O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovattsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 1.17 Mb.
bet5/6
Sana08.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1178345
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Anarqulova M. O’simlik to’qimalari.

5.So‘ruvchi to‘qima.
So‘ruvchi to‘qima. Ildizning uchida uchratamiz. Ildizdagi so‘-ruvchi to‘qima tuproqdan suv va undagi erigan moddalarni shimib, ildizga yetkazib beradi. Unib chiqayotgan bug‘doy donidagi so‘ruv-chi to‘qimaning shimib olgan suvi endospermdagi zaxira moddalar-ni o‘zlashtira oladigan holga keltirib, murtakka yetkazib beradi. Suvda, botqoqlikda o‘sadigan o‘simliklarda havo to‘plovchi, quruq-lik yerlarda esa suv to‘plovchi to‘qimalar ham bo‘ladi. Masalan, sholi ildizida aerinxima, kaktusda esa suv to‘plovchi to‘qima bor. Bular, o‘simliklar turiga ko‘ra, suv yoki havo to‘plovchi rezervuar hisoblanadi (24-rasm).
Aerenxima hujayralarning turli tomonlari bilan birikishidan hosil bo‘ladi. Aerenxima gaz almashinuvi qiyin bo‘lgan suvda va botqoqlikda yashaydigan o‘simliklarda juda yaxshi rivojlangan bo‘-lib, o‘simlik organlarini kislorod bilan ta’minlaydi.
O‘tkazuvchi to‘qima. O‘tkazuvchi to‘qimaning vazifasi o‘zi-dan suv va ozuqani o‘tkazishdan iborat. Ya’ni ildiz orqali shimib ol-gan suv va unda erigan mineral moddalarni barggacha (ko‘tariluvchi oqim), bargda hosil bo‘lgan fotosintez mahsulotlarini ildizgacha (tushuvchi oqim) o‘tkazib boradi. O‘simliklarda moddalar harakatini amalga oshiruvchi, bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishdagi o‘tkazuv-chi to‘qima hosil bo‘lgan. Ularni shartli ravishda pastdan yuqoriga ko‘tariluvchi oqim va yuqoridan pastga tushuvchi oqim deb qabul qilingan. Pastdan yuqoriga harakatlanuvchi oqim ksilema yoki yog‘ochlik deb atalgan umumiy to‘qima orqali, pastga tushuvchi oqim esa floema yoki lub orqali amalga oshiriladi.
Ksilema (yog‘ochlik). Yog‘ochlik tarkibiga o‘tkazuvchi, me-xanik va asosiy parenxima to‘qimalari kirib, uning ixtisoslashgan o‘tkazuvchi elementlari traxeid va naylardir.
Traxeidlar. Bir necha mm uzunlikdagi prozenxima hujayralar-dan iborat. Shakllangan traxeidlar qalin hujayra devoriga ega bo‘ladi va o‘lik hujayralar hisoblanadi. Traxeidlarning hujayra qobig‘i qa-linlashish xususiyatiga ega. Ular halqasimon, spiralsimon, narvonsi-mon yoki to‘rsimon shakllarda qalinlashadi. Traxeidlar tuzilishi jihatidan naylarga o‘xshash, ammo ularga nisbatan oldin kelib chiq-qan oddiy suv o‘tkazuvchi element desa bo‘ladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling