O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Dars o'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida


Dars turlari va ularning tuzilishi


Download 231.08 Kb.
bet8/13
Sana18.06.2023
Hajmi231.08 Kb.
#1577801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dars o\'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida

2.2 . Dars turlari va ularning tuzilishi
Yangi bilimlarni bayon etish darsi. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil etish; darsning maqsad va vazifalarini bayon etish, yangi materialni tushuntirishga tayyorgarlik ko’rish (uy vazifasini tekshirish, avvalgi materiallarni qaytarish va hokazo), yangi materialni tushuntirish, darsni yakunlash va uyga vazifa berish;
Egallangan bilimlarni mustahkamlash darsi. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil etish, darsning maqsad va vazifalarini bayon etish, egallangan bilimlarni mustahkamlash, darsni yakunlash va uyga vazifa berish;
Umumlashtirish va takrorlash darsi. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil etish, darsning maqsad va vazifalarini bayon etish, o’quv materialini umumlashtirish va tizimga solish, darsni yakunlash va uyga vazifa berish;
Nazorat darsi. Uning tuzilishi: nazorat maqsadi va ishning tashkil qilinishi tartibini tushuntirish, nazorat mazmuni va uni bajarish usullari bilan tanishtirish, o’quvchilarning mustaqil ishlashini nazorat qilish, darsga yakun yasash;
Aralash dars. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil etish, uy vazifasini tekshirish, dars maqsadi va vazifalarini bayon etish, takrorlash. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
Maktab amaliyotida boshqa turdagi darslar - musobaqa darslari, maslahat darslari, anjuman darslari, bir-biriga o’rgatish darslari, ma’ruza darslari ham o’tkaziladi.
Shunday qilib, didaktikada 2-ta asosiy dars tiplari ajratiladi: maxsus va aralash dars turlari. Maxsus darslar o’zining funktsiyasi va mazmuni buyicha faqat bitta vazifani bajaradi:

  • yangi mavzuni o’rganish darsi;

  • bilimlarni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish darsi;

  • umumlashtirish va tizimlashtirish darsi;

  • bilim, mahorat va ko’nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi.


Download 231.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling