O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakulteti


Auditor tekshiruv natijalirini umumlashtirishga qo’yilgan talablar


Download 54.63 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi54.63 Kb.
#1529204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi va uni takomillashtirish KI

Auditor tekshiruv natijalirini umumlashtirishga qo’yilgan talablar
Auditning yakuniy bosqichidagi tartiblar
Barcha kerakli bosqichlarni bajargandan so'ng, auditor dasturning barcha bandlari bajarilishining to'liqligi va sifatini baholaydi.
Ushbu tekshirish bosqichining muhim qismi muhimlik darajasining haqiqiy qiymatini baholashdir. Xatolar va qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, auditor bu miqdorning ahamiyatli yoki muhim emasligini tushunish uchun ularning umumiy miqdorini aniqlaydi.
Audit oxirida yordamchilar tomonidan amalga oshirilgan protseduralarning bir qismini bajarish sifatini tekshirish, shuningdek, audit belgilangan standartlarga muvofiqligini tekshirish uchun barcha ish hujjatlarini qayta ko'rib chiqish kerak.
Auditda muhimlik va tavakkalchilik darajalarini aniqlash
Muhimlik - hisobotda keltirilgan va unchalik ham ahamiyatli deb hisobga olinmagan, yuz berishi mumkin bo’lgan xato summaning maksimal chegarasidir. Hisobotdagi ayrim ko’rsatkichlar va ilovalardagi ba’zi bir axborotlar unchalik ham to’g’ri bo’lmaydi. Ammo bu bilan hisobot to’lig’icha noto’g’ri va real holatni ifodalamaydi degan fikrga bormaslik kerak.
Auditda muhim deb xo’jalik yurituvchi sub’ektni moliyaviy hisobotining haqiqiyligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan vaziyat tan olinadi. Moliyaviy hisobotning barcha muhim tomonlaridan haqiqiyligi deb mazkur hisobotning malakali foydalanuvchisi uning asosida to’g’ri xulosalar chiqarishi hamda to’g’ri qarorlar qabul qilishi mum-kin bo’lgan moliyaviy hisobotko’rsatkichlari aniqligining darajasi tushuniladi. Ma’lumotning muhimligi – bu unimazkur ma’lumotdan foydalanuvchining qarorlariga ta’sir ko’rsata oladiganbo’lish xususiyatidir.
Muhimlikning darajasi deganda moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatishni engyuqori darajasi tushuniladi. Ushbu darajadan boshlab hisobotning malakalifoydalanuvchisi uning asosida to’g’ri xulosalar chiqarishi hamda to’g’ri qarorlarqabul qilishi lozim.
Muhimlik darajasining mutlaq ko’rsatkichini aniqlash vaqtida auditor audito’tkazilishi lozim bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisoboti haqiqiyliginita’riflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni (moliyaviy hisobotning bazaviyko’rsatkichlari) asos qilib olishi lozim. Xatolar quyidagicha bo’lishi mumkin:
– hisob-kitoblardagi xatolar (amortizatsiya summasini hisoblashdagi arifmetik
xatolar);
– alohida ko’rsatkichlar baholanadi. Masalan, nomoddiy aktivlarning foydaliishlatilish muddati va hokazo.
Auditor bu xatolarni topsa, mijoz hisobotda bu xatolarni to’g’rilashi lozim.
Auditor quyidagi hollarda xatolarni hisobga olmaydi:
– mijoz hisobotiga ta’sir qilmaydigan kichik xatolar;
– buxgalteriya hisobotini e’lon qilish muddatini uzaytirish mumkin bo’lgankichik xatolarni to’g’rilashga ketadigan vaqt va boshqalar.
Shunday hollarda auditor hisob ko’rsatkichlaridagi xatolarni inobatga olmaydiva hisobotni to’g’ri va ishonarli deb e’lon qiladi.
Ko’pgina auditorlar ko’rsatkichlardan chetga chiqish 5%gacha bo’lsa, sezilarli emas, 10%dan ko’p bo’lsa, moddiylik deb hisobga oladi.
Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim:
– auditning taomillarining tabiati, vaqtini belgilash vaqtida;
– buzib ko’rsatishlarning ta’sirini baholash vaqtida.
Moddiylikni baholashda hisobda quyidagi omillar qabul qilinadi:
– xatolarning absolyut chegarasi;
xatolarning muayyan chegarasi;
– hisobot moddalarining mundarijasi;
aniq sharoitlar;
– noaniqliklar;
– summalardagi xatolar.
Xatolarning absolyut chegarasi. Xatolarning miqdor qiymatida ifodalanadigan ko’rsatkichdir. Bu moddiylikni baholashning asosiy mezoni sifatida qaralmasligi lozim.
Muayyan chegara. Bu baho foizlarda o’rnatiladi. Hisobot satrlarining mundarijasi. Bu sifat omili bo’lib, moddiylikni aniqlashda muhim ahamiyatga egadir.
Aniq sharoit. Auditor moddiylikni baholashda, hisobot kimga taqdim qilinishini inobatga olishi kerak. Agarda hisobot foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan bo’lsa (aktsionerlarga, banklarga, korxona rahbariga), moddiy mezonlarni ziyraklik bilan o’rganish lozim.

Download 54.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling