Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot respublikasi fan va texnologiyalar rivojlanishining I. Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g’oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo’llari’ ustuvor yo’nalishi doirasida bajarilgan.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): XXI asrning dastlabki yillarida xorijda, shujumladan mamlakatimizda ham o'quvchilarning bilish faoliyatini tizimli yondashuv asosida faollashtirish amonaviy didaktikaning yetakchi masalalaridan biri sifatida o'quvchilarda ijodiy tafakkuming rivojlanishi hamda ularda bilish faolligining ta'minlanishiga alohida ta'sir ko'rsatmoqda.
"Odamlar o'qishdan to'xtashlari bilan fikrlashdan to'xtaydilar", degan edi fransuz faylasufi Deni Didro. Ko'pgina olimlar, psixologlar va o'qituvchilar ko'p yillardan buyon o'qish jarayonining qiziqarli va samarali bo'lishi ustida ish Olib borganlar. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida bilimlarni o'zlashtirishning pedagogik va psixologik muammolari cheł ellik hamda respublikamiz mutaxassislari tomonidan ko'pgina adabiyotlarda yoritilgan. Kichik maktab o'quvchilarining o'qish ko'nikmalarini shakllantirish muammosi V.P. Ostrogorskiy, N.A. Rubakina, M.A. Ribnikova, LS. Vigotskiy, L.A. Mosunova, A.G. Asmolov, L.Yu. Nevuyeva, A.,A. Zubchenko, M.P. Voyushina, V.P. Sinenko, N.N. Svetlovskaya kabi olimlarning asarlarida o'z ifodasini topgan. Keyinchalik ular o•qish jarayonini qanday tashkil etish kerakligini, o'quvchilar matn ustida ishlash shakllarini aniqladilar va tavsifladilar.
Respublikamiz pedagog va psixolog olimlaridan A.T. Boltayeva, V.Yu. Sviridova, B.R. Adizov, K. Qosimova, Sh.O'. Nurullayeva, LM. Mirziyotov, U.A. Masharipova, Sh.U. Sariyev, Yu. Po'lotovalarning tadqiqotlarida boshlang'ich sinf o'quvchilarining aqliy qobiliyati, diqqati hamda tikrlash darajasini faol rivojlantirish masalalari o'rganilgan.
Yuqorida qayd etib o'tilgan ilmiy izlanishlarning tahlilidan boshlang'ich sinflarda sifatli tashkil etiladigan o'quv-tarbiyaviy jarayon o'quvchilarning yuqori sinflarda egallaydigan bilimiga samarali ta'sir ko'rsatishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |