O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti
Kurs ishning maqsad va vazifalari
Download 87.63 Kb.
|
Kurs ishi Zarnigor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishning ilmiy yangiligi.
- I BOB. FRANSIYADA IKKINCHI IMPERIYANING O‘RNATILISHI 1.1 Ikkinchi imperiya davrida Fransiya
Kurs ishning maqsad va vazifalari.
Mazkur bitiruv malakaviy ishning maqsadi XVII – XVIII asrlarda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumini mavjud manba va adabiyotlar asosida ilmiy tahlil qilish. Yuqoridagi asosiy maqsaddan kelib chiqib qo’ydagi vazifalar yechiladi: - XVII asrda Fransiyadagi milliy – ozodlik jarayonining borishi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy - ozodlik harakatini ilmiy tahlil qilish; - Fransiyada siyosiy markazlashuv jarayonning xususiyatlari va amalga oshirishni sabablarini aniqlash; - XVII asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot manzaralarini yoritib berish; - Fransiyada diniy urushlar va siyosiy diniy guruhlar faoliyatini qiyosiy tahlil qilish; - XVIII ars Fransiyada mutloq manorxiyaning tiklanishi va uning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berishdan iborat. Kurs ishning ilmiy yangiligi. Kurs ishda XVII – XVIII asrlarda Fransiyaning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosat va madaniy sohadagi ahvoli masalalari ilk bor yangi adabiyotlar asosida bitiruv - malakaviy ish sifatida tadqiq etilmoqda. Ilk bor mavjud manbalarga asoslanib, XVII asrda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi va frabsuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy – ozodlik harakatlari yoritib beriladi. Shuningdek XVIII asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot, diniy urushlar va siyosiy diniy guruhlar faoliyati ham ilmiy tahlil qilinadi. XVIII asrda Fransiyada mutloq monarxiyaning tiklanishi hamda monarxiyasining o’ziga xos xususiyatlari ikmiy adabiyotlar asosida yoritib beriladi. I BOB. FRANSIYADA IKKINCHI IMPERIYANING O‘RNATILISHI 1.1 Ikkinchi imperiya davrida Fransiya 1805 yil avgustida Napoleon imperiyasiga qarshi Angliya, Rossiya, Avstriya va Ikki Sisiliya qirolliklridan iborat 3-koalisiya tuzildi. Ittifoqchilaming maqsadi Germaniya, Ilaliya, Shvesariya va Gollandiya hududidan fransuz qo`shinlarini haydab chiqarish va bu mamlakatlarda eskl tartiblarni tiklashdan iborat edi. Dengizda frantsuz va ispan floti 1805 yil oktyabridanoq admiral Nelson qo`mondonligidagi ingliz floti tomonidan Trafalgar burni yaqinida tor-mor etildi. Napoleonning Angliyaga desant tushirish rejasi barbod bo`ldi. Bulondagi frantsuz harbiy lageri Reyn ortiga yo`nallirildi. Noyabr oyida frantsyz qo`shini Venani egalladi. 1805 yil 2 dekabrda Avstriya va rus qo`shlari birgalikda Austerlisda frantsuz qo`shini bilan jangga kirdi va ittifoqchilar tor-mor etildi. Austerlis mag`lubiyatidan , so`ng Avstriya urushdan chiqib, Fransiya bilan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo`ldi. Unga ko`ra Fransiya Germaniya va Italiyada erkin haiakat qilishni qo`lga kiritdi. Benetsiya, Istriya va Dalmatsiya Ilaliya qirolligiga qo`shib olindi. 1806 yil Napoleon janubiy german davlatlaridan o`zining protektoratligi ostidagi Reyn ittifoqini tuzdi. Italiyadagi frantsuz qo`shinlari Neapolni egalladilar va Napoleonning akasi Jozef Bonapart Neapolitaniya taxliga o`tirdi. Batova respublikasini Napoleon Gollandiya qirolligiga aylantirib, uning taxtiga ukasi Lyudovikni o`tqazdi. Avstriyani tor-mor etgan Fransiya Pmssiya bilan hisoblashmay qo`ydi. Gannovcrni Prussiyaga berib, keyinroq uni tortib olishga qaror qildi va o`z qo`shinlarini Prussiya hududiga kiritdi. Yaqinlashayotgan xavfni sezgan Prussiya hukumati Rossiya va Angliya bilan ittifoq tuzdi. 1806 yil sentyabrida mazkur davlatlar va Shvesiya 4-koalisiyani tashkil qildilar. Raqib kuchlarni birlashtirrnasdan tor-mor etish qoidasiga amal qilgan Napoleon osongina Prussiya qo`shinlarini tor-mor etib, Berlinni egalladi. 1806 yil 21 noyabrda Napoleon "Kontinental blokada" haqida Berlin dekretini imzoladi. Bu dekret Fransiyaga bo`ysundirilgan davlatlarning Angliya bilan savdo qilishini ta`qiqladi. Angliyani qo`shin bilan olish umidi puchga chiqqan Napoleon uni iqtisodiy jihatdan bo`g`ib qo`yishga qaror qildi. 1807 yilda Napoleon Angliya portlariga va mustamlakalariga kirgan betaraf mamlakalarning kemalarini tutib ola boshladi; Berlinda kontinental blokada e`lon qilgan Napoleon, endi qo`shinlarini Sharqiy Prussiyadagi rus qo`shinlari ustiga yo`naltirdi. 1807 yilning 14 iyunida Fridlandda rus qo`shini tor-mor etildi. Rossiya 1804 yildan buyon Eron bilan, 1806 yildan esa Turkiya bilan urush olib borayotgan bo`lib, qiyin ahvolga tushib qoldi va Napoleon balan bitim tuzishga kirishdi. 1807 yil 7 iyulda Tilzitda Aleksandr 1 va Napoleon sulh, ittifoqchilik to`g`risida shartnoma im/oladilar. Unga ko`ra Fransiya G`arbiy Hvropada erkin harakat qilish huquqini qo`lga kiritdi. Polsha yerlari (Sileziyadan tashqari) Prussiyadan tortib olinib. Fransiyaga tobe bo`lgan Varshava gersogligi tuzildi. Rossiya kontinental blokadaga qo`shilish majburiyatini oldi. Napoleon Turkiyaning Yevropadagi provinsiyalarini va Shvelsiyani egallashida Aleksandr f ga qarshi emasligini ma`lum qildi. 1807 yil Napoleon Portugaliyani kontinental blokadaga qo`shilishini so`radi, biroq,bunga rad javobini oldi. Shunda u Ispaniya orqali frantsuz qo`shinlarini Portugaliyaga kiritdi. Angliyaning yordami bilan portugallar frantsuz qo`shinini tor-mor etdilar. Shundan so`ng katta miqdordagi fransuz qo`shinlari Ispaniyaga kiritildi va Jezef Bonapart Ispaniya taxtiga o`tirdi. Ispaniyada fransyzlarga qarshi milliy ozodlik urushi boshlanib ketdi. Fransiya hududidan Ispaniyaga yangidan harbiy kuchlar keltirildi. 1808 yil oktyabrida llrfurtdagi muzokalardan so`ng Aleksandr 1 Napoleonga uning Avstriyaga qarshi urushida iltifoqchisi bo`lishga rozi bo`ldi. Biroq, amalda jiddiy harbiy harakatlarni olib bormadi. 1810 yildan boshlab Rossiya -- Fransiya munosabattari tez yomonlasha boshladi. Napoleon Turkiya va Eronni Rossiyaga qarshi urushni davom ettirishga da`vat etdi. Kontinental blokada rus pomeshchiklari va savdogarlarini xonavayron qildi. Napoleon 1810 yil Franlsiyaning Rossiyaga kiritilayotgan zebi-ziynat byumlariga bojxona lo`lovlarini oshirilganidan va Rossiyaga ingliz mahsulotlarini erkin kiritalayotganidan norozi edi. Rossiya-Frantsuya munosabatlariga Napoleonning Varshava gersogligidagi Rossiyaga qarshi platsdarm va Fransiyaning ittifoqchisi sifatida foydalanayotganligi ham sabab bo`Idi. 1812 yilda Rossiya-Turkiya bilan Buxarestda sulh shartnomasini imzoladi. Buxarest sulhi Rossiya diplomatiyasining katta yutug`i edi. Unga ko`ra Bessarabiya Rossiyaga berildi. Turkiya va Rossiya Fransiyaga qarshi birgalikda`harakat qilishga kelishib oldi. Shunday qilib Rossiya va Fransiya o`rtasida urush yetildi. Napoleon Rossiyaga hujum qilish uchun 640 ming kishiiik qoshin tayyorladi. Rossiya armiyasi unga qarsgi 230 ming kishilik konlingentini qo`ydi. 24 iyun 1812 yilda Napoleon Neman daryosi orqali Rossiyaga hujum qildi. Dastlabki yirik jang Smoienskda, 7 sentyabrda esa Moskva yaqinidagi Borodino qishlogida bo`lib o`tdi. Borodino jangi har ikkala tomon uchun ham katta yo`qotishlar bilan tugadi. Frantsuzlar 135 ming kishilik qo`shindan 60 ming, ruslar 320 mingdan 40 minggan ko`proq qurbon berdilar. Kutuzov qo`mondonligidagi rus armiyasining slrategiya va taktikasi, partizanlik urushi, qahraton qishning boshlanishi, Rossiya hududmlng kengligi va Fransiyadan uzoqlab ketgan ko`p sonli frantsuz qo`shinlarini qurol-yarog", o`q-dori, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashdagi uzilishlar va qiyinchiliklar Rossiyani mag`Iubiyatdan saqlab qoldi. Frantsuz armiyasi tor-mor etildi. Napoleon bir qism armiyasi bilan Fransiyaga chekindi. 1813 yil bahorida Fransiyaga qarshi Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya va Portugaliyadan iborat 6-koalitsiya tashkil qilindi. Koalitsiuaning 300 ming qo`shinlari bilan frantsuzlarning 190 ming kishilik qo`shini o`rtasida hal qiluvchi jang 1813 yilning 16-19 oktyabr kunlari Leyptsigda yuz berdi. Unda har 2 tomondan 140 ming kishi qurbon berilgan. Frantsuz qo`shinlari mag`iubiyatga uchradi. 1814 yil harbiy harakatlar Fransiya territoriyasiga ko`chdi. 1814 yil martida Shomon shahrida Rossiya, Angliya, Avslriya va Prussiya urushni oxirigaeha ya`ni to`la g`alaba qilguneha davom ettirish haqida shartnoma imzoladilar. 31 mart kuni ittifoqchilar qo`shini Parijni egalladi. Senat Burbonlar sulolasini hokimiyatga tikladi. Lyudovik XVI ning ukasi graf Provanskiy Lyudovik XVIII nomi bilan Fransiya taxtiga o`tirdi. 1814 yilda Parij tinchlik shartnomasiga ko`ra Fransiya 1792 yilgi chegaralariga qaytarildi. Napoleon Elba oroliga surgun qilindi. Napoleon ustidan g`alaba qilgan 4 asosiy davlat: Rossiya, Angliya, Prussiya, Avstriya vakillari 1814 yil 1 sentyabrdan 1815 yil 9 iyunigacha bo`lgan vaqt davomida Yevropadagi siyosiy holatni tartibga solish uchun Venada kongress chaqirdilar. Ular "legitimizm" prinsipini ya`ni, hokimiyatning yo`qotgan monarxlarni hokimiyatga tiklash uchun harakat qilayotgan bir vaqtda, 1815 yil 1-martda Napoleon Bonapart 1000 kishilik qo`shin bilan Parijga keiayotganligi haqida xabar tarqaladi. 20 martda Napoleon Fransiya taxtini egalladi. Napoleonga qarshi tezda 7-koalitsiya tuzildi. Unga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya va boshqa davlatlar kiradi. Juda katta harbiy ustunlikka ega bo`lgan koalitsiya qo`shinlari 18 iyun kuni Bryussel yaqinidagi Veterloo qishlog`ida Napoleon qo`shinini tor-mor etadi. 22 iyunda o`zining yangi 100 kunlik boshqaruvidan so`ng Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo`Idi va Muqaddas Elena oroliga surgun qilindi. Fransiyaga yangidan kontributsiya solindi. Bcna kongressi qarorlari Yevropada dvoryan-monarxik reaksiyaning kuchayishiga sabab bo`Idi. Tnqilobiy va milliy-ozodlik harakatlariga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida Yevropa davlatlarining reaksion hukumatlari o`zaro "Muqaddas ittifoq" deb atalgan ittifoq luzdilar. 1815 yil 26 senlyabrda Aleksandr 1 tomonidan tayyorlangan bu hujjat Angliya va Turkiyadan tashqari barcha monarxik davlatlar tomonidan imzolandi. Unung a`zolari sof birodariik va xristian dini prinsiplaridan kelib chiqqan holda bir-birini qo`llab-quvvatlash majburiyatini oldilar. Download 87.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling