O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovattsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 1.17 Mb.
bet3/6
Sana08.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1178345
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Anarqulova M. O’simlik to’qimalari.

3.Qoplovchi to‘qima
Qoplovchi to‘qima. Qoplovchi to‘qimaning vazifasi o‘simlik-lar tanasini eng tashqi tomondan qoplab turib, ularni tabiatning no-qulay omillari ta’siridan asrash hamda zararli mikroorganizmlarni ularning ichki qismlariga kirishdan saqlaydi. Bundan tashqari, qop-lovchi to‘qimalar gaz almashinuvini ta’minlaydi, qisman o‘simlik va atmosfera o‘rtasida havo almashinuvini idora qiladi. Qoplovchi to‘-qimalar kelib chiqishiga ko‘ra 3 xil bo‘ladi: 1) birlamchi qoplovchi to‘qima ‒ epiderma; 2) ikkilamchi qoplovchi to‘qima ‒ periderma; 3) Uchlamchi qoplovchi to‘qima ‒ po‘stloq (ritodorm) dan iborat.
Epiderma. Birlamchi qoplag‘ich to‘qima yupqa par-da‒epidermisdan iboratdir. Epiderma (yunoncha epi-yuqori, derma-teri ma’nosini bildiradi). Epiderma sellyuloza po‘st bilan o‘ralgan tirik parenxima hujayralardan hosil bo‘ladi. Birlamchi meristemadan hosil bo‘lgan epiderma bir-biriga zich joylashgan hujayralardan tuzilgan. Epidermis hujayralari rangsiz bo‘lib, ular ichida tirik protoplazma va yirik markaziy vakuolalar bor. Xloroplastlar epider-ma hujayralarida uchramaydi. Bu hujayralarning po‘sti esa hamma joyda bir xil qalinlashmaydi, bundan tashqari, kutin qavati, mum qatlami yoki mayda tukchalar zich bo‘lib joylashgan. Tukchalar od-diy va bezli bo‘ladi. Bezli tuklarda efir moylari, kislotalar va fer-mentlar mavjud. Bu tukchalar ham himoya vazifasini bajaradi. Epiderma tashqi muhit bilan maxsus og‘izchalar yordamida bog‘-lanadi. Og‘izchalar orqali gaz almashinuvi va suv bug‘latish kabi muhim hayotiy jarayonlar amalga oshadi. Og‘izchalar ikkita loviya-simon hujayralardan va ular o‘rtasida joylashgan hujayra oralig‘i og‘izchadan iborat. Og‘izchalar atrofida joylashgan epiderma hujay-ralari ko‘pincha boshqa hujayralardan farq qiladi va ular og‘izcha-ning yordamchi hujayralari deyiladi. Loviyasimon hujayra bilan bir-ga, yordamchi hujayralar murakkab og‘izcha apparatini hosil qiladi. Og‘izchaning ustki va ostki tomonlarida oldingi va keyingi druzlar hamda og‘izcha tagida havo bo‘shlig‘i joylashgan. Og‘izchalarning ochilib va yopilib turishi ichki va tashqi omillarga bog‘liq. Tashqi omillardan biri, o‘simlikni suv bilan ta’minlanganligiga qarab og‘iz-chalarning ochilishi va yopilishi kuzatiladi. Loviyasimon hujayralar-ning harakati turgor va plazmoliz hodisalariga ham asoslangan.
Epidermis hujayralari orasida ko‘pgina yoriqsimon teshiklar‒ ustitsalar bor, ular o‘simliklar tanasidan suv bug‘lanishi va ular ichiga gazlar kirishi uchun xizmat qiladi. Ustitsalarni hosil bo‘lishi-da xloroplast bo‘lgan ikkita yirik, dukkaksimon hujayra kattala-shadi. Uchlari bilan bir-biriga birikkan va o‘rta qismi erkin bo‘lgan bu hujayralar qamrovchi hujayralar deb ataladi. Ustitsa yorig‘ini kengaytirish va toraytirish xususiyatiga ega. Qamrovchi hujayralar-ning turgor holati kuchaysa, ustitsalar ochiladi, bosim kamaysa, u yopilib qoladi.



20-rasm. Epidermis hujayralari orasidagi og‘izchalarning ko‘rinishi.

Periderma. Ko‘p yillik o‘simliklarning birinchi yilgi vegetat-siyasi oxirlarida ildiz va poyalardagi epiderma ikkilamchi ko‘p qa-vatli chegaralovchi to‘qima bilan almashinadi. Periderma tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra bir necha turdagi hujayralardan tash-kil topgan. Ular quyidagilardan iborat: a) asosan himoya vazifasini bajaruvchi fellema (po‘kak), b) peridermaning eniga o‘sishini ta’-minlovchi fellogenni moddalar bilan ta’minlab turuvchi felloderma. Fellogen ikkilamchi meristema to‘qima hisoblanib, u (olcha, olxo‘ri, nok) epiderma to‘qimasidan yoki asosiy to‘qimadan (qorag‘at, shumrut) shakllanadi. Po‘kak kambiysi tangental yo‘nalishda bo‘li-nishi natijasida ikki tur to‘qima ajralib chiqadi. Ularning biri po‘kak kambiysining tashqi tomonidagi hujayralar bo‘lib, po‘kak qavatini hosil qilsa, ichki markazga tomon ajralib chiqqan hujayralardan aso-siy to‘qima ‒ felloderma hosil bo‘ladi. Po‘kak to‘qimalar hujayralari bir necha qavatdan iborat. Hujayra qobig‘ining suberin moddasini shimishi tufayli suv va gazlarni o‘tkazmay qo‘yadi va hujayralar-ning protoplasti nobud bo‘ladi. Keyinchalik hujayra bo‘shlig‘i havo, oshlovchi yoki smolasimon moddalar bilan to‘lib qoladi. Po‘kak to‘-qimasida hujayralarning tashqi muhit bilan aloqasini amalga oshi-rish uchun yasmiqchalar xizmat qiladi. Ularning o‘lchami va shakli nihoyatda xilma-xildir. Odatda, ular mayda va shakli cho‘zinchoq yoki yumaloq bo‘ladi.


Po‘stloq (ritidorm). Ko‘pchilik daraxtlarning eski tanalari va ildizlari silliq periderma o‘rniga po‘stloq bilan almashinadi. U turli o‘simliklarda har xil davrlarda hosil bo‘ladi. Olma, oddiy qarag‘ay va noklarda hayotining 5 ‒ 8-yillari, emanda ‒ 25, grabda esa 50 yildan so‘ng qoplaydi. U bir necha marta yangi periderma qavatlari-ni takrorlanishi natijasida po‘stloq ostidagi to‘qimalardan vujudga keladi. Bu vaqtda ushbu qavatlar orasidagi tirik hujayralar nobud bo‘ladi. Fellogen faoliyatining xarakteriga ko‘ra turli ko‘rinishdagi po‘stloq hosil bo‘lishi mumkin. Fellogenning doira shaklda joy olishidan halqasimon po‘stloq hosil bo‘ladi. Agarda fellogen ayrim bo‘laklar shaklida hosil bo‘lsa, tangachasimon po‘stloq kelib chiqadi. Bu xildagi po‘stloq ko‘p uchraydi. Qalin qatlamli po‘stloq daraxt tanasini mexanik shikastlanishdan, yong‘indan va haroratning keskin o‘zgarishidan saqlaydi. Ba’zi o‘simliklarda po‘stloq umuman hosil bo‘lmaydi (chinor, chetan, jumrut).

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling