgan odam otni minib kun chiqish tomonga qarab kamondan o‘q otishi kerak. Shundan so‘ng o‘zi turgan yer va o‘q borib tushgan joyiga qoziq qoqishi kerak. Bu bo‘lajak qo‘rg‘onning Shimoliy devorining o‘rni bo‘ladi. Keyin ikkinchi qoziqdan turib janubga, u yerdan turib kun botarga va nihoyat u nuqtadan shimolga qarata otilgan o‘qlar bo‘yicha qurilishi kerak bo‘lgan qo‘rg‘on sahnini belgilab bergai. Qadimgi davrlardan boshlab turar - joy arxitekturasining taraqqiyoti O‘rta Osiyoda shahar qurilishining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Grek tarixshunoslari va geografiyashunoslari eramizdan oldingi IV asrda (Aleksandr Makedonskiy istilosi davrida) bu yerlarda talaygina mustahkam istehkomga ega bo‘lgan shaharlar haqida ma’lumot berishadi. O‘sha davr turar - joy binolari arxitekturasi umuman olganda, ko‘p xususiyatlari bilan to arablar istilosi (eramizning VII asri oxiri va VIII asr boshlari)gacha bo‘lgan uy - joylari arxitekturasi bilan ancha uyg‘unlashgan. Bu o‘xshashlik qurilish materiallarining umumiyligi, xona, dahliz va yordamchi xonalarning shakl jihatidan bir xilligi, yopma va kirish yo‘llari yechimlarining umumiyligidadir. Lekin tip jihatidan uylar takomillashgan, har biri o‘z davrining sotsial qurilishini, oila va shaxs mavqeini aks ettirgan. Viloyatimizning (Marg`ilon shahari) tarixi an’anaviy turar - joylarni shakllanishi hududning iqlim sharoitlariga moslashtirib barpo etilgan. Turar - joylarni shakllanishidan, qurilishidan kelib chiqqan holda ma’lum bo‘ladiki, qadimda me’morlarning binolarga ta’sir qiladigan hech qanday omilni nazardan chetda qoldirmasdan turar - joylarni qurganligini aytish mumkin. Chunki hududdagi namlik, sho‘r turar - joylar iqlimning quruq nam iqlimga moslanganligi, xonadagi namlik qanday tashqariga chiqarilganligi, xona xarorati mo‘tadillishtirishning usullari o‘rganilganda va hudud yuqori seysmik hududga kirishini hisobga olinganligidan (sinch devorlardan foydalanilgan)ligidan, devorlari qalinligi, tomlari hududdagi keskin shamollarga bardoshli qilib barpo etilganligi qadimda me’morlarning (kimyo, fizika, matematika, chizmachilik va boshqa) fanlaridan chuqur bilimlarga egaligi bilish qiyin emas. Arxitektura turar - joylarning qurilishi haqida gap ketganda hududning iqlimiy shart sharoitlari haqida gapirmaslik to‘g‘ri bo‘lmaydi, shuni hisobga olgan holda Farg‘ona vodiysining iqlim sharoitlari hamda hududning joylashuvi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Osiyoning gavhari Farg‘ona viloyati O‘zbekistonning eng sharqida, Tyan Shan va Oloy tog‘ tizmalari Farg‘ona vodiysi joylashgan. Bu vodiy atrofi tog‘ bilan o‘ralgan. Vodiy janubdan Turkiston va Oloy, sharqdan Farg‘ona va Oto‘ynoq, shimoldan Chotqol, Shimoliy - g‘arbdan esa Qurama va Qoramozor tog‘ tizmalari, g‘arbdan Mo‘g‘ultog‘ o‘rab turadi. Faqat g‘arb tomondan vodiy torgina “Farg‘ona” yoki “Xo‘jand” darvozasi orqali Dalvazin va Mirzacho‘l tekisliklari bilan tutashib ketgan. Betakror Farg‘onaning uzunligi g‘arbdan sharqqa 370 km, o‘rtacha kengligi 80 - 100 km, eng keng joyi esa sharqiy qismida bo‘lib, 150 km ga etadi, Farg‘ona vodiysi bodom shakliga o‘xshab ketadi. Farg‘ona vodiysi ma’muriy jihatdan O‘zbekistonning Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Qirg‘izistoning O‘sh viloyatining bir qismi va Tojikistoning Xo‘jand viloyatining bir qismi joylashgan. Osiyoning gavhari Farg‘ona vodiysining tekislik qismi Farg‘ona botig‘i deyiladi, uning atrofini geografik hususiyatlari va rel’efi jihatdan bir - biridan farqlanadigan adir va tog‘lar o‘rab turadi. Viloyat tektonik botiqdan iborat bo‘lib, asosan prolyuvial - allyuvial jismlar bilan to‘lgan. Vodiyning atrofi yosh (antropogen) burmalardan iborat mintaqa o‘rab olgan. Bu yosh strukturani “adir” yoki “adir yormasi” deb yuritadilar, Farg‘ona botig‘i esa yosh cho‘kindi jinslardan iborat bo‘lib, neogen davrining oxiri va quyi antropogen davrida dengizdan bo‘shagan. Lekin vodiyda quruqlik hamma yerda bir vaqtda paydo bo‘lmagan. Farg‘ona vodiysini o‘rab turgan quruqlik tog‘larda quruqliklarning paydo bo‘lishi jarayoni palezoy erasidan boshlansa, adrlar qismida mezazoy erasidan boshlangan. Antropogen davrda esa vodiyning tekislik qismi quruqlikka aylangan. Shu sababli adrlar zaminida bo‘r davri jinslari uchrasa, vodiyning markaziy qismida yoki Farg‘ona vodiysida asosan prolyuvial - allyuvial, ko‘l - botqoqlik yotqiziqlari qum, gil, qumoq toshlar asosiy o‘rinni egallaydi. Farg‘ona vodiysi quruqlikka aylangunicha, atrofida tog‘lardan boshlanadigan daryolar tekislikka oqib chiqib, o‘zi bilan olib kelgan jinslarni yotqizib, tosh - shag‘allardan tashkil topgan bir qancha yoyilma konuslar hosil qilgan. Bunga Isfara, So‘x, Isfayramsoy, Oqbo‘ra, Shohimardon kabi daryolar va soylarning quyar joylaridagi yoyilma konuslar yaqol misol bo‘ladi. Go`zal Farg‘ona markaziy qismga tomon pasaya boradi, vodiyni o‘rab olgan adirlarning balandligi 600 - 1200 m. bo‘lsa, Isfara daryosinig yoyilma konusi 540 m., Andijon shahari 496 m. va Namangan shahari 449 m. Vodiy sharqdan g‘arbga tomon nishabdir: sharqda, Uchqo‘rg‘on tumani yaqinida 500 m. bo‘lsa, baliqchi qishlog‘i (Norin bilan Qoradaryo qo‘shilgan yer) da 393 m., Xo‘jandda (vodiydan tashqarida) bor yo‘g‘i 320 m. Farg‘ona vodiysining markaziy past tekislik qismida cho‘l landshafti hukmron, ba’zan qum massivlari va barxanlar ham uchraydi. Eng katta qum massivlari Qo‘qon - Marg‘ilon temir yo‘lining Shimoliy qismida, Qoraqalpoq, Yozyovon cho‘llari bilan mashhur. Bu erda ko‘chma qumlar ham bor. Bu kabi qumliklar Sirdaryoning chap tomonida Qo‘qon - Namangan temir yo‘lining g‘arbida ham uchraydi. Markaziy Farg‘onaning tabiiy landshafti odamlarning xo‘jalik faoliyati tufayli bugungi kunda butunlay o‘zgartirilgan. Rel’ef past - baland bo‘lgan yerlar tekislandi, kanal va ariqlar qazilib, suv keltirildi, natijada ilgarigi qum cho‘llar o‘rnida hozir turar - joy obyektlari. Pahta dalalari, bog‘lar, polizlar barpo etildi. Vodiy yuqori seysmik hudud hisoblanadi. Iqlimi kontinental, qishi birmuncha yumshoq, ba’zan havo juda sovub ketadi. Yanvar oyining o‘rtacha harorati - 3,2 ⁰C iyulniki 28 ⁰C eng past harorat - 27,9 ⁰C eng yuqori harorat 42 ⁰C. Vodiyning g‘arbida esadigan kuchli “Qo‘qon shamoli” iqlimga salbiy ta’sir etadi. Shamolning tezligi sekundiga ba’zan 35 – 40 m ga etadi. Janubiy - sharqida yozda garmsel esadi. Yiliga g‘arbida 100 mm. dan sharqiy qismida 170 mm gacha, tog‘ yon bag‘rlarida 270 mm gacha yog‘in tushadi, yomg‘ir asosan bahorda yog‘adi. Vegetatsiya davri 210 - 240 kun. Markaziy Farg‘onadagi sho‘rhoklarda turli xil sho‘ra o‘sadi. Yerlarning katta qismi ekinzor. Vohalarda terak, tut, qayrag‘och, daryo vodiylarida keng bargli o‘rmonlar va archalar bor. Yovvoyi hayvonlardan Sirdaryo to‘qayzorlarida qobon, adr va Oloy tizmasi tog‘ oldilarida bo‘ri, tulki, chiyabo‘ri, quyon, bo‘rsiq, jayra yashaydi. Ondatra, nutriya iqlimlashtirilgan. Qushlar, sudralib yuruvchilar ko‘p. Suv havzalarida marinka, usach, zog‘ora baliq, karp, oq amur, do‘ngpeshona baliqlar bor. Aholisi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km² ga 413,9 kishi. Shahar aholisi 800 ming kishi, qishloq aholisi 2015 ming kishi 2004 y. Farg‘ona viloyati - O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938 - yil 15 - yanvarda tashkil topgan7. Vodiyning, Marg`ilon shahari tarixiy markazidagi 60 dan ziyod tarixiy obidalar, hali o‘rganilmagan va o‘rganishga ulgurilmagan turar joylarni aniqlash, ularning rejaviy tuzilishini, badiiy - bezak uslublarini tahlil qilish, xalq ustalari tajribalarini o‘rganish hamda dunyo xalqlariga ko‘rsatish hamda bunday tarixiy binolarimizni kelajak avlodlarga qoldirishimiz lozim. Bunday turur - joylar Marg`ilon shaharida ko‘pligini hisobga olgan holda bunday tarixiy an’anaviy turur - joylarni saqlash, ta’mir talablarini tamirlash va turur - joylarni ko‘rishga qiziqish bildiradigan turistlarga qulayliklar yaratish jumladan, aynan tarixiy turur - joylar ichida, hovlisida mehmonxonalar tashkillash, bunday turur - joylar atrofida dam olish hududlarini barpo etish, landshaft dizayni yaratish kerak. Bugungi kunda turizm davlatlarga katta foyda ketirayotganligini hisobga olsak, Marg`ilondagi tarixiy turar - joylarni dunyo xalqlariga tanitish borasida yurtboshimiz tomonidan ham katta e’tibor qaratayotganliklari Marg`ilon shaharidagi hunarmandchilik festivali tarixiy yodgorliklarimizni dunyo mamlakatlariga tanitish maqsadidagi katta qadamlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirda tariximizni mamlakatlarga tanitish davlat siyosati darajasidagi vazifa sifatida qaralayotganligini bejiz emas, negaki qadimiy xalqlarning qanday turmush tarzini boshdan kechirganligini bilmoqchi bo‘lgan turistlar talaygina. Demak, hozir yashab turgan hududimiz avval birinchi odam oyog‘i tekgan zaminlardan sanalishi bu hududga qiziqadigan turistlar ko‘pligidan darak beradi. Shularni hisobga olgan holda an’anaviy turar - joylarni saqlash, ta’mirlash, qayta tiklash va ularni eskilikni saqlab qolgan holda yangicha zamonaviy ko`rinishini loyihasi ustida tadqiqot ishlarini olib borish hamda bu tarixiy turar - joylarni boshqa mamlakat turistlariga ko‘rsatish, bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Download 421.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling