O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi мirzo ulug’bek nомidagi o’zбbеkisтоn мilliy universiteti ijтiмоiy fаnlar fакulтетi ijтiмоiy ish каfеdrаsi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish fаnidan
Muruvvat uylari faoliyatini takomillashtirishda xorij tajribasi
Download 61.42 Kb.
|
gulom1
2.2. Muruvvat uylari faoliyatini takomillashtirishda xorij tajribasi
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomasi boʻlib, nogironlarning huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan. Nogironlar huquqlari BMT inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomasi boʻlib, nogironlarning huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan. Konventsiya ishtirokchilari nogironlarning inson huquqlaridan toʻliq foydalanishini ragʻbatlantirish, himoya qilish va taʼminlashlari va nogironlarning qonun oldidan to'liq tenglikdan foydalanishlarini kafolatlashlari shart. Konventsiya nogironlar huquqlari boʻyicha global harakatda asosiy katalizator boʻlib, nogironlarni xayriya, tibbiy muolaja va ijtimoiy himoya obyekti sifatida koʻrishdan ularni jamiyatning toʻliq va teng huquqli aʼzolari sifatida koʻrishga oʻtishga imkon beradi. Konventsiya BMTning 21-asrdagi inson huquqlari boʻyicha birinchi shartnomasi hisoblanadi. Konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2006-yil 13-dekabrda qabul qilingan va 2007-yil 30-martda imzolash uchun ochilgan. 20 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilinganidan keyin u-2008-yil 3-mayda kuchga kirgan. 2022-yil aprel holatiga koʻra, 163 ta imzolovchi davlat va 185 ta aʼzo boʻlgan davlat, yaʼni 184 ta davlat va Yevropa ittifoqi (Yevropa Ittifoqi Konvensiyani 2010-yil 23-dekabrda ratifikatsiya qilgan). Konventsiya fuqarolik huquqi anʼanalariga amal qiladi, muqaddima bilan Vena deklaratsiyasi va Harakatlar dasturining „barcha inson huquqlari universal, boʻlinmas, oʻzaro bogʻliq va oʻzaro bogʻliq“ tamoyili keltirilgan. 25-kichik boʻlimda muqaddima barqaror rivojlanish haqida aniq eslatib oʻtadi, „nogironlik“ nuqsonlar va atrof-muhit omillari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni oʻz ichiga olgan „rivojlanayotgan kontseptsiya“ ekanligini taʼkidlaydi va „gender nuqtayi nazari“ ning muhimligini eslatib oʻtadi. Muqaddimadan keyin 50 ta moddadan iborat. Birlashgan Millatlar Tashkilotining koʻpgina paktlari va konventsiyalaridan farqli oʻlaroq, u rasmiy ravishda qismlarga boʻlingan emas. Bundan tashqari konvensiyada nogironligi bo’lgan ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar mavzusiga ham to'liq to'xtalib o'tilgan. Konventsiyaning 3-moddasida bayon etilgan sakkizta yetakchi tamoyillar mavjud: - Oʻziga xos qadr-qimmatni, shaxsiy erkinligini shu jumladan oʻz tanlovini qilishda erkinligini va shaxslarning mustaqilligini hurmat qilish; - Diskriminatsiyaga yoʻl qoʻymaslik; - Jamiyatda toʻliq va samarali ishtirok etish va qoʻshilish; - Farqlarni hurmat qilish va nogironlarni insoniy xilma -xillik va insoniylikning bir qismi sifatida qabul qilish; - Imkoniyatlar tengligi; - Foydalanish imkoniyati; - Erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik; - Nogiron bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatlarini va nogiron bolalarning oʻz shaxsiyatini saqlab qolish huquqini hurmat qilish; Mehribonlik bolalar muassasalari faoliyati tugatilgan hududlardagi yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar Vazirlar Mahkamasining 2007 yildagi 158-son qaroriga muvofiq, hozirda (mazkur Qarorning bir qator talablari bolalarning bugungi kundagi manfaatlariga javob bermasligi o‘rganib chiqilib, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi uchun o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritilgan) tashkil etilishi ommalashayotgan Oilaviy bolalar uylari – bu yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasasi hisoblanadi. Amalda, mehribonlik bolalar muassasalari faoliyati tugatilgan hududlarda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning hujjatlari tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shu’balari tomonidan rasmiylashtirilib, hokim qarorlari asosida bolalarni Oilaviy bolalar uylariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Oilaviy bolalar uylarining mehribonlik uylaridan farqi shundaki, bu yerda bolalarni ota-onalar o‘z xonadonlarida milliy qadriyatlarimiz negizi asosida tarbiyalaydi, mazkur oilalarga davlat tomonidan to‘liq moliyaviy ta’minot amalga oshiriladi. Shuningdek, Oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga olingan bolalar mahalla hayotiga yaqindan jalb etiladi, undagi turli marosimlarda bevosita ishtirok etib, oilasidagi va mahallasidagi yoshi ulug‘ otaxon-onaxonlarning pand-nasixatlari va o‘gitlaridan bahramand bo‘lib, bolalar u yerda ahloqiy, ma’naviy va jamoaviy tarbiya ko‘radi. E’tiborga loyiq va afzal tomonlaridan biri sifatida shuni aytish lozimki, yopiq internatlardan ko‘ra, Oilaviy bolalar uylari bolalari voyaga yetgandan so‘ng ham,kelgusidagi shaxsiy va oilaviy hayotida hamda mehnat faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolar borasida tutingan ota-onalaridan, yaqinlaridan yordam so‘raydi, maslahatlar oladi. Shu bilan birga, o‘rtalaridagi oilaviy munosabatlar bardavom bo‘lib, oiladagi an’analar va urf-odatlarning davom etishiga zamin yaratiladi. Hozirda, Vazirlar Mahkamasining 2007 yildagi 158-son qarorning yangi loyihasi tayyorlangan bo‘lib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimiga kiritilgan. Loyiha zamon talablariga mos ravishda yaratilgan bo‘lib, oilaviy bolalar uylarini tashkil etilishining bosh maqsadi va vazifasi - yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oila muhitida hamda ota-ona mehri-g‘amxo‘rligida tarbiyalash, voyaga yetkazish ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ayniqsa, har bir bolani milliy an’ana, urf-odatlar va insoniy fazilatlar negizida oilaviy qadriyatlar muhitidatarbiyalanishi orqali biz kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol inson bo‘lib yetishishlariga zamin yaratilgan bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda respublikamiz miqyosida 8 ta Mehribonlik uyi, 1 ta Bolalar shaharchasi, 11 ta Bolalar uylari (Chaqaloqlar uylari) hamda 3 ta “SOS – bolalar mahallalari” faoliyat yuritmoqda. Joriy qilingan yangi tizim doirasida qisqa muddatda hamkor vazirliklar tomonidan amalga oshirilgan ishlar Ikkinchi Jahon urushi davrida mamlakatimizga olib kelingan bolalar internatlarda emas, bag‘rikeng va sahovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan oilalariga olib ketilganligini alohida e’tirof etish lozim. Bag‘rikeng xalqimiz, bolalar ortilgan vagonning o‘zidanoq quchoq ochib, bag‘riga bosgan holda o‘z oilalariga 10-15 nafar bolalarni tarbiyalash uchun olib ketgan. Bag‘rikeng xalqimiz, bolalar ortilgan vagonning o‘zidanoq quchoq ochib, bag‘riga bosgan holda o‘z oilalariga 10-15 nafar bolalarni tarbiyalash uchun olib ketgan. O‘sha damda mehridaryo xalqimiz bolalarning hujjatlarini rasmiylashtirish yoki bola asrab olish uchun ro‘yxatga yozdirish kerak ekanligini o‘ylashmagan, ular ijtimoiy yoki moddiy ahvoliga qaramasdan xayrli ishga qo‘l urgan. Ular nafaqat o‘z farzandlarini, shu bilan birga turli davlatlardan kelgan, hattoki, turli millat vakillarining farzandlarini – tili, dini, e’tiqodiga qaramasdan “komil inson” qilib tarbiyalashgan. Ular orasidan chiqqan buyuk insonlar dunyo bo‘ylab tarqalgan bo‘lib, oradan necha o‘n yillar o‘tsa ham farzandlari va nevaralarigacha O‘zbek xalqidan minnatdorligini takror va takror izhor qilib kelishadi. Xalqimizning bolajon xalq ekanligining isboti ham shundaki, so‘nggi yillarda qonunchilik hujjatlari bilan bola asrab olish tizimida tubdan islohotlar o‘tkazilib, imkoniyatlar yaratib berilganligi bois, qisqa muddat ichida oilalar tomonidan mehribonlik uylaridan bolalarni oilalariga tarbiyalash uchun olish ishlari jadallashdi. Bolalarning qisqa muddat ichida oilalarga taqsimlanish sabablarining biri sifatida shu’ni ta’kidlash joizki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, 2021 yil avgust oyiga qadar, o‘z oilasiga bola olish istagida bo‘lgan ko‘plab fuqarolarimiz uchun, ayrim Mehribonlik uylari rahbariyati tomonidan eshiklar ochilmaganligi tufayli bu kabi halqimizga xos ezgu ishlarning amalga oshmay kelganligi kabi muammolar o‘z yechimini topdi. Vaholanki, turli byurokratik to‘siqlar sababli, ota-ona bo‘lish istagida bo‘lgan minglab oilalarga bu imkoniyatlar berilmaganligi achinarli holdir. Joriy qilingan yangi tizim doirasida Milliy gvardiya Markaziy devonida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadida (71) 236-52-08 va 236-52-09telefon raqamlari orqali maslahat berish xizmati “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, shu kunga qadar 2717 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Natijada, mehribonlik bolalar muassasalaridan bolalarni farzandlikka olish istagida bo‘lgan oilalar soni kundan-kunga oshib bormoqda. Bundan tashqari, muruvvat uylaridan bolalarni oila tarbiyasiga olayotgan shaxslarning hujjatlari qonunchilikka muvofiq tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘’balari tomonidan rasmiylashtirilmoqda. Ular tomonidan ota-onaning oilaviy muhiti, sog‘lomligi holati va ijtimoiy ahvoli har tomonlama o‘rganilib, hujjatlari o‘rnatilgan tartibda tekshirilganidan so‘ng, bolalar oila tarbiyasiga berilmoqda. Bolalarning kelgusi hayoti tegishli davlat organlari tomonidan nazorat qilib boriladi, ya’ni bolalarning oilada tarbiyalanishi, ularga o‘z vaqtida har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi hududdagi tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘’balari tomonidan kuzatib boriladi. Sog‘lomligi holati esa, hududiy oilaviy poliklinikalarning biriktirilgan shifokorlari tomonidan bolalarni himoya qilish sho‘’balari bilan birgalikda nazorat qilib boriladi. Yangi hayotga qadam qo‘yib, o‘z yaqinlari va oila sharoyitidagi muhitda tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning kelajagi, shuningdek turli sabablarga ko‘ra ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning nazorati to‘g‘risida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining muassasa hisobidan chiqarilishi, tegishli mutasaddi tashkilotlar nazorati ostida amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021 yilning 9 avgust kunidan 2022 yilning 20 yanvar kuniga qadar 1301 nafar bola Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Bolalar uylari va “SOS – bolalar mahallalari” hisobidan chiqarilgan bo‘lib, shundan: 124 nafari – bolalarning o‘z ota-onalari qaramog‘iga qaytarilgan; 139 nafari – bolalarning o‘z yaqin qarindoshlariga (amma, xola, tog‘a, amaki, buvi, buva) oila tarbiyasiga berilgan; 139 nafari – vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilgan; 640 nafari – tashkil etilgan 106 ta Oilaviy bolalar uylariga ota-ona qaramog‘iga berilgan; 188 nafari bo‘lsa,Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganligi va 49 nafari voyaga yetganligi uchun (18 yoshga to‘lganliklari) uy-joy bilan ta’minlanib mehribonlik uylarini tark etishgan; 22 nafari “Muruvvat uylari”ga ko‘chirilgan. Keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tarbiyalanuvchilarning barchasi ham oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga berilmagan. Shuningdek, hozirda faoliyat yuritayotgan 106 ta Oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan fuqarolarimiz turli kasb egalari bo‘lib, ular: 42 nafari mehribonlik uylarining tarbiyachilari; 20 nafari maktab o‘qituvchilari va direktorlari; 21 nafari ziyolilar, yirik tadbirkor va namunali uy bekalari; 23 nafari turmush o‘rtoqlari pedagog (psixolog) bo‘lgan hokimiyat va huquq-tartibot idoralari xizmatchilaridir. Alohida ta’kidlash joizki, yuqorida sanab o‘tilgan Oilaviy bolalar uylari ota-onalarini o‘z mahallasida inoq va ibratli oila sifatida ijobiy tavsiflanganligi, o‘z farzandlarini yaxshi tarbiyalab jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga muvaffaq bo‘lganligi, shuningdek bugungi kunda xonadonlarida keksa nuroniylari bo‘lgan oilarning bolajonlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishi hisobga olingan. Respublikamiz bo‘ylab bag‘ri keng halqimiz tomonidan tashkil qilinayotgan Oilaviy bolalar uylari va eshiklari yopilgan Mehribonlik uylari to‘g‘risida Hozirda, mehribonlik muassasalarini qisqa muddatlarda tugatilishi qonunchilik hujjatlarining birortasida nazarda tutilmagan bo‘lib, bu jarayonlar yangi tizim asosida mas’ul davlat tashkilotlarining hamjihatligi bilan amalga oshirilmoqda. Muassasalardagi tarbiyalanuvchilarning xohish va manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ularning oilada ota-ona mehri og‘ushida va e’tiborida tarbiyalanish orzusini ruyobga chiqarish maqsadida oila tarbiyasiga berilmoqda. Eslatib o‘tamizki, tashkil etilayotgan Oilaviy bolalar uylari ham to‘liq davlat ta’minotidagi tarbiya muassasasi hisoblanadi. Sohani o‘rganish davomida “ijtimoiy zaif, yordamga muhtoj va tushkunlikda bo‘lgan” oila farzand(lar)ini ularning yaqin qarindoshlarini topish va oila tarbiyasiga berish o‘rniga, internatlar tarbiyasiga topshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababdan, birinchi navbatdaota-onasi va yaqin qarindoshlari bo‘lgan “ijtimoiy yetim” bolalarning yig‘ma jildlari o‘rganib chiqilib, ular yashil, sariq, qizil toifalarga ajratildi hamda bolani asrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan qarindoshlarining aniq manzillari orqali, ularning ijtimoiy ahvoli, ahloqiy-ruhiy holati va yashash sharoitlari mukammal o‘rganildi. Buning natijasida ko‘pchilik bolalarni o‘z oilalariga, yaqin qarindoshlariga oila tarbiyasiga qaytarish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, farzandlikka olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil etish jarayoni soddalashtirildi. Ya’ni, sohada keng ko‘lamli islohatlar o‘tkazilib, ilgari farzandlikka olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil etishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish xalq ta’limi tizimidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshirib kelingan bo‘lsa, hozirda bu jarayonlarni hokimliklardagi Bolalarni himoya qilish shu’balari bajarmoqda XULOSA Xulosa qilib aytganda, nogironligi bo’lgan va ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish tashkil etishdagi muammolar dolzarbligicha qolmoqda. Yurtimizda nogironligi bo’lgan bolalar huquqlarini yetarlicha himoya qilish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning yaxshi hayot kechirishlari uchun internet tipidagi muassasalar shu jumladan muruvvat uylari faolyati ham sezilarli darajada yangilanmoqda. O’zbekistonda Respublikasi Konstitutsiyasida hamda Bola huquqlari konvensiyasi, BMT tomonidan qabul qilingan ,,Nogironligi bo’lgan shaxslar” konvensiyalari orqali nogironligi bo’lgan bolalarga e'tbor kuchaymoqda. Ularni jamiyatga ijtimoiylashtirish hamda ularni hayotda o'z o'rinlarini topishlari, bandliklari – muqobil kasb topishlarida ko'maklashilmoqda. Internet tipidagi muassasalar, muruvvat uylarida bolalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, kasbga yo’naltirish, ta'lim darajasi (inklyuziv ta'lim, masofaviy ta'lim) sohalarini tubdan yangilash chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Download 61.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling