O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti
Ikkinchi imperiya davrida ijtimoiy siyosiy harakatlar va imperiyaning inqirozi
Download 87.63 Kb.
|
Kurs ishi Zarnigor
2.3 Ikkinchi imperiya davrida ijtimoiy siyosiy harakatlar va imperiyaning inqirozi
Imperiya o`rnatilgandan so`ng ishchi tashkilotlar ta`qib ostiga olindi. Liondagi ishchi ittifoqlari tugatildi, ishchi koopcrativlari va "Isbchilarni birlashtirish jamiyatlari", Parijdagi "Xo`jalik jamiyati" o`zlarining invcntarlarini sotishga va faoliyatini lo`xtatishga majbur bo`ldilar. Davlat to`ntaruvigacha Fransiyada mavjud bo`Igan 290 ta ishlab chiqarish kooperativlaridan bor yo`g`i 15 tasi saqlanib qoldi. Ishchilarning iqtisodiy ahvoli niyoyatda yomonlashdi. Ayrirn ishchilardan ish haqi ko`tarilishiga qaramasdan eng zarur oziq-ovqat maysulotlarining narxi 45% , kvartira haqi 70% ko`tarilganligi sababli ahvol tangligicha qolaverdi. Aksariyat korxonalarda ish kuni 12 soatdan ziyod bo`Iib, bolalar va ayoSlarni ekspluatatsiya qilish kuchaydi. Shu bilan birga Napoleon III "Ishchi tashkilotlarini" tinchlantirishga harakat qildi. Bunday jamiyatlar politsiyaning ko`rigidan o`tgan bo`Iib. imperator ularning raislarini tayinlashi lozim edi. Bunday jamiyatlar bepul bino, mebel, davlatdan moliyaviy yordam olish kabi imtiyozlar bilan ta`minlangan edi. `"Politsiya sotsializmi" deb atalgan bunday jamiyatlarni qurishga u`rinish muvaffaqiyatsiz bo`ldi, ishchilarning norozilik chiqishlari davom etdi. 50-yillarda ishchilarning imperiyaga qarshi norozilik harakatlari ish tashlashlar bilan, siyosiy chiqishlari esa, suiqasd va terroristik ko`rinishlar bilan bordi. 1855 yil Anjer yaqinida 600 ta qurollangan ishchilar shaharni cgallash uchun qo`zg`aldilar. Ammo ular hukumat qo`shini tomonidan lor-mor etildi. Bu qo`zg`olonchilar "Marianna" jamiyatiga mansub bo`Iib, ular respublika tarafdorlari edilar (Marianna-frantsuz respublikasini aks ettiruvchi ayolning nomi edi). Respublikachi maxfiy jamiyatlar va to`garaklar qatorida 50- yillarda Fransiyada sotsialistik tashkilotlar ham mavjud edi. Masalan, Anzen shaxridagi shaxty or laming maxtiy tashkiloti 1856 yil may oyida tashkil qilinib, u o`zining bosh maqsadi sifatida demokratik respublika o`raatishga harakat qildi. 1859 yildan so`ng Fransiyada yakobinchilardan iborat bo`Igan harakat qaytadan jonlandi. Bu yakobinchilar 1792 yildagi kabi konvent chaqirib, imperiyani ag`darilishini va xususiy mulkni daxlsiz, deb e`lon qilinishini talab qilayotgah edilar. Yakobinchilar asosan mayda burjuaziya va ziyolilardan iborat edi. Ayrim sotsialistik elementlar ulardan ajralib chiqib, blankichilarga qo`shildi, Blankichilar partiyasi 1859 yilgi avfdan so`ng Blankining Fransiyaga qaytishi bilan tashkil topdi. Uning yadrosini inqilobiy ziyolilar, o`quvchi va talaba yoshlar, qisman` ishchilar tashkil etdi. Bu jamiyat o`z oldiga bir hovuch ziyolilarning fitnalar uyushtirishi bilan hokirniyatni qo`lga kiritish va o`zining diktaturasini o`rnatishni maqsad qilib qo`ygan edi. 60- yillarning boshida mamlakatda bo`Igan ish tashlashlar nattjasida XVIII asr frantsuz burjua inqilobi davrida ehiqarilgan Le-Shapele qonuni 1864 yilda bckor qilindi. Bu qonun ishchi ittifoqlarining faoliyatini ta`qiqlar edi. Qonunning bekor qilinishi ishchilar harakatining jonlanishiga sabab bo`ldi. 60-yillaming oxirlaridan boshlab, ikkinchi imperiyaning davlat binosiga darz keta boshladi. Napoleon III ning reaksion ichki va doimiy bocqinchilik urushlarini olib borish siyosati xalq ommasining katta noroziligiga sabab bo`ldi. Frantsuz burjuaziyasi imperatorning muvaffaqiyatsiz tashqi siyosatidan kalta moliyaviy zarar ko`rayotgan edi. Fransiyaga qo`shni hududda zaif, tarqoq german davlatlari o`rnida Prussiya boshchiligida Fransiyaga xavfli raqib Shimoliy Germaniya ittifoqi tashkil topdi. Italiyaning birlashishi ham Yevropadagi kuchlar nisbatini Fransiya zarariga o`zgartirib yubordi. Frantsuz jamiyati yuqori doiralarning noroziligiga papaga yordam sifatida Rimga frantsuz qo`shinlarining jo`natilishi ham sabab bo`ldi. 1867 yil 3 noyabrda frantsuz qo`shinlari papani yollanma qo`shini bilan ittifoqchilikda Mcnlane yaqinida garibaldichilarni tor-mor o`di, Rim papa hokimiyati ostida qolaverdi. Italiyan xalqining milliy birlashish uchun kurashiga Fransiyaning aralashuvi frantsuz xalqi demokratik qatlamlarining g`azabini uyg`otdi. Juda ko`p mablag` sarflangan mustamlakachilik ekspeditsiyalari, impcrator saroyini ta`minlash uchun ham ko`p mablag` sarflanishi, ma`muriyatning xoinligi, nafaqat keng xalq" ommasida, balki imperator bilan hamkorlikda bo`Igan savdo-sanoat burjuaziyasi da ham norozilik tug`dirdi. Ayniqsa, 1867 yilda juda ko`p qurbonlar talab qilgan Meksika harbiy ekspeditsiyasining muvaffaqiyatsizlik bilan tugashi bu noroziliklarni nihoyatda kuchaytirdi. 60- yiliarning oxirlaridan Fransiyada ish tashlashlar yanada xafli tus oldi. Agar 50-yillarda ish tashlashlar asosan iqtisodiy ahamiyat kasb etgan bo`lsa, 60-yillardan boshlab u siyosiy chiqish tusini ola boshladi. Mamlakatda o`sib borayotgan inqiroz Napoleon III ni bir qancha yon berishlarga majbur qildi (Senzuraning yumshatilishi, Quyi palataga qonun chiqaruvchilik tashabbusini berilishi va boshqalar shular jumlasidandir). Ammo bunday mayda yon berishlar ommaning noroziligini barlaraf etmadi. 1867-yilda Prussiyaning Avstriyaga qarshi urushining muvaffaqiyatli tugashi va Shimoliy Germaniya ittifoqining tashkil topishi, Meksika yurishining barbod bo`lishi, imperiya inqirozini kuchaytirdi. Fransiyaning 1870 yil Germaniyaga qarshi urushidagi maglubiyati imperiya inqirozining eng yuqori nuqtasi bo`ldi. Ikkinchi imperiyaning e`lon qilinishi Fransiyada yirik burjuaziyaning eng reaksion va agressiv qatlamlarining alohida hukmronlik shakli - bonopartizmning diktaturasi barpo qilinganidan darak berardi. Savdo-sanoat burjuaziyasining keng qatlamlari hukumat siyosatiga ta`sir qilishdan chetlashtirildi. Mehnatkash omma butunlay huquqsiz qilib qo`yildi. 1851 yil 2 dekabrda bo`lib o`tgan davlat to`ntarishi 1848 yil inqilobi tufayli to`la qo`lga kiritilgan deyarli barcha burjua - demokratik yutuqlarni yo`qqa chiqardi. Ishchilar ittifoqlari va kooperativlar tarqatib yuborildi, respublikachilar partiyasi tor-mor qilindi, demokratik matbuot bo`g’ib qo`yildi. Barcha reaksion hukumatlarning sodiq ittifoqchisi bo`lib kelgan katolik ruhoniylar yanada katta siyosiy ta`sir ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ldi. Parlament muassasalari saqlanib qolindi, ammo har ikki palataning: Qonun chiqaruvchi korpusning va Senatning haq-huquqlari haddan tashqari cheklab qo`yildi. Ular o`z majlislari haqida rasmiy hisobotlarni e`lon qilolmas hatto o`z vakillarini saylab olish huquqidan mahrum etilgandi. 21 yoshdan kam bo`lmagan erkaklar uchun berilgan saylov huquqi bonapartizm rejimining sotsial bazasini kengaytirish maqsadida saqlab qolindi. Napoleon III hukumati yirik burjuaziyaga va dehqonlarning boy qatlamlariga suyanib, mehnatkashlar ommasiga demogoglarcha tilyog’lamalik qildi. Ikkinchi imperiya hukmronlik qilgan o`n sakkiz yil Fransiya sanoatining tez sur`atlar bilan o`sish davri va bonapartizm rejimidan ishchilarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirish, o`z foydalarini olish uchun keng foydalangan yirik burjuaziyaning misli ko`rilmagan boyish davri bo`ldi. Cho`yan ishlab chiqarish uch baravar, temir ishlab chiqarish Z,5 baravar, po`lat ishlab chiqarish esa 8 baravar ko`paydi. O`zining o`sish sur`ati jihatidan og’ir sanoat yengil sanoatdan oldinda bordi. Fransiya sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmidagi salmog’i bo`yicha og’ir sanoat yengil sanoatdan hali orqada bormoqda edi. Sanoatda, temir yo`l qurilishida va savdoda yiriklashuv jarayoni ancha tezlashdi. Xuddi shu davrda Parijda yirik universal magazinlar ishga tushirildi. Moliya va sudxo`rlik kapitali rivojlanishi sanoat kapitalining o`sishiga nisbatan tezroq bordi. Fransuz banklarining aylanma kapitallari 5 baravardan ziyodroq ko`paydi, 1852 yilda doimiy aylanmaga ega bo`lgan kredit bosh bo`linmasi tuzildi. Uning aksiyasi 500 frankdan qilib chiqarildi. Tez orada uning narxi 2100 frankgacha ko`tarildi. 1861 yilda Parij birjasida umumiy summasi 11 milliardni tashkil etgan 118 ta turli qimmatli qog’ozlar, 1869 yilda esa 33 milliard frank miqdorida 307 ta qimmatli qog’ozlar muomalaga kiritildi. 1868 yilga kelib, 14 davlat hukumati fransuz bankirlaridan qarz olish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Kapitalistik taraqqiyotning ta`siri ostida Parijning va boshqa fransuz shaharlarining qiyofasi ancha o`zgardi. 50-60 yillarda Parij qayta qurildi. Bu qayta qurishlar bir hovuch yirik savdogarlarga va bonapartchi amaldorlarga yer uchastkalarini olib sotish va qurilish materiallari yetkazib berish hisobiga boyish imkoniyatini berdi. Yirik burjuaziyaning boyishi bilan birga mehnatkashlar ommasi qashshoqlashib bordi. 1858 yilda Fransiyada Z millionga yaqin qashshoq va 6 millionga yaqin yashash minumimiga ega bo`lgan kishilar bor edi. Ish haqqi juda oz bo`lib, non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxining, turar joyga to`lanadigan to`lovlarning doimiy o`sib borishi xalqning yanada qashshoqlashuviga sabab bo`layotgan edi. Ish kuni 13-16 soatgacha yetib bordi. Xotin-qizlar va bolalar ayinqsa qattiq ekspluatatsiya qilinardi. 1867 yilda Parijdagi xotin-qiz ishchilarning ish haqqi erkak ishchilar ish haqqining faqat 55 foizini tashkil etardi. O`smirlar ish haqqi esa katta yoshdagi ishchilar maoshining faqat 12 foiziga to`g’ri kelardi. Ishchilarni shafqatsizlik bilan ekspluatatsiya qilish natijasida ular orasida sil kasalligi, umurtqaning qiyshayishi, bezgak va boshqa og’ir kasalliklar keng tarqaldi. Erta vafot etish, tez qarish hollari kuchaydi. Mayda ishlab chiqarishning yashovchanligiga qaramay, Fransiyada proletariat bilan burjuaziya o`rtasida ziddiyat har qachongidan ham keskinroq tus oldi. Mayda burjuaziyaning ilg’or qatlami va u bilan bog’lik bo`lgan ilg’or g’oyali kishilar imperiyaga nisbatan oppozitsiyada bo`lib, respublikachilarni qo`llab-quvvatlaganligi tabiiy bir holdir. Biroq ularning asosiy tayanchi ishchilar edi. 50-yillarning boshlarida ikkinchi imperiya ahvoli mustahkam edi. 1847-1848 yillardan keyin boshlangan iqtisodiy yuksalish ishchilar sinfi siyosiy faolligining vaqtincha pasayishiga olib keldi, chunki uning eng inqilobiy elementlari 1851 yil davlat to`ntarishidan keyin qamoqqa olingan, surgun qilingan va mamlakatdan haydalgan edi. Ikkinchi imperiya hukumati hammadan ham ko`proq ishchilar sinfi faolligining o`sishidan qo`rqardi. Hukumat mustaqil ishchi tashkilotlarini taqiqlab, katta imtiyozlarni faqat o`zaro yordam jamiyatlariga berdi, lekin Shunda ham bu jamiyat oldida ish tashlashlarda (norozilik namoyishlari) ishtirok etishdan voz kechish va o`z safiga faxriy a`zo" sifatida mahalliy ruhoniylarni yoki shahar merini qabul qilish shartlarini qo’ydi. Napoleon III hokimiyat tepasiga: "Imperiya - tinchlik demakdir!" degan shior bilan chiqqan bo`lsada, hukumatning tashqi siyosatida bu shiorning aksi yaqqol sezildi. Ikkinchi imperiya juda ko`plab urushlar olib bordi. Bu urushlar yangi bozorlar uchun intilayotgan bankirlar va yirik sanoatchilar manfaatlarini ko`zlab olib borildi. Bosqinchilik yurishlaridan bonapartchi harbiylar ham manfaatdor edi. Ular zaif va qoloq mamlakatlar ustidan yengil g’alabaga yerishib, yuqori lavozimga ko`tarilishi va ushbu mamlakatlarni talash payida edilar. Napoleon III hukumati bosqinchilik siyosatlari bilan bir qatorda mamlakat ichida o`z hukmronligini mustahkamlashni ham maqsad qilib qo`ygan edi. 1853-1856 yillardagi Qrim urushi oqibatlari ikkinchi imperiyaning mamlakat ichkarisidagi, shuningdek, xalqaro miqyosidagi ahvolini mustahkamladi. 1856 yil Parij bitimidan keyin Napoleon III Yevropadagi eng qudratli podsho bo`lib qolganday tuyuldi, Yevropa qit`asida gegemonlik Fransiya qo`liga o`tdi. 1857 yilda Fransiyada keskin iqtisodiy krizis boshlanib ketdi. Bu krizis Yevropadagi boshqa mamlakatlarga, shuningdek AQSHga ham yoyildi. Bu krizis sanoatning ko`pgina tarmoqlarini ham qamrab oldi, temir yo`l qurilishlari 3,5 baravardan ziyodroq qisqartirildi. Natijada krizis jamoatchilik noroziligini kuchaytirdi va faqat ishchilar orasida emas, balki burjuaziyaning ayrim qatlamlari orasida ham norozilik tug’dirdi. Qonun chiqaruvchi korpusga bo`lib o`tgan saylovlarda bonapartchilar to`ntarishdan so`ng birinchi marta beshta kam ovoz olishga majbur bo`ldilar. Hukumat bu harakatdan fransuz respublikachilarga qarshi repressiyalar boshlash uchun foydalandi. Holbuki Fransiya respublikachilarining bu ishda mutlaqo aloqasi yo’q edi. O`zlarining demokratik qarashlari bilan ma`lum bo`lgan yuzlab kishilar qamoqqa olindi va shu vaqtda e`lon qilingan "jamoat xavfsizligi haqida" gi qonun asosida mustamlakalarga surgun qilindi. Angliyada ishlab chiqarilgan bomba bilan qurollangan Orsning suiqasdi Angliya bilan Fransiya o`rtasidagi munosabatlarning keskin sur`atda yomonlashuviga olib keldi. Bu esa Fransiya bilan Rossiyaning bir-biriga yaqinlashuvini yengillashtirdi. 1859 yil Z martda yashirin ravishda Fransiya-Rossiya bitimi imzolandi. Bu bitimga muvofiq, Fransiya hukumati chor Rossiyasi hukumatining o`zi uchun juda noqulay bo`lgan 1856 yiddagi Parij traktati shartlaridan ozod bo`lishiga qaratilgan intilishlarini qo`llab-quvatlash majburiyatini oldi. Hukumat, o`z navbatida, Fransiya Avstriyaga qarshi urushga tayyorlanayotganda butunlay betaraf turishga va`da bergan edi. 1859 yilda Fransiya Sardiniya qirolligi bilan ittifoq tuzib, Avstriyaga qarshi urush olib bordi. Napoleon III bu urushni boshlab, butun yuqori Italiya, avstriyaliklar hukmronligidan ozod qilinguncha urushni to`xtatmaslik majburiyatini oldi. Ikki hal qiluvchi jangda - Madjent yonidagi (4 iyun) va Salferika yonidagi (24 iyun) janglarida avstraliyaliklar tor-mor qilindi. Shundan keyin Napoleon III birdaniga harbiy harakatlarni to`xtatdi va Avstriya imperatori bilan shoshilinch bitim tuzdi. Napoleon III ning italyan xalqiga nisbatan bunday xiyonatkorona qadam qo`yishga, Fransiya yirik burjuaziyasining O`rta dengizda birlashgan Italiyadek yangi davlatning dunyodga kelishiga yo`l qo`ymaslikka urinishi, shuningdek, Prussiya bilan boshqa davlatlarning Avstriya tomonidan urush qilishidan qo`rqishi sabab bo`ldi. Italiyadagi xalq qo`zg’olonlari fransuz hukumatining rejalarini buzib yubordi. U Italiyada o`ziga qaram bo`lgan ikki davlatni tashkil qilib, ajratib olmoqchi bo`ldi. Bu davlatlarning biri shahzoda Napoleon uchun, ikkinchisi knyaz’ Arat uchun mo`ljallangan edi. Sulh shartnomasi shartlariga ko`ra Lombardiya Avstriya I hukmronligidan ozod qilindi, ammo Venetsiya Avstriya qo`lida qoldi. Savoyya va Nitstsa Fransiyaga (1860) qo`shib olindi. Ikkinchi imperiya davrida Fransiya Yevropadagi urushlar bilan bir qatorda, yangi mustamlakalar orttirish maqsadida Afrika va Osiyoda ham bir necha urushlar olib bordi. 1857 yilda fransuz mustamlakachilari qattiq bosqinchilik urushi olib borib, Jazoirning janubida joylashgan Namibiyani tamomila zabt etdi. 50-yillarning o`rtalarida fransuz sarmoyasining Xitoyga kirib borishi kuchaydi. Bundan maqsad Xitoyni asoratga solish edi. 1854 yil fransuz eskadril’yasi Xitoy inqilobchilari (taypinlar) qo`lida bo`lgan Shanxayni bombardimon qildi. 1857 yilda birlashgan ingliz fransuz harbiylari Kattonni bombardimon qilib, shaharni egalladi. Xitoy hukumati 1859yil iyunida Angliya va Fransiya hukumatlari majbur etgan va teng huquqli bo`lmagan yangi shartnomaga qo`l qo’yishga majbur bo`ldi. Biroq London va Parij bu bilan qanoatlanmadi. Xitoyni yanada ko`proq yon berishga majbur qilish uchun yangi harbiy mojaro chiqarildi. 1860 yilda harbiy harakatlar yangidan boshlanib ketdi. Ingliz-Fransuz qo`shinlari Pekin ostonalarida Xitoy qo`shinlarini tor-mor keltirdi. Xitoy poytaxtini bosib olib, uni taladi. Xitoy imperatorining yozgi saroyi vahshiylarcha talandi, yondirildi. Fransuz mustamlakachilari Xitoydan 10 million frankli turli-tuman qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketdilar. 1860 yil oktyabr oyida tuzilgan Pekin shartnomasiga muvofiq chet elliklarning Xitoydagi huquqi kengaytirildi. Fransuz qo`shinlari Hindu-Xitoydan 50-yillarning oxiri 60-yillarning boshlarida Saygon shahrini Koxinxinning bir qismini bosib oldi va Kambodja ustidan protektorat o`rnatdi. Download 87.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling