O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Tarix yo’nalishi 22. 72 -guruh talabasi


Download 1.39 Mb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1587062
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Jaxon tarixi Arximed 22-72 Moxlaroy




O’zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Tarix yo’nalishi 22.72 -guruh talabasi
Tojimamatova Moxlaroyning
Jahon tarixi fanidan tayyorlagan
R e f e r a t i

Topshirdi: Tojimamatova Moxlaroy
Qabul qildi: ______________________


ARXIMED URUSHI

Reja:


1. Urush arafasida Yunoniston. Delos va Peloponnes ittifoqlari.
2. Arxidam urushi va mustahkam bo`lmagan yarashuv.
3. Sitsiliya ekspeditsiyasi va Dekeley urushi.
4. Peloponnes urushlari yakuni va oqibatlari.
Eramizdan avvalgi 431-yilning bahoriga kelib tomonlar tayyorgarlikni tugatishdi20 . Urush harakatlari fivanliklarning Afinaga ittifoqdosh bo`lgan beotiylar shahri Plateyaga kutilmagan hujumi bilan boshlandi, lekin fivanliklar otryadi tor-mor etildi. Asirga olingan jangchilar qatl etildi. Ular orasida ko`zg ko`ringan fivanlik aristokratlar ham bor edi. Javob tariqasida katta Peloponnes qo`shinlari yoz oyi boshida Attika hududiga kirib bordi. Pelloponnesliklarga - spartalik hukmdor Arxidam qo`mondonlik qildi. Shuning uchun ham Peloponnes urushlarining butun birinchi davrini,ya`ni mil.avv.421 yilgacha, Arxidam urushi deb atashadi21 . Dushmanlarning hujumi qishloq aholisini shaharga ko`chib, uning devorlaridan panoh topishga majbur qildi. Afinada ko`p sonli odam to`planib qoldi. Ularning bir qismi qarindoshlari va do`stlarinikidan qo`nim topishgan bo`lsa, qolgan katta qismi jamoat binolari, ibodatxonalar va baraklardan boshpana topishga majbur edi.
Dehqonlar afina shaharlari devorlaridan dushman qanday qilib ularning dalalari va uylarini vayron qilayotganini ko`rib turishardi. Olomon ichida shovqin ko`tarildi – ko`pchilik dushmanga qarshi munosib javob berishni talab qilardi. Ammo Perikl dushmanning ustun qo`shinlari bilan ochiqdan-ochiq jangga kirish tavakkal ekanini anglab turardi va shuning uchun yurtdoshlarini bunday to`qnashuvdan saqlab qolishni epladi. Attikaning shimoliy qismini bo`m-bo`sh qilgach Arxidam tezda o`z qo`shinini Peloponnesga qaytarib olib ketdi, afinaliklar esa jonli kuchlarini saqlab qolishdi. Bu orada Afinaning floti Peloponnes atrofi bo`ylab tekshiruv, reyd, o`tkazib ulgurgandi. Afinaliklar qirg`oqbo`yi hududlarini bo`shatib, ularni o`zlarining Kefalleniy orollari itiifoqiga birlashtirishardi hamda ular Korinfning bir koloniyasini ham qo`lga kiritishdi. Undan tashqari, afinaliklar ikkita qashatqich operatsiyani amalga oshirishdi: Eginadan spartaliklarni qo`llab-quvvatlagani uchun mahalliy aholi quvg`in qilindi va ularda Afina koloniyalari joylashtirildi, yil oxiriga borib esa Megaridaga yurish qilindi. Eramizdan avvalgi 430-yilda peloponnesliklar Attikaga takror yurish qildi; busafar Arxidam ancha ichkariga kirib bordi va mamlakatda deyarli bir yarim oy qoldi .

Dushmanlar yana ekinlarni yo`q qilib Afina dehqonlarining uylarini yoqib yuborishardi. Qishloq xo`jaligi hududlarining vayron etilishi afinalilar uchun og`ir zarba bo`ldi, ammo undan ham yomoni shundaki, Pirey bandargohi, undan keyin esa Afinaning o`zida ham qadim odamlari “chuma” deb nomlagan epidemiya, hoynahoy bu vabo, tarqaldi. Aytishardiki, uni dushman atayin olib kelgan deb, biroq ehtimol, u savdo kemalari orqali epidemiya tarqalgan Misr yoki Old Osiyodan kirib kelgan23 . Uncha katta hududga ega bo`lmagan va oddiy gigiena shart-sharoitlari mavjud bo`lmagan bu shaharda 200minggacha odam to`plangan edi–epidemiya aql bovar qilmas darajada tez tarqalib borardi. Fukididning guvihlik berishicha, jang salohiyatiga ega bo`lgan armiyaning to`rtdan bir qismi halok bo`ldi. Bundan tashqari Afina xalqning ma`naviy ahvoli og`irlashib, ishonchsizlik kayfiyati avj olib borardi. To`g`ri, epidemiyaning o`z qo`shinida ham tarqalishidan qo`rqib Arxidam Attikani tozaladi. O`sha vaqtning o`zidayoq Perikl floti bilan Peloponnes atrofida yana reyd o`tkazdi, biroq shimoliy va sharqiy sohildagi bir nechta punktlarning vayron etilishidan boshqa natijaga erishilmadi. Keyin flot va qo`shin Xalkidika qirg`oqlariga yo`naltirildi, lekin bu yerda afinaliklarning harakatlari epidemiya tufayli mutlaq cheklangan edi. Kasallik yangi qo`shilgan jangchilarning uchdan birini nobud qildi va mil.avv. 432-yildan beri Potideyani qamal qilib kelayotgan Afina qo`shinlariga o`tdi .

Bu hamma muvaffaqiyatsizliklar natijasida Perikl siyosiy quladi. Eramizdan avvalgi 430-yilning yozida navbatdagi mehnat yili uchun strateglar tanlash saylovida oxirgi 15 yil ichida birinchi bo`lib u Afinadagi eng muhim bu lavozimga saylanmadi. Muxolofat darhol Periklga qarshi sud jarayonini boshlab yubordi: u jamoat pullarini sovurib yuborishda ayblanib 50 talantlik katta jarimaga tortildi25 . Ammo Perklning chetlatilishi Afinada siyosiy oqimning o`zgarishiga olib bormadi. Sparta bilan muzokaralar olib boorish haqidagi taklif va urunishlar tez orada qoldirildi: ikkala tomon ham yon bosishni xohlamasdi, urush davom etdi. Mil.avv.430/29-yilning qishida afinaliklar holati biroz yaxshilandi: ular nihoyat Potideyani qo`lga kiritishdi; Afina floti Korinf ko`rfaziga kirib borib, Korinfni qamal qila boshladi26 . Afinada siyosiy vaziyat biroz yengilladi. Perikldan ayblari olib tashlanib, u yana strateg etib tanlandi. Lekin bu mashhur afinalik siyosatchining so`nggi zafari edi: mil.avv. 429-yilning kuzida uning o`zi shafqatsiz kasallikning qurboni bo`ldi. Periklning o`limi Afinada o`ziga xos siyosiy vakuumga olib keldi. Unga arziydigan davomchi topilmadi. Xalq yig`inida Kleon ancha ko`zga ko`ringan edi, lekin u shunchaki demagog(balandparvoz so`zlar, va`dalar bilangina cheklanadigan siyosiy arbob) edi; harbiy ishlarga esa Perikl davrasidan bo`lgan Nikiy ismli aslzoda, Perikl rejasining harbiy tomonini har holda chidasa bo`ladigan darajada olib bora oladigan, lekin unga siyosiy tus bera olmaydigan oddiy strateg boshchilik qilardi.
Tashabbuskor sardorning yo`qligi darrov sezildi: mil.avv.429-yilda afinaliklar bironta ham faol operatsiya amalga oshirishmadi27 . Ammo dushman tomon tetik harakat qilardi: peloponnesliklar Plateyani qamal qilishni boshlab g`arb tomonga ikkita hujum uyushtirishdi: quruqlikda – Akarnaniyaga qarshi, dengizda esa – Navpaktdagi Afina flotiga qarshi. To`g`ri, ikkala harakat ham omadsizlik bilan tugadi, biroq peloponnesliklarning dengizda ancha faol ekanligi namoyon bo`ldi. Mil.avv.428-yil afinaliklar uchun og`ir sinovlar yili bo`ldi. Spartaliklar yana Attikaga hujum qilishdi va deyarli darhol shu voqeadan keyin muhim orol Lesbosda qo`zg`olon ko`tarildi. Bu orolning ajralib chiqishi Afinaning Egey dengizining shimoli-sharqiy qismida hukmronligini xavf ostida qoldirardi. U yerdagi suv havzalari o`ta muhim bo`lib ularning qo`ldan ketishi boshqa ittifoqdoshlar uchun yomon namuna bo`lishi mumkin edi. Afinaliklar bosh ko`targan asosiy shahar Mitilenani qamal qilishni boshlashdi. Eramizdan avvalgi 427-yilning bahorida Mitilenada ocharchilik boshlandi va mitilenalik hukmdurlarning afinaliklar oldida urush harakatlarini to`xtatishga majbur qilgan quyi qatlam harakatlari avj oldi . Sparta Afinaga hujum qilish uchun qulay vazuyatni qo`ldan boy berdi. Afina xalq yig`inida bosh ko`targan lesbosliklarni qanday qilib jazolash haqida muhokamalar ketardi. Zero ularning taqdiri boshqa ittifoqchilar uchun dars bo`lishi ko`zda tutilgan edi.

Savdo-hunarmandchilik vakillari va shahar demosining manfaatlarini ifodalagan holda Kleonning partiyasi urushni davom ettirishni va ittifoqchilar bilan munosabatlarni susaytirmaslikni talab qilardi. Kleon hamma katta erkaklarni qatl qilish, ayollar va bolalarni qullikka sotib yuborish hamda qolgan yerlarni afinalik kolonistlarga bo`lib berish taklifi bilan chiqdi. Bu taklifga Nikiy bosh bo`lgan boshqa guruh qarshilik bildirdi. Uning guruhi iloji boricha tez urushni tugatish va hech qanday zo`rlik ishlatmaslikning tarafdori edi. Ularning sa`yharakatlari bilan mag`lub bo`lganlar qismati biroz yumshatildi: Lesbos shaharlari (sodiq bo`lib qolgan Metimnadan tashqari) o`z avtonomiyasi (mustaqilligi) va flotidan mahrum qilindi, qatl hukmi faqatgina qo`zg`olonning eng faol ming nafar ishtirokchilariga berildi. Lesbos yerlarining sezilarli qismi esa 2700 ta afina kolonistlariga bo`lib berildi.29 Lesbosdagi qo`zg`olonni bostirish afinaliklardan katta kuch talab qildi va boshqa ishlar e`tiborsiz qoldirildi. Dushman qamalida qolgan Plateya o`z taqdiriga tashlab qo`yildi. Oxir oqibatda shaharning taslim bo`lishiga to`g`ri keldi (eramizdan avvalgi 427-yilning yozida, Mitilenaning qulashidan keyinoq); u yerda ham qatllar boshlandi. Taxminan Lesbosdagi qo`zg`olon bilan bir paytda Kerkirada ham yetarlicha og`ir ahvolga kelib qolgan Afina ittifoqidan chiqishga urunishlar bo`ldi. Mulkdor guruhlar tashabbusi bilan qilingan bu urinishlardan xalqning qahri keldi va orolda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Unda – asosan demokratlar tomonida turib – qullar ham ishtirok etishdi. Afina eskadralarining yetib kelishi demokratlar g`alabasini ta`minladi va Afina bilan ittifoq tasdiqlandi. Kerkira demokratlari dushmanlariga qirg`in uyushtirishdi. “7 kun davomida, – deb yozadi qadimgi tarixchi,–kerkiraliklar o`z fuqarolar qatorida dushman bo`lib ko`ringan hammani demokratiya hokimiyatdan chetlashtirishda ayblab o`ldirishardi; lekin birov shaxsiy adovat qurboni bo`lardi, boshqalar esa qarzdorlari tomonidan o`ldirilardi. O`lim har ko`rinishda hukm surardi, bunday davrlarda odatda sodir bo`ladigan hamma narsa bo`lardi, hatto undan ham ziyoda: ota o`g`lini o`ldirardi, duojo`ylar muqaddas joylardan mahrum qilinib o`sha joylarning o`zida ham o`ldirib yuborilardi; ba`zilarni Dionis ibodatxonasiga qamab ustidan g`isht terib tashlashgan, ular o`sha yerda o`lim topganlar”. Lesbos va Kerkira bo`lgan voqealar Afina himoyasining kuchsiz tomonini ko`rsatib qo`ydi–separatchilik harakatlari va davlat qulashining ehtimoli bor edi.
Afinaliklar eng avvalo o`z manfaatlari yo`lida olib borgan urush ittifoqchilarning noroziligini keltirib chiqardi, xolos. Bu bilan birga Afinaga bilan munosabat ittifoqdosh shaharlarda noroziliklarni keltirib chiqardi: asosiy moliyaviy og`irlik bo`yinlariga tushgan mulkdor guruhlarda borgan sari afinaliklarga qarshi kayfiyat kuchayib ketayotgan edi; xalq esa odatdagidek Afina bilan ittifoqni saqlab qolish tarafdori edi. Natijada Peloponnes urushlari xususiy jangovar to`qnashuvdan ko`ra ko`proq butun-grek ijtimoiy-siyosiy nizosiga aylanib borar edi.
Bu orada Afina uchun Kerkira ustidan nazoratni saqlash juda muhim edi. Zero, ayni shu vaqtda g`arbiy frontning ahamiyati oshdi. Shuningdek Sitsiliyada bir guruh polislar Sirakuza boshchiligidaboshqa shaharlar, asosiy tarkibi uncha katta bo`lmagan ioniy shaharlari Leontina, Katan, Naksos, Regiyga qarshi ichki urush boshladilar. Keying shaharlarga ancha qiyin bo`ldi – ulardan ikkitasi Leontin va Regiy Afina bilan ittifoqdosh edi. Agar afinaliklar g`arbda o`z ta`sirini saqlab qolishni xohlashsa, darhol jangga aralashishlari kerak edi. Shunday bo`ldi ham eramizdan avvalgi 427-yilning kuzida strateg Laxet 20ta kema bilan Sitsiliyaga suzib ketdi. U ulkan ulkan zafarlar quchdi. Shu tariqa Messapa afinaliklar tomoniga o`tdi. Eramizdan avvalgi 426-yil muvafaqqiyatdan ruhlangan afinaliklar Spartaliklarning muzokaralar boshlashga urinishini rad etganlaridan so`ng 425-yilda spartaliklar 5-marta Attikaga hujum qilishdi .
Bu orada afinaliklar sitsiliyaga 40ta kemadan iborat yangi eskadrani yuborishdi.Ekspeditsiyaga bosh etib mohir strateg Demosfen bu kuchlardan Peloponnesdagi vaziyatni izdan chiqarishda foydalanish topshirig`i bilan tayinlangan edi . Dushmanga sezdirmasdan u Messeniyaning g`arbiy sohilidagi Pilos bandargohiga tushdi va u yerda uncha katta bo`lmagan otryad bilan qolib himoya qo`rg`oni qura boshladi. Afinaliklarning Messeniyaga –doimo ilotlarning bosh ko`tarishiga tayyor bo`lgan mamalakatga– o`rnashib olishi xabari saprtaliklarni Attikaga yurishini darrov to`xtatishg majbur etdi. Pilosga ancha piyoda va dengiz kuchlari yo`naltirildi. Demosfenni tashqi dunyodan uzib qo`yish maqsadida spartaliklar Pilos bandargohiga yo`lni to`sib qo`yadigan Sfakteriya orollarini garnizon bilan egallashadi. Ammo keyin Sitsiliyaga yuborilgan Afina floti yetib keldi, Peloponnes eskadrasini yakson qildi va spartaliklarning Sfakteriyadagi garnizonini qamalga oldi.
Spartaliklar tinchlik muzokaralarini olib borishni taklif qilishdi. Nikiyning guruhi, aftidan, bu taklifni qabil qilishga moyil edi, lekin Kleonning partiyasi rozilik berish haqida hatto o`ylamasdi. Bahslar avjga chiqqan paytda Kleon shuni bildirdiki, Pilosdagi jang dadil olib borilganda edi, Sfakteriyani 20 kundayoq olsa bo`lardi.33 Nikiy istehzo aralash to`laqonli fuqaro bo`lgan raqibiga opertsiyani u holda uning o`zi olib borishini taklif qildi. Gapidan tutilgan Kleon buni rad etishni o`ylab ham o`tirmadi. Kleonning jasoratini ham tan olish kerak: Pilosga madad kuchlari bilan borib u Demosfen bilan Sfakteriya ustiga qo`shin tortdi hamda spartaliklarni taslim bo`lishga majbur etdi. Afina Pilosdagi g`alabasining natijasi ulkan edi. Afinaliklar qo`liga ko`pgina nomdor spartaliklar tushib qolishdi va ular Spartaga agar ular Attikaga qayta hujum qilishsa asirlarni qatl qilishlarini aytishdi. Afinaliklar endilikda Messeniyada mustahkam o`rnashib olishgandi va ularning u yerdaligi Spartaliklar harakatlarini cheklab qo`ydi. Afinaning o`z davlatida vazni yuqori darajada oshdi va bundan foydalanib Kleon muhim moliyaviy islohot o`tkazish kerak deb turib oldi: eramizdan avvalgi 425/24-yilning qishida ittifoq to`lovi hisobi qattiq ko`rib chiqildi; alohida shaharlar uchun to`lovlar salkam ikki barobar oshirildi. Afinaliklar shafqatsiz urush olib borish uchun qo`shimcha manbalarni qo`lga kiritishdi. Kampaniya eramizdan avvalgi 424-yili afinaliklarning yangi hujumi bilan boshlandi: Nikiy Lakon sohillari yaqinida joylashgan Kifer orollarini qo`lga kiritdi, boshqa strateglar esa Megaralik demokratlar bilan til biriktirib Megaraning bandargohi Piseyani qo`lga kiritishadi35 .
Bu Afina zafarlarining eng yuqori nuqtasi edi, biroq g`alaba sharobidan mast bo`lgan Megaradagi afinaliklar shunday natijaga yana Beotiyada ham erishmoqchi bo`ladilar. Afina qo`shinlari Beotiyaga ikki tomondan hujum uyushtirishni reja qilishgan edi, bu bilan bir vaqtda ularning Beotiyalik tarafdorlari mamlakat ichkarisidan hujum qilishlari kerak edi. Ammo chuqur o`ylangan operatsiya barbod bo`ldi: Beotiya hukumati demokratlardan ilgarilab ketishdi, ya`ni ularni to`xtatib qolishdi, Afinaning ikki armiyasidan biri katta talofot bilan qaytarib yuboriladi, narigisi esa joyida tor-mor etiladi. O`sha vaqtni o`zidayoq afinaliklar uchun noxush bo`lib shimoldagi vaziyat keskinlashdi. Yosh spartalik qo`mondon Brasid ajoyib g`oyani ilgari surdi– Frakiyada yangi front ochish, Afinadan norozi ittifoqchilarni o`z tomoniga og`dirib shu yo`l bilan Afinaga markaziga qaqshatqich zarba berish36 . Sparta hukumatining roziligi bilan Brasid ilotlar va yollanma jangchilardan tuzilgan uncha katta bo`lmagan otryad tuzib, jasorat bilan butun Gratsiya ichidan o`tib Xalkikka yetib keldi. Makedoniyalik hukmdor Perdikka darhol Sparta tomonga o`tdi37 . Afina ittifoqchilari orasida esa notinchlik paydo bo`layotgan edi. Frakiyaning ichkarirog`iga kirib borar ekan Brasid Afinaning shimoldagi hukmronligining poydevori bo`lgan Amfipol shahrini qo`lga kiritdi. Bo`lg`usi tarixchi, o`sha paytda esa afinalik strateg Fukidid Amfipolning Spartaga o`tishining oldini ololmaydi va buning uchun Afinadan quvg`in qilinadi38 . Afinaliklarning Beotiya va Frakiyadagi mag`lubiyatlariga yana bittasi qo`shildi: afinaliklarning faolligidan qo`rqqan Sitsiliyadagi grek shaharlari ichki urushlarni to`xtatish haqida kelishib olishdi va Afina floti oldiga kelgan joyiga qaytib ketish shartini ko`ndalang qo`ydi. Bu ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar harbiy partiyaning obro`sini zayiflashtirib qo`ydi. Sparta bilan yana muzokaralar boshlandi va yillik tinchlik haqida xulosa kelishdi. Yil tugashi bilan Kleon urush harakatlarini qayta tiklash kerak deb turib oldi. Uning o`zi shimolga yurishga boshchilik qildi va qisqa muddat ichida boy berilgan punktlar ustidan Afina nazoratini qaytardi. Lekin Amfipolga ketishda Kleonni Brasid qarshi oldi va Kleon mag`lub bo`ldi. Afina mag`lubiyatga uchradi Kleonning o`zi esa jangda halok bo`ldi. Spartaliklar kam talofot ko`rishdi, lekin nobud bo`lganlar ichida Brasidning o`zi ham bor edi (422-yil)39 . Jang qilayotgan ikkala tomonning sardorlarining bir vaqtdagi o`limi yana tinchlik muzokaralari uchun yo`l ochildi. Ikki tomon ham 10yillik urush davomida bir-birini yengish mumkin emasligiga ishonch hosil qildi. Afinada moliyaviy va odam resurslari sarflanib bo`lgan edi. So`nggi mag`lubiyatlar dengiz qo`shinlarini ancha kuchsizlantirib g`alabaga bo`lgan ishonchni so`ndirdi. Sparta o`zining asirdagi fuqarolaridan xavotirda edi. Undan tashqari, u bilan uning Peloponnes ittifoqchilari–demokratik Mantineya va Elida– o`rtasida tushunmovchilik paydo bo`ldi. Nihoyat, Peloponnes davlati bo`lgan Argos bilan bo`lgan 30-yillik tinchlik sulhining muddati oxirlab qolgan edi va Sparta urushga tayyorlanishi kerak edi. Bunday sharoitlarda Sparta va Afina tez orada tinchlikka erishdi (eramizdan avvalgi 421-yil bahorda). Tomonlar urushdan avval bo`lgan vaziyatga qaytishlari kerak edi: afinaliklar Pilos va Kiferani qaytarib berishlari kerak edi, spartaliklar–Amfipolni. Afinadan ajralib chiqqan Xalkidik shaharlari o`z mustaqilligini saqlab qoldilar, ammo afinaliklarga dastlab belgilangan hisobda o`lpon to`lab turishlari kerak. Barcha asirlar kelishilgan holda almashildi. Bu tinchlik tantanali ravishda 50 yilga qabul qilindi; uning afinalik tashabbuskori Nikiy sharafiga uni odatda Nikiy tinchligi deb ataladi40 . Tinchlik sulhining tuzilishi oddiy xalq tomonidan shodlik bilan qabul qilindi. O`sha paytda Afinadagi kayfiyatning guvohi muzokaralar oxirlab qolganda namoyish etilgan Aristofanning “Tinchlik” komidiyasi bo`lishi mumkin. Unda asosan Attika dehqonlarining tuyg`ulari ifoda etilgan. Ammo hukumat qarama-qarshiliklari saqlanib qolgan edi: Nikiy tinchligi ularni bartaraf etolmagan edi, aslida uning o`zi ham tomonlarning vaqtincha urush qilish imkoniyatlari qolmaganligi tufayli vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi 421-yilda tuzilgan kelishuv unchalik mustahkam bo`lmagan yarashuv edi. Sulhni tuzgan ikki davlat uning shartlarini rostakamiga bajarish haqida jiddiy o`ylamagandilar ham: Sparta Amfipolning Afinaga qaytarib berilishini ta’minlamadi(ular shunchaki o`z qo`shinlarini shaharda olib chiqib ketdilar afinaliklar ham o`z o`rnida Pilos va Kiferani qaytarishga shoshilmadilar.Na Potideya va Kerkira Afina qo`li ostida qolib ketganiga sira ko`nikolmagan Korinf, na Xalkidik shaharlari Nikiy tinchlik sulhini tan olmadilar. Bu uning huquqiy majburiyatlarini shubha ostiga qo`yardi. Tinchlikka erishilgandan keying davr Sparta va uning ittifoqchilari o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi bilan belgilanadi. Oshib borayotgan siyosiy izolyatsiyani Sparta o`zi do`stlik va hamkorlik shartnomasini tuzgan Afina bilan soxta yaqinlashish yordamida yengib yubormoqchi bo`ldi. Biroq bu aksincha Peloponnes ligasida spartaliklarga qarshi koalitsiya shakllanishiga sabab bo`ldi: Elida, Mantineya, Korinf, Xalkidik shaharlari Spartadan chiqib uning doimiy dushmani Argos bilan ittifoqqa kirdi. O`shanda Spartada, nihoyat, ular ketayotgan yo`l halokatga olib borishini anglab yetdilar va eramizdan avvalgi 420-yildayoq Beotiya bilan ittifoq qayta tiklandi41 . Bu orada Afinada ham tinchlik tarfdor partiyaning xursandchiligi uzoqqa cho`zilmadi. Kleon mansub bo`lgan badavlat savdogar va hunarmandlarga tegishli bo`lgan guruh Giperbol ishtirokida yana o`ziga kerakli sardor topib oldi. Tez orada bu partiyaga Alkiviad ham qo`shildi. Periklning jiyani bo`lgan bu aristocrat yangicha qarashlar odami edi. U fuqaroviy normalar haqida hamda kuchli shaxsning mulk va hokimiyatga egalik qilish huquqi haqida to`la tasavvurga ega edi. Alkiviad Suqrotning shogirdi edi. Buyuk faylasuf-dialektik borliq haqidagi bahslarni rad etib, o`z shogidlarini ezgulikka o`rgatardi: nafsni yengish, xavflarni bartaraf etish hamda ilohiy va insoniy qonunlarga rioya qilish. Suqrot maktabida Alkiviad dialektikadan o`z manfaatlari yo`lida foydalanib bahslarda g`olib bo`lish san`atinigina o`rgandi. Bu odamni mashhurlik va qudratga intilish xohishi boshqarardi. Eramizdan avvalgi 420-yilda Alkiviad birinchi bo`lib strateg etib tayinlandi va o`shandan boshlab o`z davlatining siyosatiga ta’sir ko`rsatib, uni urush tomon yaqinlashtirardi42 . Afinada urush kayfiyatining qaytishidan uning eramizdan avvalgi 420-yilda Argos, Mantineya va Elida bilan ittifoqqa kirishi guvohlik beradi. Natijada Korinf Spartaga qarshi koalitsiyadan chiqib, u bilan yaqinlashib oldi. Eramizdan avvalgi 419-yilda Afina va Argos Epidavrga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi43 . Epidavrga spartaliklar yordamga kelishdi, eramizdan avvalgi 418-yilda esa ishlar Sparta va Afina yordam berayotgan o`sha Peloponnes koalitsiyasi o`rtasida ochiq urush bo`lishigacha yetib bordi. Nikiyning noto`g`ri harakatlari va qaror qabul qila olmaslik qobiliyati tufayli Afina yomon ahvolda edi. Sparta Mantineya yaqinidagi jangda dushmanlarini yer bilan bitta qildi vabutun Peloponnesda o`z gegemonligini o`rnatdi. Bu Afinada siyosiy inqirozga olib keldi: Giperbolning tashabbusiga ko`ra demokratiya siyosiy arboblarni ostrasizmga (qadimgi Gretsiyada sodiq bo`lmagan fuqarolarni quvg`in qilish) hukm qilindi. Lekin xatar Alkviada va Nikiyni yaqinlashtirdi va o`z tarafdorlarining umumiy ovozi yordamida demosning sardorini quvg`in qilinishiga erishishdi– Giperbolni. Keyingi yillarda Afinada hal qiluvchi rolni Nikiy va Alkiviad o`ynadi. Eramizdan avvalgi 415-yilda bir nechta tashqi siyosiy zafarlardan keyin Sitsiliyaga ajoyib ekspeditsiya(harbiy harakat, yurish)ni uyushtirishga kelishildi


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling