O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi


– rasm . 2-transformator uchun kuchlanishni n- garmonik tashkil etuvchilari koeffitsienti qiymatlari


Download 3.29 Mb.
bet19/25
Sana15.08.2023
Hajmi3.29 Mb.
#1667401
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Dissertatsiya uchun qoralama2 Muxayyo

3.2 – rasm . 2-transformator uchun kuchlanishni n- garmonik tashkil etuvchilari koeffitsienti qiymatlari

3.2 – rasmdan ko‘rinib turibdiki, 2-sonli tranformatordagi kuchlanishni garmonik tashkil etuvchilari 21 – gacha bo‘lgan deyarli barcha garmoniklarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha toq garmonikalar ustunlik qiladi, ayniqsa 3, 5, 7, 11 va 13 Ushbu garmonik tashkil etuvchilar uning sifati bilan bog‘liq umumiy energiya yo‘qotishlariga eng katta hissa qo‘shadi.


Xulosa qilib aytganda hozirgi vaqtda elektr energiyasining yo‘qotishlari energiya texnik yo‘qotishlariga kiritilgan, ammo kuchlanish nosinusoidalligidan hosil bo‘luvchi qo‘shimcha quvvat yo‘qotishlarini ham inobatga olish maqsadga muvofiqdir.[19]
Transformator uskunalarining energiya samaradorligi va chidamliligini oshirish, shuningdek, elektr energiyasini yo‘qotishlarni kamaytirish uchun nosinusoidal kuchlanishlarning ta‘sirini kamaytirish choralarini ko‘rish kerak.
Kuchlanish shaklining buzilishi elektr yuritkich va transformatorlarda izolyatsiyaning ionizasion jarayonlarini paydo qiladi. Bu esa hajmiy zaryadlar paydo bo‘lishiga va keyinchalik ularni neytra llashuviga olib keladi. Zaryadlar neytrallashuvi energiya tarqalishiga, natijada o‘rab turuvchi dielektrikda elektr, mexanik va kimyoviy ta’sirlar bo‘la boshlaydi. Oqibatda izolyatsiyada mahalliy defektlar paydo bo‘ladi va rivojlana boshlaydi, bu esa elektr puxtaligiga putur yetkazib, dielektrik yo’qotishlarning ko‘payishiga va ishlash muddatining keskin pasayishiga sababchi buladi. Yuqori garmonikali toklar bilan ishlayotgan kondensatorlar o‘ta yuklanib ishlaydi. Undan tashkari qaysidir bir chastotada rezonans rejimi paydo bo‘ladi va u ham kondensator umriga zomin buladi. Tuzilgan GOST buyicha kondensator batareyalari uzok vakt yukori garmonikali toklar bilan 30 % dan ortik yuklanmasligi zarur. Biroq bu holda uzok foydalanish davrida kondensatorning ishlash umri kiskaradi. Elektr tarmoq kuchlanishining nosinusoidalligi kabellar izolyatsiyalarining "qarishiga" olib keladi. Kabellarning sinusoidal va nosinusoidal kuchlanishlarda is hlashi tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, hatto yuqori garmonikalar 6-8,5% ni tashkil kilganda ham siljish toki (tok utechki) 2,5 yildan so‘ng o‘rtacha hisobda 36 % ga, 3,5 yildan sung esa 43 % ga ortadi. Yuori garmonikali toklar elektr o‘lchov asboblarining o‘lchov aniqliklariga ham ta’sir etadi.[20]

Download 3.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling