O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi мirzo ulug’bek nомidagi o’zбbеkisтоn мilliy universiteti ijтiмоiy fаnlar fакulтетi ijтiмоiy ish каfеdrаsi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ish fаnidan


Download 61.42 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi61.42 Kb.
#1535318
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
gulom1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI МIRZO ULUG’BEK NОМIDAGI O’ZБBЕKISТОN МILLIY UNIVERSITETI
IJТIМОIY FАNLAR FАКULТЕТI
IJТIМОIY ISH КАFЕDRАSI
OTA-ONA QARAMOG‘ISIZ QOLGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISH FАNIDAN

КURS ISHI


MAVZU: Nogironligi bo’lgan bolalar uchun internat tipidagi Muruvvat uylari faoliyat yuritish tartibi hamda nogironligi bo’lgan bolalar bilan ijtimoiy ish


BAJARDI: Sattorova K
QABUL QILDI: Zaitov E



Тошкент-2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………..………...3

  • 1.BOB. NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARNI MURUVVAT UYLARIGA JOYLASHTIRISH TARTIBI VA FAOLIYAT YURITISH TARTIBI

  • 1.1. Nogironligi bo’lgan bolalarni Muruvvat uylariga joylashtirish tartibi......................................................................................................……7

  • 1.2. Muruvvat uylarining faoliyat olib borish tartibi……………..……..13

  • II.BOB. O'ZBEKISTONDA INTERNAT TIPIDAGI MURUVVAT UYLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI

  • 2.1. O‘zbekistonda Muruvvat uylari faoliyatini takomillashtirish..…....21

  • 2.2. Muruvvat uylari faoliyatini takomillashtirishda xorij tajribasi.…..29

  • XULOSA……….……………………………………………………….…29

  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………........…………………30

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamalakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida inson qadri, uning huquq va erkinliklarni to’laqonli ta’minlab berishga qaratilgan izchil islohatlar tizimini alohida ta’kidlab o’tishimiz lozim.
Yurtimizda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirishdan iboratdir.
Aholining maxsus jamoat va davlat qaramog 'iga muhtoj toifalari orasida yetim bolalar va ota-ona qaramog 'isiz qolgan bolalar alohida o 'rin tutadi. Bugungi kunda jamiyatning asosiy vazifasi - ularni to'laqonli, sog'lom fuqarolar etib voyaga yetkazish, ularga keyinchalik ijtimoiy moslashishni osonlashtiradigan kasbiy va turli xil hayotiy koʻnikmalarni singdirishdir.
Xususan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil avgust oyida “Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora tadbirlari tog’risida”gi qarori qabul qilindi.¹ Ushbu qaror asosida ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni davlat tomonida qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish hamda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy nafaqalari hamda uy, ish bilan ta’minlash masalalarida aniq vazifalar belgilab berilganligi va bu asosida olib borilayotgan ishlar katta ahamiyat kasb etadi.

Download 61.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling