O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi
Download 155.06 Kb.
|
Persel dasturi Dessertasiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASH- TIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Ishning sinovdan o’tishi: Tadqiqot bo’yicha asosiy materiallarni yig’ish tahlil qilish Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg’on tumanidagi 28-umumta’lim maktabi hamda termiz shahar 11-umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi: Tadqiqot mazmuni va natijalari muallifning 2 ta ilmiy-metodik ishlarida bayon qilingan. Tadqiqot ishining tuzilishi: kirish, uchta bob, sakkiz band, har bir bob oxirida qisqacha xulosalar, yakuniy xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASH- TIRISHNING NAZARIY ASOSLARI I.1-§. Ta`lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarning o`rni va ahamiyati Darhaqiqat, ta’lim muassasasida innovatsiya jarayonlarini tashkil etishning pedagogik shartlari sifatida quyidagilar sanab o’tiladi: innovatsiya faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariy-pedagogik qoidalar majmuini ishlab chiqish; ta’lim muassasasining ilmiy tadqiqot salohiyatini shakllantirish; innovatsiya faoliyatini tashkil etishni ta’minlashning asosiy shartlari alohida boshqaruv jihatlari, ya’ni mazkur faoliyatni tashkil etishga yo’naltirlgan, yangilangan boshqaruv tuzilishini shakllantirish. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ma’naviy yetuk va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda innovatsion faoliyatning o'rni beqiyos. Chunki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti barcha turlarining sifati va takomillashuvining bevosita uzkuksiz ta’lim tizimida innovatsion faoliyatning samarali tashkil etilishi bilan uzviydir. Raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion yangiliklarning o‘ta muhimligi, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat samaradorligi va natijaviyligi bevosita innovatsion faoliyat bilan chambarchas bog'liqligi, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini tahminlashning asosiy dastaklaridan biri ekanligi kabi ko'rsatkichlar tahlimda innovatsion menejmentning qay darajada muhimligidan dalolat beradi [13; 27-б.]. Binobarin, innovatsion ta`lim texnologiyalari majmuaviy integrativ tizimlar bo`lib, ta`lim maqsadi bilan belgilangan kasbiy ko`nikma, malaka shaxs xislatlarini o`rganuvchilar tomonidan egallanishi, bilimlar o`zlashtirishga yo`naltirilgan operatsiya va harakatlarning tartiblashtirilgan to`plamini o`z ichiga qamrab oladi. Pedagogik vazifaning belgilanishi quyidagilar bilan izohlanadi: - ta`lim maqsadlarini tahlil qilish, shu asosida o`quv fani mazmunini aniqlash; - o`quv fani mazmuni tuzilmasini ishlab chiqish va uni o`quv elementlari tizimi ko`rinishida ifodalash; - o`quv elementlarini o`zlashtirilish darajalarini belgilash; - maktab o`qituvchilarining dastlabki bilim darajasini aniqlash, bu ko`rsatkich o`quv fanining mazmuni asoslanadigan o`quv materialini o`zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi; - o`quv-moddiy bazasi hamda ta`limning tashkiliy shakllariga qo`yiladigan chegaralarni belgilash. Pedagogik vazifalarning hal etilishini ta`minlovchi o`qitish texnologiyasini loyihalashga qaratilgan pedagog faoliyat ta`limning metod va vositalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagog faoliyat uchta asosiy tashkil etuvchi turlar bilan tavsiflanadi: boshqarish turi, axborot almashinuv jarayonining turi, axborotni uzatish vositalari tiplari va bilish faoliyatini boshqarish. O`qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish kontseptsiyasiga asoslanib, uni tashkillashtirishni quyidagi mantiqiy ketma-ketlik asosiga qurish mumkin. Dastlab o`quv materiali mazmunining tavsifi, uni o`rganishdan ko`zlangan maqsad (o`zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo`yilishi shartlari tahlil etiladi. So`ngra, o`qitishning mos ravishdagi metodlari hamda bo`lajak maktab o`qituvchilari bilish faoliyatini boshqarish sxemasi belgilab olinadi. Shu asosda o`qitish vositalarining ro`yxati tuziladi. Ushbu usul bilan hosil qilingan ta`lim metodlari va vositalari tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg`unlashtiriladi, ya`ni texnologiya ishlab chiqiladi [16 ]. O`qitish texnologiyasi - bu tizimli kategoriya bo`lib, ilmiy ta`limotning didaktik qo`llanishiga, o`qituvchilarning innovatsion emperik yondashuvlari asosida ta`lim tizimini tashkil etish va tahlil qilishni ilmiy asoslashga, ularni rivojlantirishda yuqori natijalarga erishishga yo`naltirilgan jarayondir. Ta`limning bu ko`rinishi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: - ta`limning maqsadi; - ta`limning mazmuni; - o`qitishning motivatsiyasi va vositalari; - o`qitish jarayonini tashkil etish; - maktab o`qituvchilari; - pedagog; faoliyat natijasi. Ta`lim texnologiyasi o`zaro uzviy bog`langan ikki jarayonni o`z ichiga oladi: - o`qitiladigan shaxsning faoliyatini tashkil etish; - faoliyat ustidan nazoratni tashkil etish. Ta`lim texnologiyasini o`rganishda zamonaviy elektron vositalarga to`xtalmay bo`lmaydi. Ularni ta`lim innovatsiyasining strategik elementlari deb atash mumkin. Odatiy ta`limda o`qitishning fanlararo modeli xos bo`lib unda fanlar keragidan ortiq ma`lumotlarga ega [20; 149-б.]. Innovatsion o`qitish strategiyasi ta`lim-tarbiya jarayonini shunday tashkil etishni ko`zda tutadiki unda avvalgiday pedagog etakchi element hisoblanadi, faqat uning maktab o`qituvchilariga va o`ziga bo`lgan munosabati o`zgaradi. Shu bilan bir qatorda ularning yondashuvi ham o`zgaradi. Innovatsion ta`lim texnologiyalar muassasalarda ta`lim berishning zamonaviy ta’lim texnologiyasidir. Bu texnologiyaning maqsadi axborat texnoogiyalaridan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o`qituvchilarni o`z faniga bo`lgan qiziqishini kuchaytirishdan iborat bo`lib, ularning fanlarni o`rganishga ijodiy yondashuvini tarbiyalash; adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o`rgatish; fanlar o`rtasidagi bog`lanishdan foydalanishni ko`rsatish vazifalarini hal etish tarzida amalga oshiriladi [27; 21-б.]. Zamonaviy ta`lim texnologiyalari nomini olgan mazkur metod asosida bir qator muammolar o`z echimini topmoqda. Harakatli rasmlar, telekonferentsiya, transliteratsiya, elektron kitob kabi yangi kompyuter axborot texnologiyalari o`quv jarayonini faollashtirish uchun xizmat qilmoqda. Innovatsion ta`lim texnologiyalari nafaqat fan, balki texnikani o`rganishda ham ahamiyatlidir. Texnikani o`rganishda ushbu o`quv texnologiyasidan quyidagi tartibda foydalanishni tavsiya etiladi: mavzuga oid materialni o`qituvchilar tomonidan o`zlashtirishi uchun pedagog tomonidan texnikaviy vazifaning qo`yilishi; texnikaviy vazifani hal qilish yo`llarini ular tomonidan amalga oshirilishi. Bunda o`qituvchilar muammoli savollar va o`zining ilmiy taxminlarini yozib boradi hamda interfaol muloqot rejasini tuzadi. Mazkur interfaol metod mashg`ulot qatnashchilarini o`zaro faolligi asosida darsni tashkil etila boshlandi. Boshlang`ich sinf darslari samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o`qituvchilarning kitobdan kerakli ma`lumotni o`qib o`rganishi mustaqil ta`lim shakllaridan biridir. Uning samarasi ko`p jihatdan pedagog va ular o`rtasidagi muloqotning natijasiga bog`liq. Demak, interfaol metodlar katta ahamiyatga ega. Zamonaviy ta`lim texnologiyalariga oid izlanishlarning natijalari haqidagi turli dars mashg‘ulotlarida aytilgan fikr-ma`lumotlar, olimlarning ibratli hayoti va faoliyati bilan o`quvchilarni tanishtirish, ularni bugungi kundagi dolzarb hayotiy masalalarni professional darajada echa olishga o`rgatish, ularda fanga bo`lgan qiziqishni shu tarzda kuchaytirish muhimdir [41;272-b]. Zamonaviy ta`lim texnologiyalari o`qituvchilarni ilmiy-ijodiy faoliyat va mustaqil fikrlash sari undaydi. Ularda olingan bilimlarni amaliyot bilan bog`lay olish va yangi bilimlarni egallashda turli manbalardan foydalana olish ko`nikmalarini tarbiyalaydi. Bilimlar bazasini ixchamlashtirishga o`rgatadi. Eng asosiysi ustoz-shogird o`rtasidagi ijodiy muloqotning shakllanishiga sabab bo`ladi. Ta`lim tizimida innovatsion jarayonlar samaradorligi boshlang`ich sinf darslari samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish, inovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish shart-sharoitlariga, ta`limning an`anaviy usullari bilan maqsadga muvofiq ravishda uzviy qo`llashga bog`liq. Ayrim hollarda samarali bo`lgan an`anaviy usullardan voz kechish holatlari sodir bo`lmoqda. Bu innovatsiyalarni tajribada sinalgan va ijobiy natija berib kelayotgan o`qitishga qarshi qo`yishdek sezilmoqda. Shuning uchun ham an`anaviy ta`lim tizimidagi ijobiy tajribalar innovatsiyalarga uyg`unlashtirishi maqsadga muvofiq. Hozirgi kunda ta`lim tizimida innovatsion ta`lim texnologiyalarni qo`llashga bo`lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormoqda. Innovatsion yondashuv ta`lim-tarbiya jarayonida mashg`ulotlarni qiziqarli va samarali bo`lishini ta`minlaydi. Innovatsiyalarning samaradorligini aniqlashda o`qituvchilarning fanlar jumladan, boshlang`ich sinf tabiatshunoslik fani asoslarini o`zlashtirish natijalariga qarab fikr yuritish zarur [32; 12-б.]. Hozirgi paytda ularning bilim egallashlarida axborot kommunikatsiya vositalaridan keng ko`lamda foydalanilmoqda. Ayniqsa, yosh xususiyatlariga e`tibor qaratgan holda kompyuterda ishlash, turli tarmoqlardan kerakli ma`lumotlarni izlab topish va o`zlashtirib olish ularning qiziqarli mashg`ulotlariga aylanib bormoqda. Faqat bunda komp`yuter savodxonligi mukammal bo`lishi talab etiladi. Bu ham innovatsion yondashuv bo`lib, ularda maxsus bilim, ko`nikma va malakalarning tarkib topishini taqozo etadi. Hozirgi kunda ta`lim-tarbiya jarayonidagi xilma-xillik, mustaqillik, onglilik, faollik, erkin va ijodiy fikrlash, o`zini namoyon etish, ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo`lish va yangilik yaratishga intilish bo`lajak boshlang1ich sinf o`qituvchilarining turmush tarziga aylanib bormoqda. Bu muammolarni hal qilishni eng samarali usuli innovatsion ta`lim texnologiyalar ekanligi ma`lum bo`ldi. Boshlang’ich ta’lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi: Obyektiv omillar: - boshlang’ich ta’lim darslarida moddiy-texnik bazning yaratilganligi; - ta’lim-tarbiya jarayonining zarur texnik hamda axborotli vositalar bilan ta’minlanganligi; - boshlang’ich ta’lim darslarida pedagogik monitoring (ma’lumotlar banki)ning tashkil etilganligi, uning maxsus adabiyotlar bilan boyitilganligi. Subyektiv omillar: - boshlang’ich sinf o’qituvchilari mohiyatini o’rganishga nisbatan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelganligi; - ularda o’z faoliyatlaridan foydalanishga nisbatan rag’batning qaror topganligi; - ularda o’z faoliyatlarini texnologik yondashuv asosida tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarning tarkib topganligi; - ularda ijodkorlik, izlanuvchanlik, boshlang’ich sinf o’quvchilari orasida ko’tarinki kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi. Insonparvarlik maktabi amaliyotini innovatsion faoliyatining aniq shakl va uslublarini ishlab chiqishning ba’zilari keltirilgan: - o’quv-tarbiya faoliyatini defferentsiyalash; - o’quv-ta’lim jarayonlarini har bir shaxs xislatiga qarab muvoffiqlashtirish; - har bir tarbiyalanuvchini va qiziqishini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish; - sinflar va shunga o’xshashlarni tashkil etish; - o’quv-tarbiya faoliyatining qulayligi; - psixologik xavfsizlik o’quvchilarni himoyalash; - o’quvchiga uning kuchi va imkoniyatlariga ishontirish; - o’quvchini qanday bo’lsa, shunday qabul qilish; - ta’lim-tarbiya muvoffaqiyatini ta’minlash; - maktab maqsad yo’nalishini o’zgartirish; - har bir o’quvchi rivojlanish darajasining asoslanishi; - o’quvchi shaxsiy ichki yo`l – yo’riq ko’rsatmalarini qayta yo’naltirish; Innovatika muammolariga murojat etish va ularni muhim zamonaviy ilmiy fikirlash yo’nalishlariga qo’shish jamiatda innovatsion jarayonlar dindmikasi osib borayotganini tushunish natijasi bo’ldi. Bizning adabiyotlarimizda innovatsiya muammolar ko’p vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o’rnatib kelindi. Ammo vaqt o’tishi bilan jamiat hayoti faoliyatining hamma sohalarida innovatsion o’zgarishlar sifat harakteristikalarini baholash muammosi yuzaga keldi, ammo bu o’zgarishlarni faqatgina iqtisodiy nazariyalar bilan aniqlab bo’lmaydi. Innovatsion jarayonlarni o’rganish uchun boshqa yo’llar zarur unda innovatsion tahlil faqatgina fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishini o’z ichiga olmay, balki boshqarish ta’lim, huquq va boshqa sohalarni ham qamrab oladi. Innovatsion pedagogik muammolarini yechilishini izlash talim sohasida innovatsion jarayonlar borishi hususiyatlari mazmuni tarkibi va klassifikatsiyasini tekshirish natijalarini tahlil analiz qilish bilan bog‘liq [38; 10-б.]. Innovatsion tushunchasi birinchi marta XIX asrda madaniyatshunoslar o‘rganishlarida paydo bo‘ldi, bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma’nosini bildirgan. Uning bu ma’nosi hozirgacha etnografiyada saqlanib qolgan. XX asr boshlarida yangi bilim sohasi yangiliklarni kiritish, qo’llash yuzaga keldi. U maxsulot ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklarni kiritish qonuniyatlarini o’rgana boshladi, yangiliklarni kiritish haqidagi fan innovatsia firmalarining yangi reja xizmatlarini ishlab chiqish va tatbiq etish faoliyatiga o’quvchilarni keskin oshib borishi aks etirilgan holda paydo bo’ldi [29; 37-б.]. Boshlang‘ich ta’lim darslarini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan interfaol usullarda tashkil etish, ularda tashkil etiladigan ta’lim tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang’ich ta’lim o‘quvchilariga bilim berish, va ularni tarbiyashda samaradorlikka erishishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar hal etilishi lozim. Ular quydagilardan iboratdir: boshlang‘ich ta’lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan shart-sharoitlarni yaratish; - boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslari pedagog xodimlari o‘rtasida interfaol metodlar mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o‘quv seminarlarini tashkil etish; - ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o‘zlashtirishga erishish; - boshlang‘ich ta’lim darslarini pedagoglarda ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuv hissini tarbiyalash; - boshlang‘ich ta’lim darslarining o‘qituvchilarda texnologik yondashuv asosida tashkil etish, ko‘nikma va malakalarini hosil qilish; - boshlang‘ich ta’lim darslari o‘qituvchilari tomonidan ta’lim - tarbiyaviy ishlarni interfaol metodlar asosida tashkil etishga erishish; - boshlang‘ich ta’lim darslari o‘qituvchilarda texnologik asosda pedagogik faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratini oshirish; - boshlang‘ich ta’lim darslarining samaradorligini ta’minlash; Boshlang‘ich ta’lim darslari o‘qituvchilari o‘rtasida interfaol metodlar va ularning mohiyati, xususidagi nazariy ma’lumotlarni targ‘ib qilish, muvaffaqiyatini pedagogik jamoa, shuningdek, individual pedagog xodimlarda ularni o‘rganishga nisbatan ehtiyoj, qiziqishning yuzaga kelishini belgilaydi. Yuzaga kelgan qiziqish va ehtiyoj ularni qondirish imkonini beruvchi amaliy faoliyatni tashkil etishga nisbatan qaror toptiradi. Boshlang‘ich ta’lim darslari o‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishda quyidagi tamoyillarga amal qilish asosida erishiladi: - boshlang‘ich ta’lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi yagona maqsadlarning qaror topganligi; - boshlang‘ich ta’lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga oshirilishi; - boshlang‘ich ta’lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda mavjud shart - sharoitlar hamda subyektiv yondashuvlarni inobatga olish; - pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish; - yangi tajribalarni ommalashtirish; - nazariy va amaliy faoliyat birligi; - boshlang‘ich ta’lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda xorijiy mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar. Boshlang‘ich sinf darslari o‘qituvchilar tomonidan innovatsion pedagogik texnologiya nazariyasi, uning mohiyati, ta’lim - tarbiya jarayonini loyihalash, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining, bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini oldindan tashxislash, ular tomonidan tashkil etilayotgan o‘quv faoliyati mazmunini nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash pedagogik faoliyat samaradorligini aniqlash borasidagi nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf darslarida o‘qituvchilar, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari bilan muloqotni muvaffaqiyatli tashkil etish, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvofiq hatti - harakatni tashkil etish malakalari shakllanganligi bilan e`tirof etiladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar mohiyatini boshlang‘ich ta’lim darslari pedagoglari o‘rtasida targ‘ib qilish jarayonida ijtimoiy - gumanitar fanlarga nisbatan tabiiy fanlar o‘qituvchilari mazkur pedagogik texnologiyalarning nazariy - amaliy asoslarini tez va puxta o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘lganlar [33; 14-б.]. Download 155.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling