O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovattsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi
Download 1.17 Mb.
|
Anarqulova M. O’simlik to’qimalari.
4.Mexanik to‘qima.
Mexanik to‘qima o‘simlik organlarini tik tutib turishda, shamol, yomg‘ir, qor kabi tabiatning kuchli hodisala-riga bardosh berishida asosiy rol o‘ynaydi. Mexanik to‘qima hujay-ralari mustahkam bo‘lishiga sabab, hujayrasi po‘sti qalin bo‘ladi. O‘simlikning bo‘yiga o‘sadigan a’zolarida (poya, ildizlarda) mexa-nik to‘qima hujayrasi, odatda, prozenximali, bo‘yiga va eniga bir te-kisda o‘sadigan organlarda hujayra ko‘pincha parenximali bo‘ladi. Mexanik to‘qimalarning 3 xil tipi mavjud bo‘lib, kollenxima, skle-renxima va sklereid - toshsimon hujayralardan iborat. Kollenxima. Tirik hujayralardan iborat bo‘lib, hujayra po‘sti sellyulozali bo‘ladi. Kollenxima asosan epiderma ostida joylashgan birlamchi po‘stloqning parenxima hujayralaridan vujudga keladi. Hujayralar bo‘yiga cho‘zilib, faqat burchakli qalinlashgan bo‘lsa, burchakli kollenxima deyiladi (21-rasm). Hujayralarning oldingi va keyingi devorlari qalinlashgan bo‘lsa, plastinkasimon kollenxima deyiladi. Kollenxima hujayralarining kattaligi 2 mm gacha boradi. Yalpizdoshlar, ziradoshlar, qovoqdoshlar oilalarining poya qirralari kollenxima hujayralari bilan to‘la bo‘ladi. Kollenxima po‘stiga xlorruxyod eritmasi ta’sir ettirilsa, moviy tusga kiradi. Bu esa hujayra po‘sti sellyulozadan iboratligidan dalolat beradi. 21-rasm. Burchakli kollenxima:1-sitoplazma, 2-vakuola, 3-yadro. S klerenxima. Sklerenxima muhim mexanik to‘qima hisob-lanib, o‘simlikning ildiz, poya kabi o‘q organlari va o‘tkazuvchi nay tolali boylamlar tarkibiga kiradi. Ko‘pchilik o‘simliklarda uni bir-lamchi po‘stloqda va peritsiklda mexanik halqa sifatida yoki mexa-nik to‘qima boylamlari sifatida uchratish mumkin. Sklerenxima hujayralari uzun prozenxima va bir-birlari bilan juda zich joylashib, uchi o‘tkirlashgan tolalar shaklini oladi. Hujayra qobig‘i bir tekis qalinlashadi va unda qavat-qavat tuzilish ifodalanadi. Hujayra qo-big‘ining yog‘ochlanishi nihoyatda mustahkamlik va elastlikni vu-judga keltiradi. Sklerenxima hujayralarida qalinlashish bilan birga-likda yaxshi ifodalangan teshik kanallari ham hosil bo‘ladi. Skleren-xima hujayralari qobig‘i shakllanib bo‘lgandan so‘ng, hujayralar-ning tiriklik qismi nobud bo‘ladi. Shuning uchun o‘lik mexanik to‘-qima hisoblanadi. U kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. O‘simlik organlarida joylashishiga qarab, lub tolalari va yog‘ochlik tolalarga bo‘linadi. Lub tolalari o‘simlik organlarining po‘stloq qismida uchrab, ular birmuncha uzunligi bilan ajralib tura-di. Masalan, lub tolalari uzunligi zig‘irda ‒ 40 ‒ 120 mm, gazanda-da ‒ 80 mm ga boradi. Lub tolalarining hujayra qobig‘i zig‘ir, kendir o‘simligida odatda, tezda yog‘ochlanadi. Ulardan dag‘al matolar to‘qish va arqonlar tayyorlashda foydalaniladi (22-rasm). 43 22-rasm. Sklerenxima to‘qimalaridagi tola hujayralarining ko‘rinishi. Sklereidlar. Ular o‘simlikning ildiz, barg va mevalarida yak-ka-yakka yoki to‘da-to‘da bo‘lib joylashadi. Sklereidlar yumaloq, ovalsimon, cho‘ziq va shoxlangan shakllardagi, hujayra qobig‘i yo-g‘ochlangan jonsiz mexanik to‘qimadir. Hujayra qobig‘ida teshik kanallar yaxshi ifodalanadi. Tosh hujayralar nok, behi kabi o‘simlik mevalarining et qismida, yong‘oq po‘chog‘i va olcha, olxo‘ri kabi o‘simlik mevalarining danaklarida keng tarqalgan. Shoxlangan skle-reidlar choy, kameliya va zaytun o‘simliklari barglarida tayanch hu-jayralar nomi bilan uchraydi (23-rasm). 23-rasm. Nok mevasi etidagi tosh hujayralar: 1 ‒ tosh va unga birikkan parenxima hujayralar. 2 ‒ tosh hujayralar. Asosiy to‘qima. Asosiy to‘qimalarning vazifasi o‘zida ozuqa to‘plash va o‘simliklarni oziqlantirishdan iborat. Asosiy to‘qimalar o‘simliklarda joylashgan o‘rniga va bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: assimilyatsion - (xlorenxima), so‘ruvchi, g‘am-lovchi, suv g‘amlovchi va aerenxima. Assimilyatsion to‘qima. Yupqa qobiqli, sitoplazmasida xloro-plastlar saqlovchi tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan. Bu to‘qima xlorenxima ham deyiladi. Hujayrada xloroplastlar hujayra qo-big‘i tagida bir qator bo‘lib joylashadi. Assimilyatsion to‘qima organ-larda tiniq epiderma tagida joylashadi. Bu esa og‘izchalar orqali gaz almashinuvini yengillashtiradi. Assimilyatsion to‘qima barglarning, yosh novdalarning va pishmagan mevalarning asosiy to‘qimalari bo‘-lib, siyrak hujayralari orasida yirik gazlarni to‘plovchi hujayra oraliq-lariga ega. Bu to‘qima hujayralarida fotosintez bo‘ladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling