O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi мirzo ulug’bek nомidagi o’zбbеkisтоn мilliy universiteti ijтiмоiy fаnlar fакulтетi ijтiмоiy ish каfеdrаsi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish fаnidan


II.BOB. O'ZBEKISTONDA INTERNAT TIPIDAGI MURUVVAT UYLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI


Download 61.42 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi61.42 Kb.
#1535318
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
gulom1

II.BOB. O'ZBEKISTONDA INTERNAT TIPIDAGI MURUVVAT UYLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI

2.1. O‘zbekistonda Muruvvat uylari faoliyatini takomillashtirish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Har yili 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlab “Muruvvat” bolalar uylarining tarbiyalanuvchilari o‘rtasida respublika miqyosida sport musobaqalari uyushtiriladi.
Nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika, davolash-tashxis qo‘yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam turlarini o‘z ichiga oladi. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati qonunchilik bilan belgilanadi. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, homiylik va boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan, shuningdek ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning mablag‘lari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimi muassasalarida saqlanishlari mumkin. Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy yordam mahalliy davlat hokimiyati organlari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi organlari, boshqa davlat organlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosalari asosida ko‘rsatiladi. Nogironligi bo‘lgan, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qobiliyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotgan va o‘zgalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo‘lgan bolalarga ularning uyida hamda vakolatli davlat organlarining ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu muassasalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bir qatorda hayot faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar ta’minlanadi, tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, shuningdek mehnatfaoliyati va dam olish tashkil etiladi. Mehribonlik uylari - yetim va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalar uchun davlat tomonidan ochilgan taʼlim tarbiya muassasasi. Yetim yoki qonuniy vasiylar qaramogʻida boʻlmagan bolalar, ota-onalari sud hukmi bilan otaonalik huquqidan mahrum qilingan, otaonalari voz kechgan bolalar uchun tashkil qilingan. Mehribonlik uylarida 3 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan sogʻlom bolalar yashashi va tarbiyalanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarni oʻqitish va boqish toʻla davlat taʼminoti asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mehribonlik uylari 3—7 yoshli bolalar uchun bolalar botasi tartibida, 7—16 yoshli bolalar uchun umumiy oʻrta taʼlim maktabi tartibida ishlaydi hamda maktab taʼlimtarbiyaviy dasturiga muvofiq ish olib boradi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning maktab oʻquv dasturini toʻliq oʻzlashtirishlari, ularning mehnat koʻnikmalarini shakllantirish va mustahkamlash, jismoniy kamol topishlari, axloqiy hamda estetik tarbiya olgan barkamol shaxslar boʻlib yetishishlari taʼminlanadi. Shuningdek, yuqoridagi maqsadlarga qaratilgan maʼnaviymaʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar olib boriladi. Mehribonlik uylari Oʻzbekistonda dastlab 1918-yil yetimxonalar asosida bolalar uyi nomi bilan tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida jangchilarning bolalari uchun maxsus bolalar uylari ochilib, ularda Ukraina, Belarus, Litva, Latviya, Estoniya, Moskva, Leningrad va boshqa shaharlardan keltirilgan bolalar tarbiyalandi. Mustaqillik yillarida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "Bolalar uylari" Mehribonlik uylari deb nomlana boshlandi. 2002-yil Oʻzbekistonda 27 Mehribonlik uylari ishladi, ularda 3650 bola tarbiyalandi. O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyi ham 1924-yilda tashkil topgan.
Alohida ta’kidlash joizki, mehribonlik bolalar muassasalaridagi tarbiyalanuvchilarning 18 foizini “chin yetim”lar tashkil etgan. Qolgan “ijtimoiy yetim” bolalarning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bo‘lganligi bois, ularni o‘z ota-onalari hamda yaqin qarindoshlariga qaytarish, vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilishi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar sonining keskin kamayishga olib keldi. Oilaviy bolalar uyini tashkil qilayotgan fuqarolarimizga nisbatan bildirilayotgan fikrlar Ijtimoiy tarmoqlarning birida Murod Nazarovning Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi borasida turli fikrlar bildirilgan. Ushbu fuqaroning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bergan ma’lumotlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u turmush o‘rtog‘i bilan 10 yildan buyon bolalarni asrab olish istagi bo‘lganligini ma’lum qilingan.Shundan so‘ng, uning o‘z xohishi bilan mutasaddi tashkilotlarga qilgan murojaati ijobiy hal etilib, yetti nafar qiz va ikki nafar bolalarni vasiylikka olishi, uning azaliy orzusi amalga oshganligidan behad xursand ekanligini aytib otgan. Eslatib o‘tamiz, agar Sizni, haqiqatdan bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar haqidagi ma’lumotlar qiziqtirsa, yuqorida ko‘rsatilgan “Call-center” raqamlariga yoki 71-236-50-74 telefon raqamiga murojaat qilib, Milliy gvardiya Axborot xizmati boshlig‘idan kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni o‘z oilasiga qabul qilish istagini bildirib murojaat qilayotgan Oilalar (mamlakatimiz fuqarolari) o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqiladiRespublika miqyosida faoliyat yuritayotgan mehribonlik bolalar muassasalaridan farzand asrab olish istagida bo‘lgan oilalarning soni 5 mingdan ziyod bo‘lib, ayni vaqtda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish va bolalarni oila tarbiyasiga olish istagida bo‘lganlar soni 2.700 dan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan, 1 nafar bolaga 10 nafar oila ya’ni farzand asrab olish istagida bo‘lgan ota-ona to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, amalda majburlash holati emas, aksincha, oilalar tomonidan bola asrab olish ehtiyoji yuqori. E’tirof etish joizki, bolalarni oilaga tarbiyaga berish jarayonida, murojaat qiluvchilar o‘rnatilgan tartibda har tomonlama tekshiruvdan o‘tkaziladi va bu ishlar doimiy nazoratga olingan. Asosiy maqsad ham, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni duch kelgan oilalarga berish emas, aksincha, murojaat etuvchi oilalar orasidan bola tarbiyasida katta tajribaga ega bo‘lgan, bolalar uchun haqiqiy oila muhitini yaratishga bel bog‘lagan namunali oila vakillari tanlanmoqda. Mehribonlik bolalar muassasalari va Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy himoyasi Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bolani tarbiyaga olish istagida bo‘lgan ota-onaning har birining, shu o‘rinda yaqin qarindoshlariga doir hujjatlari davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar qatoriga, er-xotinda tibbiy maslahat komissiyasining ularning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi xulosasi va asab-ruhiy kasalliklari, narkologiya muassasalari va teri-tanosil kasalliklari dispanseri tomonidan taqdim etilgan xulosalari ham kiradi. Mazkur hujjatlar tegishli davlat organlari tomonidan dastlab, nomzodlar tekshiruvi tugagandan so‘ng, taqdim etilishini e’tiborga olish zarur. Bundan tashqari, hujjatlarini rasmiylashtiruvchi tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shu’balari tomonidan er-xotinning bevosita o‘zlari va oila a’zolari bilan yakka tartibdagi suhbatlari tashkil etilib, ularning o‘z farzandlarining ham roziliklari olinadi. Shu bilan birga, istiqomat qilinayotgan xonadonlarning sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi tekshirilib, dalolatnomalar tuziladi. Mehribonlik uylaridan bolalarni oilalarga tarbiyaga olayotgan shaxslar o‘z xohish-istaklari bilan ularni o‘z qaramog‘iga olmoqda. Birorta davlat hokimiyati xizmatchisini majburlash holati mavjud emas.
Aksincha, davlat xizmatchilari muruvvat muassasalaridan bolalarni o‘z tarbiyasiga olishni sharaf deb hisoblamoqda.Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2021 yil davomida mehribonlik bolalar muassasalaridagi barcha tarbiyalanuvchilar 100 foiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, barchasi alohida nazoratga olingan. Shu o‘rinda, mehribonlik bolalar muassasalari bolalari hududiy oilaviy poliklinikalarga biriktirilib, bir yil davomida 2 marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, oilalarga tarbiyaga berilgan bolalar hududiy tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish sho‘’balari mutaxassislari hamda biriktirilgan oilaviy poliklinikalar shifokorlari tomonidan birgalikdagi kuzatuvi amalga oshiriladi. Joriy qilingan yangi tizimga asosan, Mehribonlik bolalar muassasalarining Milliy gvardiyaga biriktirilishi ushbu tizimda xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchi hamda xodimlar uchun sharafdir va bu ularga katta mas’uliyat yuklaydi Milliy gvardiyaga mehribonlik muassasalari biriktirilguniga qadar ham tarbiyalanuvchilar va mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan muntazam ravishda vatanparvarlik-sport hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar samarali tashkil etib kelingan. Ayniqsa, tizimga mehribonlik muassasalarining biriktirilishi ular bilan yanada birgalikda faoliyat olib borilishiga hamda mas’ul davlat organlari bilan hamjihatlikda tarbiyalanuvchilarni oila tarbiyasiga berishga zamin yaratmoqda. Muqaddam, mehribonlik bolalar muassasalarida salbiy holatlar kuzatilganligini ham inkor etib bo‘lmaydi, lekin, hozirgi vaqtda tarbiyalanuvchilarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, jismoniy sog‘lomlashtirilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Shu bilan birga, bolalarning muassasalarda bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishlari uchun turli davlat tashkilotlari hamda soha faollari tomonidan muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar, shuningdek, sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada samarali natijalarga erishilmoqda. Muruvvat bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, mamlaktimizda amalga oshirilayotgan Yoshlar siyosatining mantiqiy davomi Qonunchilikka asosan nafaqat mehribonlik bolalar muassasalari va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga imtiyozlar belgilangan, shu bilan bir qatorda farzandlikka, vasiylikka, xomiylikka, oila tarbiyasiga (patronatga) olingan bolalar uchun ham imtiyozlar belgilangan bo‘lib, ularning ijrosi nazoratga olingan. Jumladan, uy-joy berish va kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga kirishlari uchun davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilgan. Bolalarga belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari natijasida 2022 yilning 20 yanvar holatiga 675 nafar mehribonlik bolalar muassasalarining bitiruvchilariga hamda vasiylikka, homiylikka, oila tarbiyasi (patronat)ga olingan voyaga yetgan bolalarga turar-joylar berildi, 267 nafari 2021/2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi.



Download 61.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling