O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi мirzo ulug’bek nомidagi o’zбbеkisтоn мilliy universiteti ijтiмоiy fаnlar fакulтетi ijтiмоiy ish каfеdrаsi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish fаnidan
Kurs ishimizning metodologik asoslari
Download 61.42 Kb.
|
gulom1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi .
- 1.1. Nogironligi bo’lgan bolalarni Muruvvat uylariga joylashtirish tartibi.
Kurs ishimizning metodologik asoslari. Mutaxassis bilim darajasini amaliyotga oid mukammal ko‘nikmalar bilan birlashtirgan holda nogironligi bo‘lgan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan Muruvvat uylarida to‘gri ijtimoiy ish tashkil etish va Muruvvat uylari faoliyatini takomillashtirishda tegishli nazariyalarni qo‘llash.
Kurs ishining tuzilishi .Mundarija, kirish, 2 bob , 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 30 betdan iborat. 1.BOB. NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARNI MURUVVAT UYLARIGA JOYLASHTIRISH TARTIBI VA FAOLIYAT YURITISH TARTIBI 1.1. Nogironligi bo’lgan bolalarni Muruvvat uylariga joylashtirish tartibi. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan nogironligi bo‘lgan bolalar, hojatxonadan topilgan, OITSga chalingan ota-onadan tug‘ilgan va boshqa bir qancha ko‘ngilsizliklar tufayli nuqson bilan dunyoga kelgan bolalar ana shu Muruvvat uylarida: avval nogiron bolalar Muruvvat uylari, so‘ng qariya va nogironlar kattalar Muruvvat uylarida yashaydilar. Ota-onasi, yaqinlari bo‘lgan davolanuvchilarni onda-sonda uyga olib ketishlarini (uzog‘i bir oy muddatga) hisobga olmasa, ular hayoti davomida faqat ikki maskanda umr kechirishadi. Og‘ir darajadagi aqliy zaiflik, gemiparez, paraparez va tetrapez asoratlari bo‘lgan mo‘'tadil darajadagi aqliy zaiflik serebral falaji, intellektning og‘ir buzilishiga olib kelgan shizofreniya, mo‘'tadil darajadagi aqliy zaiflikka olib kelgan epilepsiya, bosh miya shikastlanishi oqibatidagi mo‘'tadil darajadagi aqli zaiflik (bosh miya ensefaliti, meningiti, meningoensafaliti, sifilisi va bosh miyaning shikastlanishi), shuningdek, bosh miyaning xromasoma kasalligi yoki anomaliyasi tashxisi qo‘yilgan bemorlar Respublika Muruvvat nogironlar uchun internat uylarida davolanishadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi rasmiy saytidagi ma'lumotga ko‘ra, 2016 yildan Respublikada 33ta Muruvvat uylari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda 7745 nafar bemor davolanmoqda. «Muruvvat» bolalar internat uylariga yuborish, shuningdek, biridan ikkinchisiga o‘tkazish AgentlikningVasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish (ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Nogironligi bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhiga qabul qilishda ota-onalar (vasiylar yoki homiylar, farzandlikka oluvchilar) va «Muruvvat» bolalar internat uyi direktori o‘rtasida beg‘araz shartnoma tuziladi, unda tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatiladi. «Muruvvat» internat uylari faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi. Ularning ko‘pchiligini yaqinlari tirik bo‘lishiga qaramay, biror marta ko‘rishga kelishmagan. Bemorlar Muruvvat uyi xodimlarini «Oyi», «opa», «xola» deb chaqirish bilan sog‘inchini yengishga harakat qiladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sog‘lom oila qurishga mas’uliyat bilan yondashishni targ‘ib qilish, oilaviy qadriyatlarga ma’naviy-axloqiy munosabatni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda mustahkam huquqiy asos bo‘ldi. Qaror bilan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning aniq tartibi belgilandi. Qarorga muvofiq o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo‘lgan bolalarga kvartiralar ko‘p qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi. Shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oshiriladi, bunda mazkur navbatga o‘zgartirish kiritilishiga hamda navbatidan oldin keyingi navbatdagi bolalarga uy-joy ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. E’tiborlisi, xalq ta’limi vazirligi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joy bilan ta’minlanishi holati haqidagi har oyda yangilanadigan ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi. Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Muruvvat uylarida va maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda joylashtiriladi. Bu esa ularning ta’lim olish imkoniyatiga alohida e’tibor berilayotganidan darakdir. Yana bir muhim jihat, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratilib, o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat ta’lim tashkilotlarining xorijiy tillar, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshiriladigan 2 ta fan, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarida o‘qish xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi. Shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lovlari 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi. Ta'kidlash joiz, yurtimizda so‘nggi uch yilda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bu ezgu sa’y-harakatlar ushbu soha davlatimiz tomonidan doimiy e’tiborda ekanligidan dalolat beradi. Mazkur hujjatlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida tarbiya muassasalari va ularda tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar soni sezilarli darajada kamayishiga erishilmoqda. Eng muhimi, mamlakatimizda ushbu yo'nalishda yangi tizim joriy qilindiki, bu mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va maʼnaviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Download 61.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling