Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻzbekiston milliy universiteti jizzax filiali


Download 0.65 Mb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1577665
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1KURS ISHI AXMATJONOVA XURSHIDA автовосстановление

Ilmiy rahbar: S.Otamuratova

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali Psixologiya fakulteti ,,Oila psixologiyasi’’ yo`nalishi II bosqich 314-21- guruh talabasi Axmatjonova Xurshidaning ,,Motivatsiyaning rivojlanishida o’quv faoliyatining ahamiyati’’ mavzusidagi kurs ishiga
TAQRIZ
Motivatsiyaning mazmunli xususiyati dolzarb psixologik muammolardan biridir. Uning yechimi individual motivatsion tuzilmaning elementlarini ularning o‘zaro bog‘lanishida o‘rganishni, shaxsning ijtimoiy munosabatlari kontekstida yo‘nalish mazmunini shakllantirishda u yoki bu darajadagi elementning rolini aniqlashni nazarda tutadi. Motivatsiya shaxsiyat tuzilishida yetakchi o‘rinni egallaydi va xatti-harakat va faoliyatning harakatlantiruvchi kuchlarini tushuntirish uchun ishlatiladigan asosiy tushunchalardan biridir. Umuman motivatsion tizimning mazmuni shaxsga xos bo‘lgan faoliyat turlarining mazmunini belgilaydi. Motivatsiya tizimi nafaqat haqiqiy faoliyatni, balki istalgan sohani, faoliyatni yanada rivojlantirish istiqbolini ham belgilaydi. Binobarin, motivatsiya muammosi metodologik, nazariy va amaliy jihatdan dolzarb muammolardan biridir.
Shu o`rinda talaba Axmatjonova Xurshida tomonidan kurs ishi doirasida amalga oshirilgan izlanishlar II bob, 7 bo`lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Kirish qismida kurs ishi mavzusining dolzarbligi, kurs ishining maqsadi va vazifalari , ob`ekti , predmeti, kurs ishi ilmiy va amaliy ahamiyati , hajmi va tuzulishiga doir bandlar bo`yicha ma`lumotlar bayon etilgan.
Kurs ishining II bobi ,, O’quv faoliyati motivlari’’ deb nomlanib , unda o’quv faoliyati motivlari to’g’risida mulohazalar, o’quv faoliyatini boshqarish, xorij psixologiyasida o’quv motivlarining nazariy tahlili haqida ma`lumotlar berilgan.
Kurs ishining ikkinchi bobida kurs ishining mavzusi, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib metodika tanlangan. Metodikaning ilmiy bayonoti va olingan natijalarga asoslanib xulosasi bayon etilgan.
Ishning yakuniy xulosa qismida har ikkala bobidan kelib chiqib umumiy xulosa berilgan.
Axmatjonova Xurshida tomonidan bajarilgan kurs ishi ham nazariy ,ham amaliy jihatdan hamma uchun muhim ahamiyatga ega. Mavzu juda dolzarb bo`lib , mazmun jihatdan aniq yoritilgan va davlat ta`lim standartlariga va oliy ta`lim talablariga javob beradi.Yuqoridagi fikrlarni inobatga olib kurs ishini himoya qilishga tavsiya etaman.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling