O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovattsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 1.17 Mb.
bet2/6
Sana08.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1178345
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Anarqulova M. O’simlik to’qimalari.

2. Hosil qiluvchi to‘qima.
Hosil qiluvchi to‘qimalarni hujayrasini yadrosi yirik, tez-tez bo‘linish xususiyatiga ega bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimani o‘zi kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1) birlamchi hosil qiluvchi to‘qima ‒ prokambiy;
2) ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qima ‒ kambiy;
Prokambiy to‘qimasi o‘simlik organlarining o‘sish nuqtalarida ildizning va poyaning uchida, ya’ni o‘sish konusida bo‘ladi. O‘sish konusidagi hujayralarning bo‘linishi hisobiga ildiz va poya bo‘yiga o‘sadi. Birlamchi hosil qiluvchi to‘qima (meristema) o‘sish konu-sining eng uchida joylashgan bitta dastlabki hujayraning ketma-ket bo‘linishi natijasida rivojlanadi. Keyinchalik bu hujayradan kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi hisoblangan har xil to‘qimalar ajraladi. Birlamchi meristemadan cho‘ziq va ingichka hujayralar guruhi ham ajralib chiqa boshlaydi va ular o‘sish konusining birmuncha pastida joylashadi. Har tomonga qarab, zo‘r berib bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lgan hujayraning bu guruhi prokambiy deb ataladi. Prokambiy hujayraning zo‘r berib bo‘linishi natijasida keyinchalik o‘tkazuvchi va mexanik funksiyani bajaruvchi ikkita doimiy to‘qima, birlamchi yog‘ochlik, ya’ni ksilema va birlamchi lub, ya’ni floema hosil bo‘ladi.
Prokambiy to‘qimasi, asosan bir pallali o‘simliklarda uchraydi. Birlamchi yog‘ochlik va birlamchi lubni hosil qilgandan keyin, bir pallali o‘simliklarda o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi. Ikki pallali o‘sim-liklarda esa yoshlik vaqtida bo‘ladi. Birlamchi yog‘ochlikni va birlamchi lubni hosil qilib, o‘zi yo‘qola boradi. Yo‘qolib borayotgan bir qism prokambiy hujayralarini qayta bo‘linib ko‘payishidan kam-biy to‘qimasi vujudga keladi. Kambiy to‘qimasi hosil qilishda davom etadi va chetga tomon ikkilamchi lub, markazga tomon ikki-lamchi yog‘ochlik kattalashadi. Natijada ikki pallali o‘simliklarni o‘z organlari o‘sib, yo‘g‘onlashadi. Yillik halqalar kambiy to‘qimasining faoliyati tufayli vujudga keladi. Alohida qoplovchi to‘qima-po‘kak hosil qiluvchi kambiy ham ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimaga kiradi. Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simliklar hayotida mu-him rol o‘ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz o‘simliklar o‘smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi.



19-rasm. Apikal merestema ( uchki boshlang’ich) hosil qiluvchi to’qima-elodeya: A-uchki kurtak uzunasiga kesmasi; B-o‘sish konusi; V- meristema hujayralari; G-shakllangan barg hujayralari. 1-o‘sish konusi, 2-boshlang‘ich barg, 3- barg qo‘ltig’idagi kurtaklar.





Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling