O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti


Ikkinchi imperiyaning Fransiya tarixida tutgan o`rni va tarixiy ahamiyati


Download 87.63 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi87.63 Kb.
#1575854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Zarnigor

1.4 Ikkinchi imperiyaning Fransiya tarixida tutgan o`rni va tarixiy ahamiyati
60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, Fransiyaning tashqi siyosatidagi rejalari birin-ketin barbod bo`la boshladi. Imperiyaning yetilib kelayotgan ichki krizisi uning tashqi siyosat sohasidagi muvaffaqiyatsizliklari bilan yanada og’irlashdi. 1862 yilda Napoleon III hukumati yangi mustamlakachilik nayrangini boshladi. Fransiya, Angliya va Ispaniya bilan birgalikda respublikachi hukumatga qarshi qo`zg’olon ko`targan reaksionerlar va klerikallarni qo`llab-quvvatlash uchun Meksikaga qo`shin yubordi. Meksikaga ekspeditsiya fransuz bankirlarining talabi bilan uyushtirilgan edi. Boy, tabiiy resurslarga ega bolgan Meksikani Fransiyaning mustamlakasiga aylantirishni orzu qilgan ko`pgina fransuz sanoatchilari ham bu ekspeditsiyani qo`llab-quvvatladilar. 1863 yilda marshal Bazen qo`mondonligidagi fransuz qo`shinlari Meksika poytaxtini egalladi va respublika tuzumini ag’darib tashladi, Meksika taxtiga Napoleon III papa Piy IX homiyligi ostida gersog Maksimilianni o`tkazdi.
Shu davrga kelib ingliz-Fransuz munosabatlari keskin yomonlashdi. Bunga Napoleon III ning Yevropadagi bosqinchilik rejalari, shuningdek, fransuzlarning Hindi-Xitoyga kirib borishi va Misr ustidan fransuz nazoratini o`rnatishga qaratilgan urinishlari sabab bo`ldi. 1869 yilda fransuz muhandisi Lesseps loyihasi asosida qazilgan va birinchi vaqtda fransuz kapitalistlari qo`lida bo`lgan Suvaysh kanali ochildi. Bu narsa Angliyada katta norozilik tug’dirdi.
Napoleon III ning Rossiyaga qaratilgan siyosati rus-Fransuz munosabatlarining yomonlashuviga olib keldi. Ikkinchi imperiya hukumati 1856 yildagi Parij bitimi qonun-qoidalarini qattiq qo`llab-quvvatladi, Turkiya va Ruminiyani Rossiyaga qarshi g’ij-g’ijladi. Polshadagi 1863 yil qo`zg’olonini Rossiyaga qarshi qaratishga urindi.
Fransiyaning Italiya bilan munosabatlari ham unga qo`l kelmadi. Rimda 1849 yildan boshlab fransuz harbiy garnizoni qoldirilgan edi. U papaning dunyoviy hokimiyatini qo`riqlab, Italiyani birlashtirishga to`sqinlik qilib kelardi. 1864 yil sentyabrda konventsiya tuzilib, unga muvofiq qirol Viktor emmanuil Rimdagi papa hokimiyatini tashqaridan bo`ladigan har qanday hujumlardan himoya qilish majburiyatini o`z zimmasiga oldi. Napoleon III ga kelganda, u ikki yillik muddat ichida fransuz qo`shinlarini Rimdan olib chiqib ketishi kerak edi. 1866 yilning oxirida Fransiya harbiy garnizoni Rimdan olib chiqib ketildi. 1867 yilda Rimga Garibaldi otryadining yo`lini to`sish uchun Italiyaga yana fransuz qo`shinlari yuborildi. 1867 yil noyabrida Mentana yonidagi jangda garibaldichilar otryadlari fransuz qo`shinlari korpusi va papa piyoda askarlari tomonidan tor-mor qilindi.
Ikkinchi Rim ekspeditsiyasi Italiya bilan Fransiya o`rtasidagi munosabatlarni keskin sur`atda yomonlashtirib qo’ydi va Fransiyaning Italiyada jandarmlik rolini o`ynaganligi fransuz jamiyati progressiv qatlamlarini qattiq g’azablantirdi. Fransiyaning yirik burjuaziyasi va Napoleon III hukumati temir rudasiga boy bo`lgan Lyuksemburg ulug’ gersogligini bosib olishga, Reyn daryosining so`l qirg’og’ida joylashgan yerlarni Fransiyaga qo`shishga intildi, Belgiyani ham qo`shib olish niyati paydo bo`ldi. Bu agressiv rejalarga Fransiyaning kuchayib ketishidan qo`rqqan Prussiya ham, Angliya ham qattiq qarshilik ko`rsatdilar. To`g’ri 1865 yilda Bismark Napoleon IIIga, agar Fransiya o`sha vaqtda Prussiya bilan Avstriya o`rtasida bo`ladigan urushda betaraf tursa, buning evaziga territoriya berish va`dasiga ishonib, 1866 yildagi Avstriya-Prussiya urushida Fransiya betaraf turdi. Fransiya hukumati urush tomom bo`lganidan keyin va`da qilingan territoriyani talab qilganida, Bismark bu talabni rad etdi. Natijada Fransiya bilan Prussiya o`rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.
1867 yilda, Napoleon III Zalutsburgda Frans-Iosif bilan uchrashganidan keyin, Prussiyaga qarshi Fransiya bilan Avstriyaning yaqinlashayotganligi namoyon bo`ldi. 1869 yili Germaniyani birlashtirishni tugallashga intilayotgan Prussiyaga qarshi Avstriya-Fransiya-Italiya ittifoqi rejasi amalga oshirilishi ko`zda tutildi. Uch davlat ittifoqidan iborat bunday reja amalga oshmadi. Fransiya diplomatiyasining Prussiya bilan Bovariya o`rtasidagi ziddiyatdan foydalanish va Shimoliy Germaniya ittifoqiga qarama-qarshi o`laroq Fransiya protektorati ostida janubiy Germaniya ittifoqini tuzishga qaratilgan o`rinish ham muvoffaqiyatsiz chiqdi.
Fransuz burjuaziyasi Prussiyaning Germaniyani birlashtirishdagi muvaffaqiyatlaridan xavotirlanib, kuzatib bordi va Napoleon III hukumatining Germaniyaning militarizatsiyalashgan Fransiyaning xavfli g’animiga aylanishiga qarshi faol kurash olib bormayotgani uchun Angliyani koyidi.
Ishchilarning bonapartizm rejasiga qarshi kurashi tobora faollashib bordi. 1867 yyl noyabrida Parij Internatsional a`zolari boshchiligidagi bir guruh ishchilar Rimdagi papa hokimiyatini himoya qilish uchun Italiyaga fransuz qo`shinlarining yuborilishiga qarshi norozilik namoyishini o`tkazdilar. Internatsionalning Parij federatsiyasilari ustidan 1868 yilning mart va may oylarida ikki marta sud protsessi o`tkazilishi Fransiyada internatsional seksiyalarning faoliyatini to`xtatish u yoqda tursin, balki, aksincha ularning fransuz ishchilari orasidagi obro`yini yanada ko`tarib yubordi. Ko`zga ko`ringan sotsialist, muqovachi, ishchi Varlenning ana shu jarayonlarning ikkinchisida so`zlagan nutqi kuchli ta`sir ko`rsatdi. 60-yillarning oxiriga kelib Internatsionalning Parij tashkiloti rahbarligiga prudonchilar o’rniga jamoaviy sotsialistlar (ularni odatda so`l prudonchilar deb ataydilar) -Varlen, Franklin, Avrial va boshqalar keldi.
Napoleon III hukumati 1868 yil iyunida ishchilarni faol siyosiy kurashdan chalg’itish uchun ommaviy yig’ilishlar o`tkazishga ruxsat berdi. Ammo unda siyosiy masalalar muhokama qilinmasligi shart qilib qo’yildi. Bunday cheklashlarga qaramay, ommaviy ishchilar ko`plab qatnashchilarni jalb , qildi. Notiqlar orasida Varlen, Ranve, Brian, Flurais va ko`pgina inqilobchilar, kollektivchi sotsialistlar, Internatsional a`zolari bor edi. Ular burjua iqtisodchilarining kapitalistik tuzumni himoya qilib ko`rsatilgan dalillarini muvaffaqiyat bilan rad etar edilar. Bundan bezovtalangan hukumat sinfiy - proletar ozodligi ruhida so`zlagan nutqlarni politsiya va sud jazosiga tortdi. Ularning ko`plari qamoqqa olindi, jarima solindi va turmalarga tashlandi.
Fransiya ishchilari orasida inqilobiy - sotsialistik g’oyalarni tashviqot qilishda 1869 yil dekabridan chiqa boshlagan "Marsel’za" gazetasi katta rol o`ynadi. Bu gazeta sahifalarida ish tashlashlar haqida mufassal axborotlar berib borildi va ijtimoiy siyosiy masalalar yuzasidan, bo`lajak inqilob vazifalari va o`sha vaqtdayoq Kommuna deb nom olgan bo`lajak inqilobiy hukumat xarakteri haqida nazariy maqolalar bosildi. Ishlab chiqarishning ancha qisqarishiga va ishchilar ahvolining yomonlashuviga olib kelgan 1866-1867 'yillardagi iqtisodiy krizis proletariat orasida inqilobiy kayfiyatning kuchayib ketishiga sabab bo`ldi. 1867 yilda Amen’da, Marsel’da va Rubeda bo`lib o`tgan stachkalar, 1869 va 1870 yillarda Luara toshko`mir havzasida, hamda Krezo to`p zavodida bo`lib o`tgan stachkalar hukumatga qarshi jangovar xarakterga ega bo`ldi. Bu stachkalar qo`shinlar bilan shafqatsizlarcha bostirildi.
Stachkalar-ishchi tashkilotlari, kasaba uyushmalari, matlubot kooperatsiyalari o`zaro yordam kassalarini yangidan tuzishga va eskilarini mustahkamlashga olib keldi. Hukumat ishchilarni siyosiy kurashlardan chetga tortishga intilib, 1868 yilda mavjud kasaba sayuzlarini qonunlashtirdi. Biroq bu yon berish hukumat kutganidek natija bermadi. 1869 yil Parij kasaba soyuzlari "ishchilar jamiyatlarining federal byurosi"ga birlashdi. U 50-60 tashkilotni birlashtirdi va Internatsional seksiyalari bilan mustahkam aloqada bo`ldi.
Fransiyada liberal-oppozitsion harakatning yuksalishi inqilobiy krizisning yetilib kelayotganini ko`rsatuvchi alomatlardan biri edi. Burjua liberallari ishchilar sinfining inqilobiy harakatidan qo`rqardilar, lekin shu bilan birga ular bonapartizm rejimidan norozi edilar.
Napoleon III hukumatining bunday sharoitdagi yangi yon berishlari - majlis va matbuot erkinligi sohasidagi ayrim cheklashlarning bekor qilinishi, Qonun chiqaruvchi korpus va senat huquqlarining kengayishida burjua intellegentsiyasining progressiv doiralari katta rol o`ynadi. 1868 yilda keksa inqilobchi Deleklyuzning sud jarayonida so`zlagan nutqi kuchli ta`sir ko`rsatdi. Deleklyuz boshqa bir nechta demokratik arboblar bilan birgalikda Voden qabri ustidagi namoyishlarga qatnashganligi, o`nta haykal o`rnatish uchun pul yig’ishni tashkil etganligi uchun sud javobgarligiga tortilgan edi. Gambetta himoyachi sifatida nutq so`zlab, o`z so`zini bonapartchilar to`dasiga qarshi g’azabli aybnomaga aylantirib yubordi. Talantli publitsist Roshferning 1868 yilda tashkil qilgan haftalik "Fonar’" pamfleta katta dong chiqardi. U Napoleon III va bonapartizm rejimining boshqa arboblarini zaharxandalik bilan yozilgan o`tkir makolalari va fel’etonlari orqali fosh qilib turdi va ular ustidan kuldi. "Fonar’" hukumat tomonidan taqiqlab qo`yilganidan keyin, Roshfer uni Belgiyada nashr eta boshladi. U yerdan jurnal yashirin ravishda Fransiyaga keltirib turildi. 1869 yilda Qonun chiqaruvchi korpusga o`tkazilgan saylovlarda oppozitsiya ajoyib g’alabaga yerishdi. 7,8 millionga ega umumiy ovozning 3,3 milliontasini oppozitsiya oldi. Yangi saylangan deputatlar orasida Roshfer va Gambetta ham bor edilar. Gambetta o`zining Parij ishchilari tomonidan qo`llab-quvvatlaganini his qilib radikal siyosiy dasturni maydonga tashladi. Unda cherkovni davlatdan ajratish, doimiy armiyani bekor qilish, politsiya zo`ravonligini tugatishdan iborat bandlar bor edi. Biroq Gambetta bu dasturni tinch yo`l bilan amalga oshirish kerak deb hisobladi va imperiyaga qarshi kurashning inqilobiy yo`liga qarshi chiqdi. Saylovlar natijasidan qo`rqib ketgan hukumat oppozitsion harakatining kuchayib ketishini to`xtatish uchun yana bir marta urinib ko`rdi. 1870 yil 2 yanvarda printsipsiz, respublikachilardan bulmish emil’ Oliv’e boshchiligida yangi kabinet tuzildi. Biroq "liberal" kabinet deb atalgan bu kabinet ham imperator rejimining hayotiga xavf solayotgan ijtimoiy norozilikni to`xtatishga ojiz edi. 1870 yil yanvar oyining boshlarida yosh respublikachi jurnalist Viktor Nuar shahzoda Pe’p Bonapart tomonidan vahshiylarcha o`ldirildi. Viktor Nuarning dafn etish marosimi hukumatga qarshi qaratilgan juda katta namoyishga aylanib ketdi.
Ish hatto qurolli qo`zg’olongacha borib yetay deb qoldi. 1870 yil fevralida, undan keyin esa may oyida Parijning ishchi bo`limlarida inqilobiy ko`tarilishlar bo`lib turdi, barrikadalar qurildi va politsiya bilan to`qnashuvlar yuz berdi.
Ushbu mavzuni urganish uchun maxsus xaritalar va sxemalardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. XVIII -XIX asrlarda Yevropa.
2. XIX asrda Fransiya va Angliya.
3. XIX - XX asrlarda Fransiya.
4. Birinchi va Ikkinchi imperiya davrida Fransiya siyosiy-iqtisodiy rivojlanishi sxemasidan taqqoslash uchun foydalanish mumkin.
Ikkinchi imperiya davrida Fransiya (1852-1870 yillar) mavzui bo`yicha quyidagi masalalarda fikr yuritish tavsiya etiladi.
1. 1850-70 yillarda Fransiya iqtisodiy ahvoli.
2. Fransiyada yangidan bonapartchilar hukmronligining o`rnatilishi va uning salbiy oqibatlari,
3. Ikkinchi imperiya davrida Fransiya tashki siyosati.
4. Ikkinchi imperiya davrida Fransiya ishchilarining inqilobiy harakatlari.
5. Fransiyada liberal-opozitsion harakatning yuksalishi va uning mohiyati.
6. Ikkinchi imperiyaning Fransiya tarixida tutgan o`rni va ahamiyati.
Ushbu mavzuni o`rganishda uni 1850-70 yillarda Angliya mavzui bilan chog’ishtirib, taqqoslab, tegishli tarixiy ma`lumotlarni bayon qilish maqsadga muvofiqdir.


Download 87.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling